Masjid ul-Aqso uchun qoʻzgʻalishga chaqirgan Saudiya shaxzodasi oʻldirildi

Masjid ul-Aqso uchun qoʻzgʻalishga chaqirgan Saudiya shaxzodasi oʻldirildi

Saudiya Arabistonining sobiq Qiroli Fahd bin Abdulazizning kenja oʻgʻli shahzoda Abdulaziz Saudiyadagi soʻngi hodisalar paytida halok boʻldi. Uning nomi ham korruptsiyada ayblanib, hibsga olish haqida qaror chiqarilgan shaxslar orasi bor edi.

Baʼzi manbalar Shahzoda Abdulaziz bin Fahdning oʻlimi haqida, u qamoqqa olinganlar saqlanayotgan poytaxt Riyozdagi Ritz-Karlton mehmonxonasida yurak xurujidan vafot etganligini maʼlum qildi. Boshqa manbalar esa, uni hibsga olish uchun kelgan politsiya bilan yuzaga kelgan otishmada halok boʻlganligi haqida xabar tarqatdi.

Biroq shahzoda Abdulazizning ijtimoiy tarmoqda oʻrtoqlashgan baʼzi fikrlari uning oʻlimi haqida shubhalar uygʻotmoqda. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda yahudiylarning falastinliklarga qarshi zulmlarini tanqid ostiga olgan shahzoda Abdulaziz doimo Masjid al-Aqso uchun musulmonlarni qoʻzgʻalishga chaqirib kelgan.

Maʼlum boʻlishicha, shahzoda Abdulaziz bin Fahd oʻzining tvitter sahifasidagi tvitlaridan birida musulmonlarni Masjid al-Aqsodagi musulmonlar bilan birlik va birdamlikka chaqirar ekan, “Falastin va Muborak Masjid al-Aqsodagi birodarlarimizni qoʻllab-quvvatlash har bir musulmon uchun vojibdir, har kim qoʻlidan kelganini qilishi lozim”, deya yozib qoldirgan.

Shahzodaning yana bir tviti quyidagicha: “Ey Muhammad Ummati! Ularga oʻzingizning kimligingizni koʻrsatib qoʻying! Al-Aqsoga eʼtibor bermaslik horlikdir, buning uchun Alloh bizni hisob-kitob qiladi”.

Shahzoda Abdulzizning boshqa bir tviti quyidagi soʻzlarni oʻz ichiga oladi: “Ey Muhammad Ummati! Bizning uchinchi masjidimiz jinoyatchi bosqinchilar tomonidan oyoqosti qilinmoqda. Oramizda Roshid inson yoʻqmi? Keling chiqib jang qilaylik. Yo gʻalabaga erishib uni qutqaramiz, yoki Robbimizning magʻfiratiga erishamiz”.

Xabarda aytilishicha, yozgan tivitlarini oʻchirib tashlash uchun bosim ostida qolgan marhum shaxzoda “Mening yozganlarim Alloh va Uning Rasuliga yetmay turib ularni oʻchirib tashlash men uchun oʻlimdan ham yomonroqdir”, deya yahudlarga qarshi tvitlarini oʻchirib tashlashdan qatʼiyan bosh tortgan.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.