Putin AQShning 755 diplomatini Rossiyadan chiqarib yuborishga qaror qildi

662
0

Putin AQShning 755 diplomatini Rossiyadan chiqarib yuborishga qaror qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiyadagi AQSh diplomatlarining sonini kamaytirishga qaror qildi. Rossiyaning 24-televizion kanaliga intervyu bergan Putin AQSh vakolatxonasida faoliyat yuritayotgan 755 nafar AQSh diplomatidan oʻz faoliyatini toʻxtatish va mamlakatni tark qilishni talab qildi.

“AQShning Rossiyadagi diplomatlari soni 755 kishiga qisqartirilmoqda. Mana shunda Rossiyaning AQShdagi diplomatlari soni bilan bir xil boʻladi. Yaʼni har ikki tarafda ham 455 kishi boʻladi”, “Boshqa chora-tadbirlar yoki diplomatik muassasalarning ishlari boʻyicha bu raqamning kam yoki koʻpligiga kelsak, bu koʻrsatkich ancha ortiqchadir. Chunki mingdan ortiq diplomatlar va texnik xodimlar hozirda Rossiyada ish yuritmoqda. Bulardan 755tasi oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur. Chunki bu juda koʻpdir”,  dedi “Vesti.ru”ga intervyu bergan Putin.

Shuningdek Rossiya rahbari oʻz bayonotida “(Rossiya-AQSh munosabatlarida) vaziyatning oʻzgarishiga umidimiz bor edi. Biz uzoq vaqt davomida bir necha narsalarning yaxshilanishini kutdik. Biroq koʻrinib turibdiki, yaqin oʻrtada biror bir oʻzgarish boʻlmaydi. Hech narsani javobsiz qoldirmasligimizni koʻrsatib qoʻyishning vaqti keldi”, deya qoʻshimcha qildi.

Putinning bu harakati Vashingtonning Rossiyaga qarshi yangi jazo choralari uchun javob sifatida baholanmoqda. AQSh Senati oʻtgan juma kuni Rossiyaga qarshi sanktsiyalar qoʻllash qarorini tasdiqlagan va qaror amalga oshrilishini eʼlon qilgan edi.

AQSh maʼmuriyati Putinning mazkur qarorini tanqid qildi. AQSh Davlat departamentining vakili Putinning qarorini “asossiz va qaygʻuli qadam”, deya atab, Voshington bunday qisqartirishlar oqibatlari va bundan keyingi tashlanadigan qadamlarga oʻz munosabatini bildirishini taʼkidladi.

Turkiston: 

Rossiya (Putin), “aynan AQSh rozi boʻlarmikin, Gʻarbning Rus rejimiga qarshi qoʻygan sanktsiyalaridan Moskvani qutqarib qolarmikin, umuman olganda rejimni saqlab qolarmikin”, deb umid qilgan edi. Lekin unday boʻlmadi.

Natijada Putin Rossiyani iqtisodiy, siyosiy, saqofiy va harbiy tomonlama jar yoqasiga olib kelib qoʻydi. Rossiyaning AQSh roziligi uchun Suriyada olib borgan qirgʻinbarot urushi Moskva  bilan islomiy olam oʻrtasida ichki va tashqi jihatdan oʻta keskin holatni paydo qildi. Rejim vakillari boʻlgan aligarxlarning ochkoʻz siyosatlari esa, Rossiyani iqtisodiy boʻhron holatiga olib keldi. Xalqaro siyosat olamida, Rossiya deyarli yetakchi davlatlar safidan tushib, agrar yaʼni xom ashyo sotib tirikchilik qiluvchi uchinchi davlatlar qatoriga tushib boryapti.

Gʻarb sistemasi Rossiyani toʻla mustamlaka qilish uchun harakat boshladi. Navalniy bosh boʻlib olib borayotgan rejimga qarshi norozilik fikriy yoʻnalishi Gʻarb tomonidan qoʻllovga olingan. Keyingi yilgi saylovga qadar ish shu ketuvda davom etsa, Putinning magʻlubiyati tayin. Shuning uchun Putin hozirdan Gʻarbning saqofiy va moliyaviy dastaklov mexanizmidan mamlakatini tozalash ishini boshlamoqchi. Chunki Amerika diplomatlari, matbuot xizmatchilari va inson huquq himoyachilarining katta qismi MRB (TsRU) xizmatchilari yoki ularga tobe boʻlgan ish yurutuvchilardir. Lekin bu harakati ham Putinning rejimini saqlab qolishi amri maholdir!   

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.