Rus mulozimlari musulmonlarning ustidan kuldi

25
0

Rus mulozimlari musulmonlarning ustidan kuldi

Rossiya qishloq xoʻjaligi vaziri Aleksandar Tkachyov qishloq xoʻjaligi siyosati muhokama qilingan davlat majlisida soʻzlagan nutqida Rossiya iqtisodini yuksaltirish uchun chuchqa goʻshti yetishtirish masalasini olgʻa surdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshchiligidagi davlat mulozimlari ishtirok etgan majlisda Tkachyov choʻchqa goʻshtini sotib oladigan davlatlar nomini tilga olar ekan, xatoga yoʻl qoʻyib, Janubiy Koreyaning oʻrniga Indoneziyani tilga oldi.

“Masalan, Germaniya har yili 5,5 million tonna choʻchqa goʻsht yetishtirib, bu goʻshtning 3 million tonnasini Xitoy, Indoneziya, Yaponiya, Koreya va yana bir qancha mamlakatlarga eksport qiladi. Biz nima uchun choʻchqa goʻshti biznesiga kirishmasligimiz kerak?! Hatto Rossiyaning shimoliy-sharqiy hududlarida bir nechta chorvachilik fermasini qurib ham boʻldik”,- dedi Tkachyov.

Tkachyovning soʻzlariga eʼtibor bergan Putin uni toʻxtatib, “Unutmang, Indoneziya musulmon mamlakatdir. Ularga choʻchqa sotaman deb ovora boʻlmang”, deya uning xatosini toʻgʻirlab qoʻydi. Qoʻpol xatoga yoʻl qoʻyganligini tushinib qolgan Tkachyov “Ha men notoʻgʻri gapirdim. Men Janubiy Koreyani nazarda tutgan edim”,- deya xatosini toʻgʻirladi. Biroq Indoneziyaga choʻchqa goʻshti sotish haqida gapirib oʻzini biroz noqulay sezgan Tkachev yana oʻzini oqlash maqsadida “Xavotir olmang, biz choʻchqa goʻshtini Indoneziyaga ham yedirib yuboraveramiz”,- deya Musulmonlarga nisbatan haqoratomuz soʻzlarni aytdi. Uning bu gaplaridan Rossiya davlat mulozimlari yuzlarini yopishib, rosa miriqib kulishdi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.