Dayruz Zurda oddiy fuqarolar ulkan toʻlovlar toʻlamoqda

748
0
A man reacts amid debris after what activists said were explosive barrels thrown by forces loyal to Syria's President Bashar al-Assad in Al-Shaar neighbourhood of Aleppo April 27, 2014. REUTERS/Hosam Katan (SYRIA - Tags: POLITICS CONFLICT TPX IMAGES OF THE DAY) - RTR3MTUG

Islomiy yurtlar hukmdorlari qonxoʻr bilan muzokara stolida oʻtirgan bir paytda Dayruz Zurda oddiy fuqarolar ulkan toʻlovlar toʻlamoqda

Dayruz Zur shahridagi mahalliy manbalarga koʻra, rus harbiy uchoqlari ayni shahardan qochib chiqqan fuqarolarni tashuvchi qayiqlar ustidan klasterli bombalar tashlagan… Olti marta oʻtkazilgan ayni havo hujumi oqibatida ellikdan ziyod inson nobud boʻlgan, yuzlabi jarohatlangan, ularning aksari ayollar va bolalardir.

Tirik qolish imkoniyati, hatto tinimsiz havo hujumlaridan qochishga majbur boʻlgan bu oddiy fuqarolarga ham nasib qilmadi… ulardan shu darajada koʻp inson halok boʻldiki, haligacha ularning soni qanchaligi aniqlanmadi, chunki hamon xarobalar ostida qolib ketib, yoʻqolganlarni sanashning imkoni yoʻqligi bois ularning soni yana oshishi mumkin. Shahar faollariga koʻra, oʻtgan kunlarning oʻzida mingdan ziyod havo hujumi sodir etilgan va ularda klasterli bombalar, fosfor bombalar, portlovchi bombalar, shuningdek, ballistik raketalar qoʻllangan.

2011 yil mart oyidan beri Suriya adolatsiz urush va shiddatli janglar girdobida. Bu urush aholining yarmidan ziyodini yurtni tashlab chiqishga majbur qildi. Besh milliondan ziyod suriyalik tashqariga qochib chiqdi, ichkarida olti million qochqin lagerlarga koʻchirildi. Hozirgi asrda eng katta ofat oʻlaroq koʻrilayotgan Suriya boʻhroni sababli turli mintaqalardagi erkaklar, ayollar va bolalar shunday azob-uqubatlar chekmoqdalarki, buni taʼriflashga til ojiz. Ayniqsa, shafqatsiz Baas rejimi, oʻz zulmiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonni izdan chiqarish va tiriklayin koʻmish uchun oʻzining harbiy mashinasidan, siyosiy va jangovar ittifoqchilaridan foydalandi, hatto butun xalqaro koalitsiya Shom zaminida vaziyatni ilgargi ahvoliga qaytarish yoʻlida Islomga qarshi urush olib bordi.

AQSh ham uzoq vaqtdan beri qoʻzgʻolon jangini toʻxtatishga oid sulh va bitimlar kabi turli uslub va vositalar bilan Shom ahlini tiz choʻktirishga harakat qilib keldi. Bu qoʻzgʻolon jangini toʻxtatish 2016 yil 30 dekabrda oʻsha paytda Anqarada toʻplangan rahbarlar bitimi ortidan boshlangan boʻlib, bu bitim qonxoʻr rejim va uning ittifoqchilariga tatbiq qilinmadi. Zotan, Suriyadagi jangovar hodisalar oqimini kuzatayotganlarning aytishicha, qirgʻin ham, ajratib oʻtirmay yoppasiga bombardimon qilish ham hanuz davom etmoqda, davom etganda ham bular “terrorizm”ga qarshi kurash qarori oʻz ichiga olmagan mintaqalarda davom etmoqda.

Mana, koʻrib qoʻying, xorijdagi muxolafat “Jeneva-1”dan “Jeneva-8”ga qadar, “Ostona-1”dan “Ostona-6”ga qadar yigʻinlarga tinmay qatnashmoqda. Uning bayonotlarida AQShning Suriyani harbiy jihatdan bosib olish rejasi va soʻnggi yechimni tatbiq qilishni boshlagani tasdiqlanmoqda. Bu reja deeskalatsiya-xavfsiz hududlarga, xususan, Idlibga xalqaro tinchlikparvar kuchlarni kiritish masalasi oʻrganilishi orqali amalga oshiriladi. Amerika oʻzining mana shunday mustamlakachilik niyatlarini roʻyobga chiqarish uchun yanada quturib, mintaqalarga hujumlarni kuchaytirdi, oddiy insonlar bilan yurt infrastrukturasini nishonga oldi, qirgʻin ketidan qirgʻinni davom ettirdi… Xalqaro Qizil Xoch Komitetiga koʻra, yaqin kunlardan beri Suriyada sodir etilayotgan hujumlar Halab magʻlubiyatidan keyingi hujumlar ichida eng dahshatlisi hisoblanadi.

Islomiy yurtlar hukmdorlariga qarang, Islom dushmanlariga laganbardorlik qilishyapti: Saudlar oilasi suriyalik bolalar qotili bilan qotilning qarorgohida kelajak borasidagi qarashlarni chizib, tantanali uchrashuvda oʻzaro hamkorlik imzolamoqda!! Pokiston hukmdoriga qarang, u Rossiya bilan harbiy mashgʻulotlar oʻtkazmoqda, vaholanki, Rossiya oʻzining suv osti kemalari va samolyotlaridan musulmonlar ustiga bomba yogʻdirib, ularni uy-joylari bilan qoʻshib vayron etmoqda!! Hukmdorlarning bundan boshqa qancha-qancha sharmandali pozitsiyalari borki, dahshatdan ilonlar poʻst tashlaydi. Chunki butun dunyo bolalarimiz tanalarining chor atrofga sochilishini koʻrib, onalar faryodini eshitib turibdi. Hatto islomiy yurtlar hukmdorlarining qoralash va norozilik bildirishlari ham eskirdi, chunki kofir Gʻarbga boʻlgan malayliklari rekord darajasiga yetdi.

Bu malaylik, bu bayonotlar shu darajada yaqqolki, Amerika va ittifoqchilarining mustamlakachilik maqsadlari ochilib boʻldi… Biroq ularning musulmonlarga qarshi barcha jinoyatlari omad keltirmadi, aksincha, musulmonlarning koʻzi ochilib, Islomlariga yanada kuchliroq inonishlariga sabab boʻldi. Musulmonlar bugun kim Amerika va ittifoqchilariga qoʻl choʻzsa, u Islomning hokimiyatga kelishi yoʻliga, yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik barpo etilishi yoʻliga toʻgʻonoq boʻlayotganiga aniq ishonmoqdalar.

Biz musulmonlarga shuni eslatmoqchimizki, Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik barpo boʻlishiga – Allohning izni ila – yaqin qoldi. Zero, u Alloh Taoloning vaʼdasi, Rosuli Aning bashoratlaridir.

 وَلا يَحْسَبَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا سَبَقُوا إِنَّهُمْ لا يُعْجِزُونَ 

“Kofir boʻlgan kimsalar ustun keldik, deb hisoblamasinlar, ular ojiz qila olmaydilar. (Albatta, ular Allohdan qilmishlariga yarasha jazo olurlar)” [Anfol 59]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.