AQSh Misrga 100 million dollar miqdorida yordam koʻrsatmoqchi

769
0

AQSh Misrga 100 million dollar miqdorida yordam koʻrsatmoqchi

Amerika Qoʻshma Shtatlar va Misr oʻrtasida 100 million dollar miqdorida yordam koʻrsatish boʻyicha shartnoma imzolandi. Bu haqida AQShning Qohiradagi elchixonasi tarafidan berilgan yozma bayonotda maʼlum qilindi.

“Ikki mamlakat oʻrtasidagi bu hafta imzolangan kelishuvlar Misr hukumati uchun iqtisodiy islohotlar oʻtkazish va xususiy sektorlarni rivojlantirish hamda ish oʻrinlarini yaratish uchun katta imkoniyatdir”, deyiladi bayonotda.

AQSh oʻtgan oyda inson huquqlari va demokratiya sohasida rivojlanish amalga oshirilmaganligini roʻkach qilib, Misrga koʻrsatiladigan yordamlar borasida “95,7 million dollarni toʻlamaslik va 195 million dollarni esa kechiktirish” haqida qaror qabul qilgan edi. Ammo mazkur bayonotda qayd etilishicha, AQSh Misrda 40 yildan buyon sogʻliqni saqlash, oʻquv va ish oʻrinlarini yaratish sohalarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Xalqaro taraqqiyot agentligining dasturlarini rivojlantirish va ragʻbatlantirish uchun katta miqdorda mablagʻ ajratgan.

Misr hukumati hozirda barcha iqtisodiy imkoniyatlarni oʻstirish va ish oʻrinlarini yaratish uchun mamlakatda keng koʻlamli islohotlar dasturini amalga oshirganligini daʼvo qilmoqda.

Misr va Isroil oʻrtasida 1979 yilda amalga oshirilgan Kemp-Devid ittifoqining shartlariga koʻra, AQSh Misrga har yili 1,5 milliard dollar yordam koʻrsatishi lozim. Misr esa bu yordamning katta qismini harbiy qismga sarflashni oʻz zimmasiga olgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.