“Musulmon boʻlsa terrorchi, Musulmon boʻlmasa ruhiy kasal”

808
0

“Musulmon boʻlsa terrorchi, Musulmon boʻlmasa ruhiy kasal”

Kuni kecha AQShning Texas shtatidagi cherkovga qilingan hujumda 27 kishi halok boʻldi. 30 kishi tan jarohati oldi. Hujumchi oʻlik holda qoʻlga olindi. Surishtiruv natijalariga koʻra, hujumni uyushtirgan shaxs Texasda yashab kelgan 26 yoshli  amerikalik Devin Patrik Kelli boʻlib chiqdi. Xulosa aniq, u terrorchi emas, ruhiy hasta. Chunki u – garchi soqoli boʻlsa ham – musulmon emas, buning ustiga u amerikalik oq tanlidir.

Ayni paytda AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiyadan turib, hech qanday surishtiruv natijalariga tayanmagan holda cherkov hujumchisini – garchi u oʻq otar qurol bilan 26 kishini oʻldirib, 30 kishini jarohatlagan boʻlsa ham – terrorchi emasligi haqida bayonot berdi.

“Mamlakatimizda ruhiy salomatlik masalasi mavjud, bu qurol muammosi emas”, dedi Yaponiyada soʻzga chiqqan Tramp.

Shuningdek, Tramp oʻzining Twitterdagi sahifasida “Tangri Texasning Sazerlend Springs shaharchasidagi odamlar bilan birga boʻlsin. Federal tergov byurosi va politsiya voqea joyida turibdi. Men vaziyatni Yaponiyadan kuzatib turibman”, deya tvit qoldirdi.

Bundan avval AQShning Nevada shtatida joylashgan Las-Vegas shahridagi musiqa festivalida amalga oshirilgan va kamida 59 kishi halok boʻlib, 527 kishini jarohat olgan qurolli hujum haqida ham xuddi shunday xulosa chiqarilgan edi. Oʻsha hujum AQSh tarixida eng koʻp oʻlimga sabab boʻlgan qurolli hujum boʻlishiga qaramay, AQSh tarafidan “terror akti emas”, deb eʼlon qilingan edi. Chunki uni bir musulmon emas, balki Stiven Paddok ismli oqtanli amerikalik amalga oshirgan edi.

Ammo 31 oktyabr kuni Nьyu-Yorkning Manxetten tumanida, Oʻzbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov boshqargan yuk mashinasi velosipedchilar uchun moʻljallangan yoʻlakka chiqib, bir necha piyodalarni urib ketgan va buning oqibatida 8 kishi halok boʻlgan hodisa esa, oradan hech qancha vaqt oʻtar oʻtmas terror akti deya eʼlon qilindi. Hatto AQSh prezidenti hech qanday surushtiruvsiz Soipovga oʻlim jazosi berishni talab qildi. Barcha ommaviy axborot vositalari ham “dahshatli terror hujumi deya” jar sola boshladi.

Biroq texasdagi cherkovga qilingan hujum haqida bunday baland parvoz daʼvolardan darak ham yoʻq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.