NATO Afgʻonistondan xavotirda

NATO Afgʻonistondan xavotirda

NATO Parlamenti Assambleyasining prezidenti Paolo Alli NATO qoʻshinlarining bir qismi 2014 yilda Afgʻonistondan olib chiqilishi ortidan u yerda tobora kuchayib borayotgan Tolibon hujumlaridan NATO xavotirda ekanligini bildirdi. Alle bu haqida Ruminiyaning poytaxti Buxarestda “Assoshieyted Press” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Biz Afgʻonistonda sodir boʻlayotgan ishlarni yengil sanay olmaymiz, chunki bizning qoʻshinlarimiz u yerdan olib chiqilgandan soʻng Tolibon hujumlarning ortib borayotganiga guvoh boʻlyapmiz”, dedi NATO Parlamenti Assambleyasining prezidenti.

Alli xususan NATO qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketilishi ortidan – gʻarb tili bilan aytganda – terrorchi Tolibon harakati  mamlakatda oʻz nazorati ostida olgan mintaqalar kengayib borayotganiga urgʻu berdi.  Allining taʼkidlashicha, Afgʻonistondagi yomonlashib borayotgan xavfsizlik holati Afgʻon xalqining oʻz yurtlarini tashlab ketishlariga sabab boʻlmoqda.

“Oxirgi ikki yoki uch yil ichida Afgʻonistondan Sharqiy Yevropaga juda koʻp qochqinlar kelganligini koʻrib turibmiz. Buning sababi Tolibon mamlakatning ayrim hududlar nazoratini qoʻlga olganligidir”, deya qoʻshimcha qildi Alli.

AQSh boshchiligidagi NATO kuchlarining Afgʻonistonga bosib kirganiga 16 yil boʻldi. Oʻtgan 16 yil davomida Tolibon harbiy jihatdan qishloq joylarda nazoratini kuchaytirganligi va shahar markazlariga kamdan-kam hujum qilganligi aytiladi. Gʻarb tadqiqot markazlaridan biri “The Long War” jurnaliga koʻra, Tolibon 124ta qishloqni nazorat qiladi, ammo qishloq markazlari bundan mustasno. Bu halat Kobul hukumatining qonuniyligiga jiddiy zarba sifatida baholanmoqda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.