Lavrov: Suriya muxolifatiga maslahat berdi

374
0

Lavrov: Suriya muxolifatiga maslahat berdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya muxolifat guruhlarini Jeneva muzokaralarida birlashishga chaqirdi va ularga muzokara chogʻida avvalgi shartlarini qoʻymaslikni maslahat berdi. Lavrovning taʼkidlashicha, muxolifat vakillari avvalgi muzokaralarda qoʻygan har qanday shartlarni qoʻyishlari muzokaraning ijobiy oʻtishiga xalaqit beradi.

Sergey Lavrovning Suriya muxolifatiga bergan maslahati Rossiya kuchlarining Suriyadagi qirgʻinni oʻta kuchaytirishi ortidan yangramoqda. Xabarlarda aytilishicha oʻtgan sentyabr oyida Rossiya va Asad kuchlari tarafidan Idlib shahriga 767 marotaba hujum uyushtirilgan. Buning oqibatida tinch aholidan 247 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri qozoq hamkasbi Xayrat Abdurahmonov bilan Ostonada bergan matbuot anjumanida Suriya muxolafatini birlashtirish maqsadida Saudiya Arabistoni oʻynaydi rolga ham toʻxtalib oʻtdi. Lavrovga koʻra, hozirda Suriya rejimi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot boshlagan va “terrorizm”ga qarshi jang qilish uchun tayyor boʻlgan qurolli toʻdalarning muzokarada ishtirok etishini taʼminlash ustida ish ketyapti.

Oʻz navbatida, Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Xayrat Abdurahmonov ham kelgusida Suriya inqirozi boʻyicha Ostona muzokaralarining yettinchi raundida bahs qilinadigan muhim masalalarni eʼlon qildi. Abdurahmonovga koʻra, muzokaralar jarayonida kafil davlatlar, yaʼni Rossiya, Turkiya va Eron davlatlari Suriyaning 4 mintaqasida taranglikni yumshatish boʻyicha batafsilroq ish olib borishni rejalashtirmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.