Tolibon “ID” bilan jang qilishdan bosh tortdi

Tolibon “ID” bilan jang qilishdan bosh tortdi

Afgʻonistondagi Tolibon yetakchisi Xaybatulla Oxunzoda tashkilot aʼzolariga, harakatlar “umumiy maqsadlar” ega ekanligi sababli “Islom davlati” jangarilari bilan toʻqnashuvlarni toʻxtatish, haqida buyuruq bergan. Bu haqida 1TV News telekanaliga asoslanib “lenta.ru” xabar qildi.

Telekanalning xavfsizlik xizmatidagi manbalarining qayd etishicha, buyuruq bundan 10 kuncha oldin, Oxunzodaning mamlakat janubidagi Xilmand viloyatiga jangarilar boshchilari bilan uchrashish uchun kelganida berilgan.

2015-yilning aprel oyida “Islom davlati” va “Tolibon” tashkiloti bir-biriga qarshi jihod eʼlon qilishgani maʼlum boʻlgan edi. Ikki tashkilot oʻrtasidagi ziddiyat “ID” yetakchisi Abu Bakr Bogʻdodiy “Tolibon” asoschisi mulla Umarni “na maʼnaviy, na siyosiy ishonchga loyiq boʻlmagan ahmoq va savodsiz harbiy yetakchi”, deb ataganidan soʻng boshlangan edi. Bunga javoban “Tolibon” yetakchisi “tashkilot aʼzolarining hech biri “ID” bayrogʻi ostiga kirmaydi va “ID” bayroqlari Afgʻoniston zaminida hech qachon paydo boʻlmaydi”, degan edi.

Turkiston: 

Xalqaro siyosatda yetakchi davlatlar yoki umumiy kufr boshqaruv sistemasi, musulmonlardan iborat islomiy jamoalardan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga  bor imkoniyatlari bilan harakat olib borishadi. Gohida ularning bu harakatlari umumiy ravishda Islom mafkurasiga karshi qaratilgan boʻlsa, gohida esa bundan yetakchi davlatlarning har birining alohida oʻzlariga xos manfaatlari koʻzlangan boʻladi. Har ikki holatda ham ular musulmonlar siyosiy va mabdaʼiy jihatdan Islomni zaif tushunishlari oqibatida kelib chiqqan maqsadsiz robitalar bilan oʻralashib qolishganidan foydalanishadi. Masalan musulmonlar Islomlarini biror xududiy cheklab olish bilan vatanparvarlik robitasiga cheklanib olishadi. Undan ham tubanlashish oqibatida milliy islomiy robitani ilgari sura boshlashadi! Oqibatda kufr sistemasi ularni oʻz doomiga tortib olib kirib ketadi! Soʻng bu jamoalar “Islomni hayotga qaytarish” degan oliy maqsadlaridan uzoqlashib, kufr nayranglariga aldangan holda bir birlariga karshi hudud talashib urush boshlashadi. Kufrning bu uslubni qoʻllaganiga biz Suriya va Iroqda yaqqol guvoh boʻldik!

“ID”  tashkiloti Iroq va Suriyada kufr olami uchun juda katta imkoniyatlar yaratib berdi. Bu hech kimga sir boʻlmagan haqiqatdir! Yaʼni “ID” yetakchilari Islomni roʻyobga chiqarishni daʼvo qilib, xolis musulmonlarni qalbaki bayroqlari ostiga yigʻib berdi. Soʻng islomiy inqilobiy harakatlarga qarshi Suriyadan hudud talashish fitnasini paydo qilib, Asadning kufr rejimiga qoʻl keladigan manfaatli harakatlarni amalga oshirdi. Kufr olami hozirda Suriyadagi uslubini Avgʻonistonda yana bir bor qoʻllamoqchi boʻlyapti.

Tolibonning urushdan bosh tortishi islomiy siyosiy tushunchalaridan kelib chiqqan boʻlsa, olqishga loyiq boʻlar edi! Negaki har qanday moddiy harakat asosan u oʻz birodarlariga qarshi qaratilgan boʻlsa, albatta kufrga manfaat olib keladi!

Shuning uchun har bir musulmon, u oʻz yurtini kofirdan himoya qilayotgan mujohid boʻladimi, xalqni davolayotgan shifokor boʻladimi, farqi yoʻq, albatta uning islomiy mafkuraviy tushunchalari tiniq boʻlishi vojib! Faqat shundagina u musulmon kofir bilan muomila chegarasini va sharʼiy shartlarini oʻrganadi va shu hududdan turib kufr olami yoki jamoa va shaxslar bilan  islomiy muomala qila boshlaydi! Yaʼni musulmon kim va qanday ish harakat olib borishidan qatʼiy nazar, Islomni mabdaʼ (oʻz tuzumiga ega boʻlgan aqliy aqida) deb tushunishi va shu tushunchasi asosidan turib har bir ish harakatini yoʻnaltirishi vojib! Faqat shundagina kufr musulmonni chalgʻita olmaydi!

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.