Qirgʻiziston va Rossiya anʼanaviy Islomni rivojlantirishda hamkorlik qilishadi

768
0

Qirgʻiziston va Rossiya anʼanaviy Islomni rivojlantirishda hamkorlik qilishadi

 Qirgʻiziston va Rossiya Islom universitetlari anʼanaviy Islomni rivojlantirish va diniy ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha bitim imzoladi. Bu haqida“RIA Novosti” Rossiya Islom universiteti rektori Artur Suleymanovga iqtibosan xabar qildi.

 “Bizning Qirgʻiziston bilan Islomni tushunishda umumiy maʼnaviy olam va anʼanalarimiz mavjud. Bizning eʼtiqodiy masalalarimiz va diniy maktabimiz umumiy. Shartnoma bizning ota-bobolarimiz eʼtiqod qilgan hamda radikalizm, terrorizm, mutaasiblik va diniy toqatsizlikdan uzoq boʻlgan anʼanaviy Islomni saqlab qolishga qaratilgan”, -dedi Suleymanov.

 Uning soʻzlariga koʻra, kelishuv doirasida Rossiya Islom universiteti oʻqituvchilari noyabr oyida “Anʼanaviy Islomda eʼtiqod” treningini oʻtkazish uchun Qirgʻizistonga kelishadi. Treningda 25 nafar oʻqituvchi va imomlar tinglovchi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

 Suleymanovning qoʻshimcha qilishicha, bir vaqtning oʻzida RIU oʻqituvchilari Qirgʻiziston Islom universitetida amaliyot oʻtkazish imkoniga ega boʻladilar.

Turkiston:

Soʻngi paytlarda Islomga nisbatan “Ananaviy, moʻʼtadil, milliy” kabi yangi kufr atamalari ishlatila boshladi. Gʻoyriislomiy harakatlarning bu atamalar asosida harakat olib borishdan koʻzlayotgan maqsadlari, jamiyatlarda buzuq islomiy muhitni paydo qilishdir! Ularining bu maqsadlari islomiy ulamolarning ishtiroki, harakati va xiyonatlarisiz aslo amalga oshmaydi!  Lekin ulamolar ham kufrga oʻz ixtiyorlari bilan rozi boʻlmasliklari aniq. Shu sababli, ular kuch tizimlari tahdidlari va hokimiyat adminstratsiyasi bosimi bilan hamda bulardan boshqa har tomondan qandaydir moddiy manfaatlar koʻrsatish yoki vaʼda qilish bilan bir qator taqvosiz ulamolar qatlamini oʻz tomonlariga ogʻdirib olishyapti.

Natijada  ulamolarimiz islomiy emas, Qirgʻiz, Oʻzbek, Tojik… milliy ulamolarga aylanib qolishdi. Ular Islomning Ilohiy mafkuraviy quvvatidan foydalanib, kufr manfaatlarini hatto Rossiya bilan yelkama yelka turib, uyalmay himoya qilishmoqchi!!

Abu Hurayra R.A. rivoyat qilgan hadisda Rosululloh S.A.V. aytdilar: “Kimki, Alloh azza va jallaning yuzini istab oʻrganiladigan ilmni dunyo matohini qoʻlga kiritish uchun oʻrganadigan boʻlsa, qiyomat kuni jannatning hidini ham topmaydi”  (imom Termiziy).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.