Taʼziya

933
0

Taʼziya

Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar qilishicha, Bishkek-Oʻsh avtomobil yoʻlining 457-kilometrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi natijasida oʻn kishi, shu jumladan ikki yosh bola halok boʻldi.

 Yoʻl-transport hodisasi dushanbaga oʻtar kechasi soat 00:05da yuz bergan.

 “Yoʻlda Honda Stepwgn avtomobili hamda MAN gaz olib yuruvchi mashinasi toʻqnashgan. Natijada sakkiz kishi halok boʻldi, ular orasida olti oylik chaqaloq ham bor, yana ikki inson Tosh-Koʻmir shahri shifoxonasida hayotdan koʻz yumdi”, – deya xabar qilgan mahkama vakili.

 Kechga yaqin Favqulotda vaziyatlar vazirligi halok boʻlganlarning ism-familiyalarini maʼlum qildi.

Qodirjonov Kamoldin -23 yoshda, Oʻsh viloyati Oʻzgan tumani;
Abduvaliyev Faxriddin Kamoldinovich – 29 yosh, Oʻsh viloyati Oʻzgan tumani;
3. Abduvaliyev Xusniddin Jamoldinovich – 28 yosh, Oʻsh viloyati Oʻzgan tumani;
4. Navijanov Qodirjon Adilisanovich – 23 yosh, Oʻsh viloyati Oʻzgan tumani;
5. Shabdanov Kushtarbek Oʻzbekovich – 40 yosh, Jalolobod viloyati Axsi tuman Axsi qishlogʻi;
6. Ashirova Barnoxon Xatamjonovna – 23 yosh, Oʻsh viloyati Oʻzgan tumani;
7. Razaqulov Akmaljon Mahmudjonovich – 28 yosh, Oʻsh viloyati Oʻzgan tumani;
8. Navroʻzxon Rasuljon qizi – 22 yosh, qolgan maʼlumotlar aniqlanmoqda;
9. Mamajonov Qodirjon Abduxoliqovich – 23 yosh;
10. Mamadaliyev Abubakr Shafkatovich – 2016 yilning 1-iyunida tugʻilgan. Navroʻzxon Rasuljon qizining oʻgʻli.

Turkiston:

إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]

Biz, Turkiston sayti xodimlari Allohning qazosiga iymon keltirgan holda, Rahimli Allohdan avtohalokat natijasida halok boʻlgan yurtdoshlarimizning gunohlarini magʻfirat qilib, qilgan solih amallarini oʻzlariga hamroh qilishini soʻraymiz.

 Qirgʻizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari nomidan ularning oila aʼzolari, qarindosh-urugʻlari va oilaga yaqin boʻlgan barcha doʻstlariga chuqur taʼziyamizni bildiramiz.

Alloh sizlarga sabru jamil ato etsin. Alloh sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

وَاصْبِرُوا إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ

“Sabr-toqat qilingiz! Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir!” [Anfol, 46]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.