Qrimlik mahbus musulmonlarning turmush oʻrtogʻlariga ruslarning zulmi

752
0

Qrimlik mahbus musulmonlarning turmush oʻrtogʻlariga ruslarning zulmi

 Rus bosqinchilari tomonidan Hizb ut-Tahrir daʼvosi bilan hibsga olingan qrimlik musulmonlarning turmush oʻrtogʻlari Qrim va Ukrainaning asosiy qismidagi maʼmuriy chegara postida hech qanday sabab koʻrsatilmagan holda ushlanib, ulardan har biri alohida-alohida soʻroq qilingan. Bu haqida advokat Lilya Gemedji maʼlum qildi. Lilya Gemedjiga koʻra rus xizmatchilar uning advokat ekanligini bilmagan.

Jurnalist Anton Naumlyukning bidirishicha, rus xizmatchilari ayollarni birma-bir tergov qilgan va tergov paytida ulardan turmush oʻrtoqlari va qarindoshlarining kimliklari, IShIDga qoʻshilish niyati bor yoki yoʻqligi haqida soʻralgan. Tergov davomida ikki ayol oʻzini yomon his qilib, ulardan biri hushidan ketganda, ruslar bunga “teatr sahnasi”, deya qaraganligi sababli tez yordam taxminan 40 daqiqadan keyin chaqirilgan.

Rossiya qonunchiligiga koʻra, huquq-tartibot idoralari hibsga olingan shaxslarni 3 soatdan ortiq ushlab turish huquqiga ega emas. Biroq, qrimlik muslima ayollar bolalari bilan birgalikda sovuqda Armyansk-Chaplinka nazorat nuqtasidagi chegara postida 6 soatdan koʻproq vaqt ushlab turilgan. Ularning hibsga olinish sabablari hanuz nomaʼlumligicha qolmoqda.

Aslida olganda terrorizmga qarshi kurashayotganligini daʼvo qilayotgan Rossiyaning musulmonlarga nisbatan munosabati terroristik faoliyatning oʻzginasidir. Qrimda amalga oshirayotgan uylarga bostirib kirish, sababsiz hibsga olish, odam oʻgʻirlash, qasddan jarohat yetkazish, bularning barchasi terror amaliyoti doirasiga kiradi. Rossiyaning kuch ishlatar organlari bu ishlarni Qrimda deyarli har kuni amalga oshiryapti. Uning Suriyada amalga oshirayotgan terrorlari haqida esa gapirmasa ham boʻlaveradi. Vaholangki Hizb ut-Tahrir yarim asrdan koʻproq vaqt davomida 50 dan ortiq mamlakatda faoliya yuritayotgan boʻlsada, hali biror joyda zoʻravonlikka qoʻl urganligi isbotlangan emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.