Germaniya TIV Turkiyaga nisbatan siyosat oʻzgarganini maʼlum qildi

759
0
urn:newsml:dpa.com:20090101:160122-99-140309

Germaniya TIV Turkiyaga nisbatan siyosat oʻzgarganini maʼlum qildi

  Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabrielь tashqi siyosatda GFRning Turkiyaga nisbatan munosabatlari oʻzgarganini maʼlum qildi.

  Uning aytishicha, kantsler Angela Merkelь va Sotsial-demokratik partiya rahbari Martin Shulьts bilan maslahatlashilganidan soʻng bu qarorga kelingan.

  Gabrielning soʻzlariga koʻra, Anqara tomonidan har gal munosabatlarning yomonlashuvini Germaniya Turkiya rasmiylari aql-idrok bilan harakat qilishiga umid bildirgan holda “bosiqlik bilan qabul qilishga harakat qilgan”. Biroq har gal Istambulning hatti-harakatilaridan, ayniqsa soʻngi yillarda  Berlinning “hafsalasi pir boʻlgan”.

  Vazirning soʻzlariga qaraganda, Germaniyaning Turkiyaga sarmoyaviy kreditlari va iqtisodiy yordamlari masalasidagi, xususan kreditlarga davlat kafolatini berish talablari qayta koʻrib chiqiladi. Uning aytishicha, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Turkiyaning YeIga kirishiga tayyorgarlik masalasida koʻrsatadigan yordamlari ham qayta koʻrib chiqilishi kerak. Maʼlumki, bu kabi masalalarni hal qilishda Germaniya YeIda salmoqli kuchga ega.

  Bundan tashqari, Germaniya TIV Turkiyaga bormoqchi boʻlgan GFR fuqorolari xavfsizligi borasidagi tavsiyalarni ham keskinlashtiradi. “Turkiya bilan munosabatlarni avvalgidek rivojlantrib boʻlmaydi”,- dedi Gabrielь. Uning bu kabi munosabati yaqinda Istambulda Germaniya fuqorosi Peter Shtoydtner va yana besh nafar xuquq himoyachisining hibsga olinganidan keyin paydo boʻldi. Maʼlumki Turkiya rasmiylari hibsga olinganlarni terrorizmni qoʻllab-quvvatlashda ayblamoqda.

  Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻonning matbuot kotibi Ibragim Kalin bayonot berib “Germaniya TIV bayonoti bu mamlakatda yaqinlashayotgan saylovlar bilan bogʻliq boʻlib ichki auditoriyaga moʻljallangan”ligini aytdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.