Qirgʻiziston BMTda Qozogʻiston ustidan arz qildi

893
0

Qirgʻiziston BMTda Qozogʻiston ustidan arz qildi

 Nьyu-Yorkdagi Qirgʻizistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi BMTga aʼzo mamlakatlarni Qirgʻiziston-Qozogʻiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyat haqida xabardor qildi.

 Qirgʻiziston TIV matbuot xizmati tarqatgan xabarlarga koʻra, 17 noyabr kuni BMT qarorgohida BMT Bosh Assambleyasining ikkinchi qoʻmitasi ish doirasida iqtisodiy, ekologik va moliyaviy masalalarga qaratilgan bir qator rezolyutsiyalar muhokama qilindi.

 “Bir tomonlama iqtisodiy choralar koʻrilishi, rivojlanayotgan mamlakatlarni siyosiy va iqtisodiy majburlash vositasi” deb nomlangan  rezolyutsiya loyihasi muxokama qilinayotganida Qirgʻizistonning doimiy vakili Mirgul Moldoisayeva bayonot bilan chiqdi va 2017 yilning 10 oktyabridan beri Qozogʻiston tomonidan odamlar, transportlar va mahsulotlarning erkin harakatlanishiga sunьiy ravishda toʻsiq qoʻyilayotganini taʼkidladi.

 “BMTga aʼzo mamlkakatlar qirgʻiz-qozoq chegarasidagi vaziyat, Qirgʻizistonga iqtisodiy zarar keltirish hamda mamlakatning sarmoyaviy va sayyohlik  jozibadorligiga putur yetkazish maqsadida iqtisodiy va  transport qamali borasida xabardor qilindi”, – deyiladi TIV xabarida.

 Taʼkidlanishicha, rezolyutsiyaning biror bir davlat boshqa davlatni oʻz suveren xuquqlarini amalga oshirishi yoʻlida bir tomonlama iqtisodiy, siyosiy yoki boshqa har qanday choralarni koʻra olmaydi  degan bosh gʻoyasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Qirgʻiziston  delegatsiyasi qabul qilinayotgan hujjat birodorlik ruhi va xalqlar oʻrtasidagi hamkorlikka rahna soluvchi va  mamlakatlarning barqaror rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlarga barham berishiga ishonishini aytdi.

  Qirgʻiziston rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlab ovoz berdi.

Turkiston:

Bundan tashqari Qirgʻiziston  butun dunyo savdo uyushmasiga (VTOga) ham maktub yoʻlladi. Bu tashkilotga har ikkala davlat ham aʼzo ekanligi sababli, chegara tartibi haqidagi rezolyutsiyalar Qozogʻiston tomonidan buzulayotganidan shikoyat qildi. Lekin yuqoridagi tashkilotlar tomonidan hozirgacha biror joʻyali natija yoki munosabat yo bir ish harakat sezilgani yoʻq.

Aslida bu tashkilotlar yuz berayotgan jarayondan avvaldan xabardor. Ularning bu qonunbuzarlikka aralashishlari uchun ularga arz bilan murojaat qilishning ham hojati yoʻq edi. Chunki xalqaro tashkilotlar oʻz qonun qoidalarini oʻzlari himoya qilishlari kerak. Negaki ular bir necha davlatlar oʻrtalarida shu xizmatni, yaʼni oʻzaro aloqa va munosabatlarni yengillatib berish uchun tuzilgan. Bu xalqaro tashkilotlarning deyarli barchasi, oʻziga aʼzo davlatlar uchun teng huquqli shartlarini kafolatlab berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

Lekin voqeda unday emas. Aksincha har bir xalqaro tashkilot qaysi yetakchi davlat tarafidan tuzilgan boʻlsa, oʻsha davlatga tobedir. Masalan: “BMT” AQSh tomonidan boshqariladi. AQShning olamiy nufuzi kuchli ekanligi sababli, bu tashkilot ham dunyoda eng taʼsirli tashkilot boʻlib turibdi. Tabiiyki bu tashkilot faqat AQShning manfaatlari asosida ish olib boradi. AQShning manfaatini himoya qilish uchun olamiy sistemani va xalqaro siyosatni yoʻnaltirishga harakat qiladi. Yangi mustamlaka davlatlarni qoʻlga kiritishi uchun AQShga yoʻl ochib beradi. BMTga aʼzo davlatlar ichida bir qator yirik, quvvatli mustaqil davlatlar ham bor. AQSh ularga xalqaro siyosatda bir qator imtiyozlar berish bilan ularni oʻziga tobe qilib keladi. Ularning olamda olib borayotgan qabih va iflos mustamlaka harakatlariga va oʻzlariga tobe boʻlgan zaif davlatlarga qarshi olib borayotgan jirqanch siyosatlariga eʼtibor bermaydi. Hatto bu davlatlar BMT rezolyutsiyalarini va xalqaro inson huquq normalarini buzib kelishayotgan taqdirda ham.

Qirgʻiziston Qozogʻiston ustidan har xil xalqaro tashkilotlarga shikoyat qila boshladi. Xalqaro tashkilotlar esa, rasmiyatchilik uchun biror xat yozib qoʻyish bilan norozilik bildirib qoʻyishi mumkin. Lekin Qozogʻistonning Rossiya uchun ahamiyati va taʼsiri oʻta kuchli. Qozogʻiston Qirgʻizistondan har tomonlama bir necha barobar kuchli va strotegik ahamiyatga ega. Demak har qanday xalqaro tashkilot unga shu ahamiyatidan kelib chiqib muomala va munosabat bildiradi. Yoki shunchaki rasmiyatchilik bilan cheklanadi.

Bu kabi muomalalarga dunyoda son sanoqsiz misollar keltirish mumkin. Amerikaning Iroqqa va Avgʻonistonga asossiz bostirib kirishi, Rus harbiylarining Suriyani qatliomm qilishi, Falastinda Yahudlar musulmonlarni tahqirlab kelishayotgani haqida Falastin mamuriyati tomonidan yuzlagan shikoyatlarning etiborsiz qoldirilishi, Myanьmadagi musulmonlarni qatli omm qilinishi! Bularning barchasi BMT tomonidan etiborsiz qoldirildi. Chunki bu bosqinchilik va qatliommlar yetakchi davlat yoki xarqaro siyosatga nisbatan taʼsir quvvatiga ega yirik davlatlar tomonidan uyushtirilgan!!

Xalqaro siyosat boshi berk koʻchaga kirib qolgan. Demokratiyaga asoslangan kapitalistik olamiy boshqaruv sistemasi izdan chiqib, oʻz qadriyatlarini oʻzi toptay boshladi. Yaʼni olamiy boshqaruv sistemasi, oʻz mafkurasi bilan dunyoni boshqara olmay qoldi. Gʻarb davlatlari bilan boshqa yurtlar oʻrtasidagi imtiyozlar va insonlarning yashash darajasida katta farqning paydo boʻlib borayotgani hamda teng huquqlilik asosi buzulib, zulmlar haddan ziyod kuchayib borayotgani ularning aqidalari, shu aqidasiga asoslangan mafkura va sistema (mabda)larining yaroqsiz ekanligidan kelib chiqyapti. Ular esa, buni yashirmoqchi boʻlishyapti.

Demak, Qirgʻiz Qozoq chegara muammosi, chegaraning mavjud boʻlib turishining oʻzidan kelib chiqmoqda. Yaʼni islomiy mamlakatlar oʻrtalarida chegara boʻlishi joiz emas! Bu sunʼiy chegaralar, kufr sistemasi oʻzining chirib bitgan tuzimiga dunyoni boʻyin sundirib turishda oʻta ahamiyatli va juda kuchli rol oʻynaydi. Yuqorida shunga misol sifatida, Qirgʻiziston bilan Qozogʻiston bir biri bilan kelisha olishmay kufr tashkilotlariga murojaat qilishayotganini koʻrib turibmiz. Demak, xalqaro siyosat, mustamlaka davlatlar ustidan oʻz manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun xohlagan paytida ular oʻrtalaridagi chegaralar muammosini chiqarishi va hatto bu ishni ular oʻrtalarida harbiy urush paydo qilishgacha olib borishi mumkin. Qozoq va Qirgʻiz prezidentlari esa, oʻzlaridagi kibr va shaxsiy ambitsiyalarini jilovlay olmay, xalqining iqtisodiy qiyinchiliklarini yanada kuchaytirib borish bilan bir qatorda, mamlakatlarini kufr sistemasiga tobeligini oshirib borishyapti!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.