Tramp: Saudiya “bu ish AQSh uchun muhim ahamiyatga ega”, degan eʼtiborda qarashi lozim

Tramp: Saudiya “bu ish AQSh uchun muhim ahamiyatga ega”, degan eʼtiborda qarashi lozim

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonidan Nьyu-York bozoridagi moliyaviy muomalalarga va “Nasdaq” birjasiga jiddiy qarashlari kerakligini talab qildi. Tramp bu haqida yakshanba kuni Yaponiyaga uchib ketayotib, samolyotdagi jurnalistlarga maʼlum qildi. Trampning aytishicha, u Saudiya qiroli Salmon bin Abdul Aziz bilan Saudiyaning yirik neft shirkati “Aramko” aktsiyalarini Nyu-York birjasiga qoʻyishi haqida gaplashgan. Trampga koʻra, hozirda saudlar AQSh birjalaridan foydalanish haqida izlanish olib bormoqda.

“Ular sud ishi va boshqa xavf-xatarlar tufayli buni oʻrganmaganlar. Men bir oz oldin qirol bilan gaplashdim, ular bu ishni oʻrganib chiqadilar. Bu juda muhim. Biz barcha buyuk narsalar bizda boʻlishini xohlaymiz”, deya taʼkidladi Tramp.

Shuningdek, Donald Tramp shanba kuni oʻzining Tvitter sahifasi orqali Saudiyaning “Aramko” neft shirkati oʻz aktsiyalarini Nьyu-York fond birjasiga qoʻyishiga umid qilayotganini va ushbu masalani AQSh uchun muhim deb hisoblashini bildirgan edi. Trampga koʻra, Saudiyaliklar “bu ish AQSh uchun muhim ahamiyatga ega”, degan eʼtiborda qarashlari lozim.

“Saudiyaliklar, bu AQSh uchun muhim ahamiyatga ega, degan eʼtiborda Saudiyaning “Aramko” shirkatini Qoʻshma Shtatlarda rivojlantiradilar” “Saudiyaning Aramko shirkati oʻz aktsiyasini Nьyu-York fond birjasiga qoʻygan taqdirda ulardan juda minnatdor boʻlardim”, deya tivitladi Tramp.

Riyoz Aramko shirkatining aktsiyalarini 2018 yilda dunyodagi eng yirik birjalarga, jumladan Nyu-York, London va Tokio shaharlarida birjalarga tashlash variantlarini koʻrib chiqayotgan, biroq hali shirkatning aktsiyalari qaysi birjaga qoʻyilishi haqida biror qarorga kelmagan edi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.