AQSh davlat qarzi 20 trillion dollardan oshib ketdi

756
0

AQSh davlat qarzi 20 trillion dollardan oshib ketdi

 “K-News” sayti xabar qilishicha, AQSh davlat qarzi oʻtgan juma kuni tarixda birinchi marta 20 trln dollarlik koʻrsatkichdan oshib ketdi.

 Maʼlumotlariga koʻra, qarz mart oyi oʻrtalarida 19,84 trln dollarlik darajada muzlatib qoʻyilgan edi. Moliya vazirligi federal hukumat oʻzlashtirmalarsiz faoliyat olib borishi uchun katta saʼy-harakatlarni amalga oshirdi. Bu Oq uyga oʻtgan hafta oxirida davlat qarzi boʻsagʻasini vaqtinchalik oshirish haqida qonun qabul qilgan Kongress bilan maslahatlashuvlar oʻtkazib olish uchun vaqt berdi.

 AQSh prezidenti Donald Tramp qonunni juma kuni imzoladi, bu mablagʻlarni oʻzlashtirish jarayonini tiklashga imkoniyat yaratdi. Shu bilan birga, davlat qarzining yangi limiti davlat muassasalariga faqatgina 8 dekabrga, Kongressda 2018-moliyaviy yil uchun federal byudjet ustida ish davom etayotgan paytgacha ishlashga imkon beradi.

 Amerika davlat qarzi holatini kuzatib boruvchi portal maʼlumotlariga koʻra, hozirda uning miqdori 20,16 trln dollarga teng, bu mamlakat YaIMdan 100 foizga koʻp. U 19,3 trln dollarni tashkil etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.