AQSh Afgʻonistonga qoʻshimcha 4 ming askar yuboradi

815
0

AQSh Afgʻonistonga qoʻshimcha 4 ming askar yuboradi

 OAV bergan xabarga koʻra, AQSh prezidenti Donalьd Tramp Afgʻonistonga yana 4 ming harbiy xizmatchini yuborishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.

 Taʼkidlanishicha, Tramp Afgʻonistondagi vaziyatni harbiy yoʻl bilan barqarorlashtirishga urinayotgan Amerikaning uchinchi yetakchisi boʻladi.

Donalьd Tramp shu munosabat bilan AQSh xalqiga murojaat qilgan.

 Murojaatda Tramp Amerikaning Afgʻonistonda faoliyat yuritayotgan askarlari vakolatlarini kengaytirish terrorizmga samarali kurashda muhimligi haqida soʻz yuritdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

 “Biz Afgʻonistonda zoʻravonlik va tartibsizliklar urugʻini sochayotgan  terrorchilar va jinoiy toʻdalarga zarba berish uchun Amerika qurolli kuchlari vakolatlarini kengaytiramiz”,- degan Tramp.

 Shu bilan birga, uning taʼkidlashicha, Amerika qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqish boʻshliq hosil qiladi. Bundan terrorchilar unumli foydalanishadi.

 AQSh davlat rahbari, shuningdek, Pokistonni terrorchilarga boshpana berayotganlikda ayblagan.

 “Pokiston tartibsizlik, zoʻravonlik va terror agentlariga tez-tez boshpana bermoqda”,- degan telemurojaatida.

 Trampning taʼkidlashicha, Islomobod siyosati tahdid uygʻotmoqda, chunki Hindiston va Pokiston “yadro quroliga ega davlatlar hisoblanadi va ularning munosabatlari mojaro darajasigacha rivojlanish ehtimoli bor”.

Turkiston: 

Tramp, “biz endi bu yurtlarga demokratiyani eksport qilishni toʻxtatamiz” dedi.

Demak AQSh demakratiya mafkurasi vositasidagi kurash uslubidan voz kechamiz demoqchi. Toʻgʻrirogʻi mafkuraviy kurashda Islom mafkurasiga magʻlub boʻlganini tan olmoqda!

Harbiy bosqinchilik esa, mustamlaka qilishning eng zaif va oxirgi chorasiz uslubi hisoblanadi. Mafkurasini olib kira olmagan davlat boshqa davlatni harbiy quvvati bilan bosib turishi, uni xuddi minani oyogʻi bilan bosib turgan odam singari tinkasini qurutib boraveradi. Bu holni  tarixda Avgʻonistonni bosib turgan bir qancha bosqinchilar misolida koʻrdik.

Kufr mafkuralari mabda sifatida qulab, yoʻqolib boryapti! Kufr olami buni harbiy quvvati orqali bosqinchilik qilib borish yoʻli bilan butun dunyodan yashirishga urinyapti. Shuning uchun Amerikadagi yetakchi qatlam AQSh siyosati boshiga Tramp singari tuturuqsiz va siyosat olamida obroʻysiz boʻlgan shaxsni prezident qilib olib keldi. Endi AQSh maʼmuriyati, oʻzining xuddi Tramp singari uyatsiz, yolgʻonchi, buzuqi, ikkiyuzlamachi va tuturuqsiz basharasini dunyoga namoyon qilmoqchi boʻlyapti. Uning bu “Tramplashgan” siyosati muvaffaqqiyatsizlikka uchrasa, osongina Trampni impichment yoki boshqa yoʻllar bilan prezidentlikdan olib, boshqasini saylab, mamlakat siyosatini oʻzgartirib yuborishni koʻzlayapti. Ilgari xuddi shu singari siyosat bilan prezidentlikka kichik Bushni tayinlashgan edi. U ham harbiy quvvat vositasida Islom va musulmonlarga qarshi koʻp qirgʻinbarot harakatlar olib borib, tarix satrlarining qora roʻyxatiga yozilib qoldi. AQSh Tramp vositasida yana Avgʻonistonda keskin vaziyatlar paydo qilmoqchi.

Birinchi maqsadi Shimoliy Koreyani jumbushga keltirish orqali Xitoyning gʻarbiy tomonlarida suv harbiy bazalaridagi quvvatlarini kuchaytirib olish boʻlsa, ikkinchisi Xitoyning sharqiy tomonidan Avgonistonda keskinlik paydo qilish orqali mintaqadagi harbiy quvvatlarini kuchlaytirib olishdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.