Qirgʻiziston Musulmonlaridan iborat iymoniy muhit ulamolar uchun Ollohning amonati emasmi?!

787
0

Qirgʻiziston Musulmonlaridan iborat iymoniy muhit ulamolar uchun Ollohning amonati emasmi?!

2017 yilning oxirida Qirgʻizistonda prezident saylovi boʻlib oʻtishi kutilyapti. Bu safargi saylov mamlakat uchun juda kuchli siyosiy keskinliklarni paydo qilishi mumkin. Prezident amaldan ketishi muqarrar boʻlishiga qaramay, u oʻzi shakllantirgan yetakchi guruhni hokimiyatda saqlab qolmoqchi boʻlyapti. Qirgʻiz elitasi deyarli prezident tarafdori emas. Lekin prezident boshqaruv tizginini oʻz salohiyati ostida saqlab qolmoqchi boʻlyapti. U bu ishni hokimiyat boshqaruv adminstratsiyasi, prkurotura, sud, xavfsizlik  kuchlari va organ xodimlarining quvvatlari orqali amalga oshirishni koʻzlayapti.

Shundan kelib chiqib, Qirgʻizistondagi siyosiy kuchlar Musulmonlardan iborat Islomiy muhitni oʻz tomonlariga torta boshlashyapti. Ulardan har biri Islomiy muhitning yetakchilari boʻlgan olim-u ulamolar va boshqa taʼsiri kuchli boʻlgan Islomiy jamoalar vositasida taqvodor Musulmonlarning bir qismini oʻz tomonlariga ogʻdirib olmoqchi boʻlishyapti. Shundan kelib chiqib, Islomiy yetakchi guruh vakillarining bir qismiga aylanib qolgan taʼsirli odamlarni va Islom ulamolarini, siyosiy vaziyatlarda Musulmonlarni kufr tarafdorlari boʻlgan gʻalamis kuchlarga bogʻlab berishdan Ollohdan taqvo qilishga chaqirib oʻtmoqchimiz!

Maʼlumki, bu safargi prezident saylovi oʻta qaltis vaziyatlarni paydo qilishi kutilyapti. Xavfsizlik kuchlari hozirdan “Musulmonlar tomonidan kutilayotgan qoʻporuv ishlariga qarshi tayorgarlik koʻrilyapti” deb maqolalar tarqata boshladi. Demak vaziyat keskinlashgudek boʻlsa, ular Islomiy guruhlar yoki Musulmon shaxslar nomidan biror gʻalamis amaliyotlar uyushtirib yuborishi mumkin ekanligiga ishora qilib, oʻzlariga muxolif quvvatlarni qoʻrqitmoqchi boʻlishyapti. Shunga ham eʼtibor bermay, baʼzi Islomiy liderlar Musulmonlarni saylovda biror bir tomonni qoʻllab berishga undab kelishyapti. Vaholangki ularning deyarli barchasi kufrga asoslangan programmalari bilan oʻzlarini namoyon qilib, baʼzilari har safargidek saylov oldidan juzʼiy ibodatlar bilan oʻzlarini Islomiy shaxs qilib koʻrsata boshlashdi.

Ulamolarimiz esa, ummatga murojaat qilib, Islomiyroq koʻrinishdagi birorta talabgorni saylash vojib, deb fatvo bera boshlashdi. Ular, “Musulmon odam dinimiz, vatanimiz, jamiyatimiz va millatimiz faravonligiga befarq boʻlmasligi kerak” degan asosdan kelib chiqib gapirishyapti. Aslida bu notoʻgʻri pozitsiya emas. Yaʼni Musulmon odam oʻzi yashab turgan muhitning faravonligidan befarq boʻlishi ulkan gunoh hisoblanadi. Lekin vaziyatlarning farovonligida iymoniy muhit ustuvor boʻlishi shart. Yaʼni, biror voqelikka baho berishda yoki uni isloh qilishda holat yoki voqelikning oʻzi asos boʻla olmaydi. Har bir islohot faqat sharʼiy asoslar bilan oʻz yechimini topishi kerak. Vaholangki Qirgʻizistonda borayotgan prezident saylovi kufr programmalari asosida boryapti. Buni anglab olish uchun hatto olim boʻlishning ham hojati yoʻq. Ulamolar saylovga chaqirayotgan partiyalar yoki siyosiy shaxslarning barchasi dinni hayotdan ajratish kerak degan aqida asosidagi demokratik printsiplarni koʻtarib chiqishyapti. Bu talabgorlar hatto Islomni asos qilaman deganlarida ham, programmalari kufr bilan murosa asosiga qurilgan ekanligi kundek ravshan.

Demak, ummatni bir tomonga yetaklay olish quvvati yoki salohiyati berilgan Islomiy shaxslar, bu Olloh tomonidan vaqtincha berilgan amonatni suisteʼmol qilishlari gunohi kabira boʻladi. Ular ortidan ergashib borayotgan omi odamlarning gunohi ham oʻsha shaxslar zimmasiga yuklanib qolishi mumkin. Sizlar oʻzingizni qandaydir dunyoviy manfaatingizni deb, bir soʻzingiz bilan Musulmonlarni kufr partiyalariga bogʻlab bermoqchi boʻlyapsiz! Bu harakatlaringizni oqlash uchun oʻz pozitsiyalaringizni qandaydir Islomiy soʻzlar bilan quvvatlamoqchi boʻlib, Islomiy fiqh usuliga yaqinlashmaydigan dalillar bilan oqlanmoqchi boʻlyapsiz! Kufr ishlariga ur toʻqmoq boʻlishlari uchun Musulmonlarni siyosiy iflos oʻyinga tortishingiz tarix sahifalarida yomon satrlar bilan yozilib qolishingizga sabab boʻlishi mumkin.

“Kufr sistemasidan Islomiy manfaatlarimizni himoya qilishimiz kerak-ku, jamiyatga beparvo boʻlish pozitsiyasiga chaqirayapsizlarmi?” degan savol berishinglar muqarrar. Yoʻq, biz beparvo boʻlishga chaqirmaymiz, aksincha faol boʻlishga undaymiz. Lekin jamiyatning farovonligi kufr yoʻli bilan yoki kufr hamkorligida yoxud harom asoslar vositasida amalga oshirilishi mumkin emas. Chunki jamiyat ham, voqelik ham bizning ixtiyorimiz, tasarrufimiz yoki qoʻl ostimizda emas. Bunday oʻylash, yaʼni dunyo hayotimiz oʻz qoʻlimizda, oʻz ixtiyorimizda deb fikr yuritish demokratiya aqidasining asosidir! Biz esa, dunyo hayotimiz Ollohning iznida, ixtiyorida, tasarrufi ostida, biz uning ixtiyorini amalga oshirib berishdagi bir vositachi boʻlishimiz mumkin deb eʼtiqod qilamiz. Shuning uchun Musulmon odam faqat Ollohga tavakkul qilib, undan nusrat kutib, har bir harakatini u koʻrsatib bergandek amalga oshirishga majbur deb bilamiz. Baʼzi paygʻambarlar shu Ilohiy tariqatni oʻzgartirishga rozi boʻlmay, kufr bilan murosa qilishdan Ollohdan taqvo qilib, qariyb ming yil daʼvat yoʻlida mashaqqatlar chekishdi. Ularning birortasi ham oson va yaqin yoʻlni qidirishmadi. Chunki har bir voqedan tasirlangan nosharʼiy yoʻl kufrga olib boradi. Kufr bilan murosa asosidagi kelishuv yoki hamkorlik, yaʼni kufr bilan Islomni aralashuvi Islom emas, kufr deb eʼtibor qilinadi.

Shuning uchun biz, Hizb ut-Tahrir – Qirgʻiziston nomidan siz ustoz ulamolarimizni kufr tuzoqlaridan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz. Biz Islomiy siyosiy Hizb ekanligmizdan kelib chiqib, sizlarni siyosiy Islomiy pozitsiyalarga yoʻllab boramiz. Oʻz navbatida sizlar Islomiy ummat vakillarini Islomiy ilm va shariy hukmlar bilan yoʻnaltirib borayotganingizni qadrlaymiz! Lekin har birimiz ikkinchi tomonni doim muhosaba va Islom hovlisi ichida nazorat qilib borishimiz vojib. Chunki har bir Islomiy shaxsiya oʻta qadrli. Kufr ham shuni bilgan holida bizni bir birimizdan ajratib, oʻrtaimizga nizo urugʻini sepib, oramizdan ulamolarimizni oʻz tomonlariga ogʻdirib olishmoqchi boʻlishyapti. Islom binosi uchun har bir Islomiy harakat oʻta muhimdir! Olamiy Islomiy gʻalaba faqat shu strotegiya asosidagi mafkura bilan harakatlanish ortidan keladi, insha Olloh.

17.08.2017

Hizb ut-Tahrir – Qirgʻiziston matbuot boʻlimi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.