Ostona shartnomasining soxtaligi fosh boʻlib bormoqda

805
0

Ostona shartnomasining soxtaligi fosh boʻlib bormoqda

Ostona muzokaralarida Rossiya, Turkiya va Eron davlatlari tomonidan Suriyaning maʼlum mintaqalari “Xafvsiz mintaqa” deb eʼlon qilingan edi. Shartnomaga koʻra, mazkur uch davlat, yaʼni Rossiya, Turkiya va Eron davlatlari “Xafvsiz mintaqa”ning kafolatini oʻz zimmasiga olgan.

22 iyul kuni “Xafvsiz mintaqa”da otashkesim kuchga kirganligi eʼlon qilingan edi. Shunday boʻlishiga qaramay, Asad rejimi haligacha hujumlarini davom ettirib kelmoqda. Ammo “Xavfsiz mintaqa” kafilligini oʻz zimmasiga olgan Rossiya, Turkiya va Eron davlatlaridan hech bir sado chiqmayapti.

“Xavfsiz mintaqa” tarkibiga kiruvchi Sharqiy Gʻutada Asad rejimi tomonidan kecha uyushtirilgan havo hujumlarida tinch fuqarolardan 12 kishi nobud boʻldi. Ular orasida ayollar va yosh bolalar ham bor.

Fuqarolik mudofaasi guruhlari eʼlon qilgan hisobotga koʻra, 14-17 noyabr kunlari Asad kuchlari sodir etgan kuchli hujumlar oqibatida tinch aholi vakillaridan 45 kishi, jumladan 13 nafar yosh bola hayotdan koʻz yumgan. Hujumlarning davom etishi tufayli halok boʻlayotganlar va yaradorlarning soni ortib borayotgani xavotir uygʻotmoqda.

Suriyada faoliyat koʻrsatayotgan jurnalist Bilol Abdulkarim Hizb ut-Tahrir – Gollandiya tomonidan Amsterdamda oʻtkazilgan “Idlibni qoʻllab-quvvatlash” forumida bilvosita Internet orqali ishtirok etib, Ostonada erishilgan “Xavfsiz mintaqa” haqiqatini ochib tashladi. Bilol Abdulkarimning maʼlum qilishicha, Halab shahrida sodir boʻlgan alamli holat bugungi kunda Idlib va uning yaqinida sodir etilmoqda. “Xafvsiz mintaqa” deb eʼlon qilingan yerlardagi kasalxonalar, maktablar va masjidlar, u yerga xavfsiz zonalarni tashkil qilishni daʼvo qilib kirgan turk armiyasining koʻz oʻngida bombardimon qilinib, xonavayron etilmoqda. Biroq Abdulkarimga koʻra, ommaviy axborot vositalari “turk armiyasi u yerga xavfsiz zonalarni tashkil qilish maqsadida kirdi”, deya yolgʻon axborot tarqatmoqda. Voqelik esa aksincha.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.