Jeenbekov: Bizning yoʻnalishimiz Rossiyaga qaratilgan

Jeenbekov: Bizning yoʻnalishimiz Rossiyaga qaratilgan

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 noyabr kuni Qirgʻizistonning yangi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi. Bu haqida Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Uchrashuv paytida Qirgʻziston prezidentining ilk tashrifi Rossiyaga amalga oshirilganidan xursand ekanini maʼlum qilgan Putin, Moskva va Bishkek oʻrtasidagi munosabatlar rivoji va ikki tomonlama savdo-sotiq hajmi ortib borayotganini yuqori baholadi va Qirgʻiziston hukumatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilishining Bishkek va Moskva oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasiga maqtovlar yogʻdirdi.

“Sizni Moskvada qabul qilganimdan juda mamnunman. Yana bir bor sizni tabriklamoqchiman. Siz tajribali insonsiz, hukumatni boshqargansiz. Sizning ishingiz tufayli Qirgʻiziston YeOIIga kirdi”, “Bishkekning YeOIIga qoʻshilishidan soʻng Qirgʻiziston va Yevroosiyo mamlakatlari oʻrtasidagi savdo bitimida sezilarli oʻsish kuzatildi. Rossiya va Qirgʻiziston oʻrtasidagi tovar almashinuvi shu yilning birinchi toʻqqiz oyi davomida 32 foizga ortganligi qayd etildi”, dedi Vladimir Putin.

U Moskva va Bishkek oʻrtasida iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga toʻla ishonch bildirar ekan, Qirgʻiziston taraf Rossiya hududiga eksport qilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bu davr mobaynida ikki barobardan ham ortib ketganligini qoʻshimcha qildi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi xavfsizlikni saqlash borasida esa, Putin oʻzaro hamkorlik darajasiga yuqori baho berdi hamda oʻzi va qirgʻizistonlik hamkasbi payshanba kuni Belarusiya poytaxti Minskda oʻtadigan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining sammitida ishtirok etishini ayib oʻtdi.

Oʻz navbatida, Jeenbekov oʻzining Rossiyaga tashrifining keng ramziy maʼnolari borligiga ishora qilar ekan, Bishkek va Moskva oʻrtasidagi birdamlik va sherikchilik aloqalarini rivojlantirish uchun bor kuchini sarflashga vaʼda berdi.

“Shunday boʻlishi ham kerak. Birinchi tashrif aynan Rossiyaga amalga oshirilishi kerak edi. Men oʻz tomonimdan strategik sheriklik mustahkamlanishi uchun maksimum saʼy-harakatni amalga oshiraman. Rossiya va Qirgʻiziston 25 yil davomida koʻp sinovlardan oʻtdi. Qirgʻizistonda ayniqsa 2010 yilda juda murakkab vaziyat yuz bergandi. Xalq va mamlakat rahbariyati tufayli biz tinchlik hamda barqarorlikni qaytarishga muvaffaq boʻldik. Bunda Rossiyaning ham xizmati bor. Erishgan yutuqlarimizdagi Rossiyaning roli va oʻrni eʼtibordan chetda qolishi hech qachon mumkin emas. Xalq sizning yordamingiz va qoʻllab-quvvatlovingizni yuqori baholaydi. Bizning eng muhim hamkorlik yoʻnalishimiz Rossiyaga qaratilgan va biz bu yoʻnalishda qatʼiy ishlaymiz.”, dedi Qirgʻiziston prezidenti.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.