Tramp Afgʻoniston boʻyicha yangi qaror qabul qildi

Tramp Afgʻoniston boʻyicha yangi qaror qabul qildi

 “RIA Novosti” xabariga koʻra, AQSh prezidenti Donalьd Tramp muhim qarorlar, jumladan, Afgʻoniston boʻyicha ham qaror qabul qilganini maʼlum qilgan. Maʼlumki, AQSh soʻnggi vaqtlarda Afgʻonistonda keyingi strategiyasini aniqlashtirib olishga harakat qilib kelmoqda.

“Kemp-Devidda isteʼdodli generallarimiz va harbiy yetakchilarimiz bilan muhim kunni oʻtkazdim. Koʻplab qarorlar qabul qildik, shu jumladan, Afgʻoniston boʻyicha ham”,- deb yozgan Tramp Twitterda. Shu bilan birga, AQSh prezidenti qanday qarorlar qabul qilingani haqida aytib oʻtmagan .

 AQSh prezidenti kuni kecha Afgʻoniston va boshqa masalalar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.

Oxirgi vaqtlarda Tramp mamlakatning Afgʻoniston boʻyicha keyingi strategiyasini aniqlashtirib olishga harakat qilmoqda. Amerika Afgʻonistonda bir necha ming kishidan iborat kontingentni qoʻllab-quvvatlab keladi. Ilgariroq AQSh harbiy rolini oshirish, Afgʻonistondan qoʻshinlarni toʻliq olib chiqib ketish yoxud harbiy masalalarni xususiy kompaniyalarga oʻtkazish singari variantlar koʻrib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.