Shavkat Mirziyoyev keyingi haftada Qirgʻizistonga borishi kutilmoqda

805
0

Shavkat Mirziyoyev keyingi haftada Qirgʻizistonga borishi kutilmoqda

 Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sentyabr oyi boshida Qirgʻizistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirgʻizistondagi mahalliy nashrlar mamlakat prezidenti Almazbek Atambayevga asoslanib xabar berishmoqda.

 Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Oʻsh viloyatida xalq vakillari bilan uchrashuvda keyingi haftada Oʻzbekiston prezidenti tashrifi kutilayotgani haqida maʼlum qilgan.

 “Yaqinda mamlakatimizga Oʻzbekiston bosh vaziri kelgandi. Bu Oʻzbekiston bosh vaziri 26 yil ichida ilk bor mamlakatimizga kelishi boʻlgandi”, – deya eslatib oʻtgan Atambayev.

 Shunindek Atambayev chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha ishlar davom ettirilayotganini qoʻshimcha qilgan

 “Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradagi uchastkalarning 84 foizida bu boradagi ishlar yakunlanib, masalalar hal etildi”, – degan Atambayev.

 Maʼlumki, oʻtgan haftada Bishkekda boʻlib oʻtgan ikki davlat bosh vazirlari uchrashuvida Sooronbay Jeenbekov prezident Almazbek Atambayev sentyabr oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgani haqida maʼlum qilgan edi. Keyinroq Shavkat Mirziyoyev ham Qirgʻizistonga tashrif buyurishi haqida xabar berildi.

Turkiston: 

Oʻzbekiston hukumati Qirgʻizistonda yuz berayotgan prezident almashuvi ortidan kutilayotgan jarayonlarga etiborsiz emas albatta. Lekin asosiy eʼtiborli joyi uning bu jarayonda tutgan siyosiy pozitsiyasidir.

Oʻzbekiston avvalambor Qirgʻizistonda siyosiy xotirjamlikni ushlab qolishdan manfaatdor. Chunki Mirziyoyevning Oʻzbek elitasi ichida olib borayotgan ichki siyosati va mustabid tuzumdan qolgan rejimga qarshi olib borayotgan siyosiy reformalari uchun, qoʻshni davlatlaridagi xavfsizlik va xotirjamlik holati oʻta muhimdir. Negaki Oʻzbekistondagi Karimov shakllantirgan boshqaruv tizimi har bir tarmoqni faqat xavfsizlik sistemasi asosiga bogʻlagan holda shakllantirilgan. Shundan kelib chiqib, Oʻzbekistonning boshqaruv tizgini deyarli Inayatov boshchiligidagi xavfsizlik xizmati taʼsiri ostiga oʻtib qolgan deyish mumkin. Shunga koʻra, mamlakat ichkarisida hamda mintaqada roʻy beradigan har qanday xavfli vaziyatlar faqat Mirziyayev kurashayotgan xavfsizlik tizimi uchun qoʻl keladi va uning taʼsir quvvatini yanada kuchaytiradi.

Qirgʻizistondagi vaziyat esa, muxolif kuchlar kanchalik kuchli va elita vakillarining koʻpchiligini oʻz tomoniga ogʻdirib olishganiga qaramay, ularning aksariyat qismi Rossiyaning qoʻllovidan umidvor boʻlib turishibdi. Chunki Gʻarb sistemasining Qirgʻizistonga eʼtibori juda kam va taʼsir quvvati ham oʻta zayifdir.

Rossiya esa, hozirgacha Atambayev oʻziga oʻrinbosar deb ilgari surib kelayotgan Sooronbay Jeenbekovni qoʻllashga vaʼda berib kelyapti. Shuning uchun Oʻzbekiston ham hotirjam pozitsiya sifatida Rossiya bilan parralel yurishni ixtiyor qildi. Chunki mintaqalardagi har qanday inqilobiy yoki boshqa xalq toʻpalonlarining barchasi faqat ikki lagerga boʻlingan xalqaro kuchlarning manfaat talashuvi ortidan yuzaga keladigan kurashlarning kasofatidan boshlanadi. Oʻzbekiston esa, xalqaro siyosatga taʼsir oʻtkaza oladigan davlatlar safiga kirmaydi. Shuning uchun u Rossiyaning ixtiyoriga teskari borishda hech qanday manfaat topa olmasligini juda yaxshi biladi.

 Bu safar Gʻarb kuchlarinining Qirgʻiziston ichki siyosatidagi keskin pozitsiyasi deyarli koʻrinmayapti. Buni, Tekebayevning 8 yilga qamalishi bilan inson huquqlari va fuqarolik huquqlari oyogʻ osti qilinayotgan bir paytda Gʻarb mashinasining asosiy quroli boʻlgan “inson haq huquq himoyachilar”ining deyarli ishtiroki koʻrinmaganidan bilib olish mumkin.  Demak maydonda faqat Rossiyaning manfaati qoldi.

Qirgʻiz prezidenti taxtdan ketishi oldidan Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga kelishi, u Atambayev komandasini taxtda qoldirish tarafdori ekanligiga dalolat qiladi. Chunki uning bu tashrifidan islohiy tadbirlar kutish mumkin emas. Negaki saylov yakuni nima bilan tugashi aniq emas. Lekin Atambayevning prezidentlikdan ketishi aniq.  Demak Mirziyoyev Qirgʻiz elitasiga Atambayev qoldirmoqchi boʻlayotgan siyosiy guruhri (rejim)ni qoʻllayotganiga ishora qilib, uni obroʻyini kuchaytirib qoʻymoqchi xolos.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.