14 yilga ozodlik: Sud Nazira Asanaliyevaning jazo muddatini kechiktirdi

576
0

14 yilga ozodlik: Sud Nazira Asanaliyevaning jazo muddatini kechiktirdi

9-oktyabr kuni Issiqkoʻl viloyat sudi taqiqlangan adabiyotlarni saqlagani uchun Tup tuman sudi tomonidan 3 yilga ozodlkdan mahrum etilgan, 11 farzandning homilador onasi Nazira Asanaliyeva ishini koʻrib chiqdi.

Sud majlisida Nazira Asanaliyevaning uyidan 10ga yaqin diniy kitoblar topilgani va ulardan biri taqiqlangan kitob ekanligi aytildi. Natijada viloyat sudi Tup tuman sudining Asanaliyevani 3 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻz kuchida qoldirdi. Biroq, Nazira Asanaliyevaning emizikli bolasi bor ekanligini hisobga olib, qoʻlidagi farzandi 14 yoshga toʻlgunga qadar jazo muddati kechiktirildi va sud zalidan ozod qilindi.

“Tup tuman sudining 2017 yil 26 sentyabrdagi hukmi oʻzgartirilsin, Asanaliyeva Nazira Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 299-moddasi 1-qismi boʻyicha tayinlangan jazosi 2016 yil 17-sentyabr kuni tugʻilgan farzandi 14 yoshga toʻlgunga qadar toʻxtatilsin. Nazira Asanaliyeva sud zalidan ozod qilinsin”,- dedi hukmni oʻqib eshittirgan sudьya.

Turkiston: 

Qonunan qahramon ona maqomida boʻlgan Nazira Asanaliyeva, 1 yoshli emikzikli farzandi borligiga hamda bundan tashqari 3 oylik homilasi bor ekani mutaxasislar tomonidan rasman tasdiqlanganiga qaramay 26 sentyabr kunidan shu kungacha, yaʼni 14 kun Qirgʻiziston qamoqxonasida azoblandi! 11 nafar farzandi 14 kun iztirobda ruhan azoblanishdi! Butun dunyo musulmonlari halovatini yoʻqotib, mazlumaning iztirobiga hamdard boʻlishdi, oʻzlarining nomusi toptalayotganini his qilib, zolimlarga oʻz noroziliklarini ifoda etishdi. Hizb ut-Tahrir – Qirgʻiziston tomonidan ham olamiy norozilik aktsiyasi olib borildi. Unda musulmonlar taqdiridan befarq boʻlmagan, bir necha oʻn minglagan taqvodor musulmonlar ishtirok etib, bu gʻalamis zolimlarning zulmlariga qarshi siyosiy kurash olib borishdi. Qirgʻiz hukumatining shu va shu kabi zaifalarga qarshi olib borayotgan zulmlari va ularning eʼtiqodi yoki boshqa arzimas ayblari uchun qamoqqa tashlab jazolashlari nafaqat musulmonlarni, hatto gʻayridinlarni ham jumbushga keltiradi. Negaki ayollar muammosi, ularga boʻlayotgan zulmlar insoniylik qiymatlarining toptalishi boʻlib, inson zoti bu ishni oqlay olmaydi.

Lekin Qirgʻizistonda zaifalarga qarshi amalga oshirilayotgan zulmlar, olamiy matbuot va inson huquq himoyachilarini oʻziga jalb qilmayapti. Hatto islomiy elita vakilligini daʼvo qilgan saroy ulamolari ham, ayollarimizning taqdirlariga befarq qarab turishadi.  Ularning bu befarqliklari faqat bir narsaga dalolat qiladi: – bu ishlarning ortida turgan olamiy xalqaro siyosiy sistema zolimlarga homiylik va hamkorlik qilayotganini anglatadi! Negaki yuqoridagi hokimiyat ulamolari ham, nodavlat inson huquqlari himoyachilari ham, Qirgʻiziston hokimiyati ham xalqaro siyosatga tobedir. Demak ular, kufr sistemasi boshchiligida hokimiyat tomonidan olib borilayotgan zulmlarga qarshi kurasha olishmaydi!

Hozirda hukumat qamoqxonalarida oʻnlagan muslimalar, diniy soxta ayblar bilan jazo muddatini oʻtashyapti! Ularning har birining 5 – 6 nafardan farzandlari bor! Baʼzilarining emikzikli farzandlari tashqarida qolib ketdi! Deyarli barchasining balogʻatga yetmagan farzandlari bor! Shu mazlumalarni bir nechtasini nomma nom aytib oʻtamiz:

Riskulova Buruloy onamiz, 1957 yil tugʻilgan. 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Abduvaliyeva Nodira, 1986 yili tugʻilgan. 1.5 yashar yemizikli farzandi bor. 1 yil ozodlikdan mahrum etilgan.

Jabaykulova Gulzoda. 1980 yili tugʻilgan 5 nafar farzandning onasi. 1 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Urusova Sirga Rahmonaliyeva, 5 farzandning onasi 1 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Osmonaliyeva Asilbu Qanatbekovna. 1980 yil tugʻilgan. 5 nafar balogʻatga yetmagan farzandning onasi. 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Itibayeva Burulay, 6 nafar yosh bolalari bor, beva ayol. 1 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Va hokazo…

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.