Indoneziya hukumati Hizb ut-Tahrirni taʼqiqladi

783
0

Indoneziya hukumati Hizb ut-Tahrirni taʼqiqladi

Indoneziya hukumati butun dunyo musulmonlarining boshini birlashtiruvchi Xalifalik davlatini qayta tiklashga chaqiradigan Hizb ut-Tahrir uyushmasini taʼqiqlaganligini eʼlon qildi. Bunga Hizbning shiorlari davlat mafkurasiga zidligi sabab qilib koʻrsatilmoqda. Adolat va inson huquqlari boʻyicha bosh kotib Freddi Harining taʼkidlashicha, Xalifalik davlatini tiklash uchun bir qancha kompaniyalar tashkil qilgan Hizb ut-Tahrir uyushmasi Indoneziyaning demokratik birligini buzganligi sababli chorshanba kuni taʼqiqlangan.

Hizb ut-Tahrirning Indeniyazada taʼqiqlanishi davlat prezidenti Joko Vidodoning hukumat vakillariga bir qancha imtiyozlar beruvchi qarornomaga binoan amalga oshirildi. Vidodo oʻtgan hafta “Xalqaro tushunchaga va Indoneziyaning ilmoniy-demokratik vujudiga zid mafkuraga ega boʻlgan guruhlarni taʼqiqlash haqidagi qarornomaga imzo chekkan edi. Prezidentning mazkur qarori davlat masʼullariga ilmoniy-demokratik mafkuraga zid Islomiy yoʻnalishda harakat olib boradigan uyushmalarni taʼqiqlash imkonini beradi.

Hizb ut-Tahrirni taʼqiqlash qarori poytaxt Jakartaning nasroniy hokimi Ahok Tjahaja Purnamaning Islomni haqorat qilganligi sababli ikki yil qamoq jazosi olishi ortidan yuzaga keldi. Hizb ut-Tahrir boshchiligida oylab davom etgan namoyishlar hukumatni Jakarta hokimini javobgarlikka tortishga majbur qilgan edi.

Oʻtgan may oyida Indrneziya hukumati Hizb ut-Tahrirning faoliyati davlatning ilmoniy-demokratiyasiga mos emasligini va jamoatchilik oʻrtasida boʻlinish paydo qilayotganini roʻkach qilib, uni taʼqiqlash rejasi borligini eʼlon qilgan edi.

Xalifalik davlati qulatilgandan soʻng parchalanib ketgan davlatchalarni qayta bitta davlat ostida birlashtirish uchun tinimsiz harakat olib borayotgan Hizb ut-Tahrirni “jamoatchilik oʻrtasida boʻlinish paydo qilish”da ayblash demokratiyani daʼvo qilayotganlarning oʻzlari oʻz qadriyatlarini inkor etishini anglatadi. Chunki demokratik asoslarga koʻra, zoʻravonlikka qoʻl urmagan holda har kim oʻz fikrini ifoda etishga haqlidir. Ammo gap Islom yoki daʼvat ustida ketganda esa, demokratiyadan koʻz yumiladi, uylarga bostirib kiriladi, musulmonlar qamoqqa olinib, bir necha yillarga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Turkiston: 

Indoneziya oʻz siyosatini Islom va musulmonlarga eng yaqin asoslarga kurib, dunyoda Islom bilan demokratiyani uygʻunlashtirib yashash va siyosat yurgizish mumkin ekanini isbotlash maqsadida siyosat olib borar edi! Yaʼni, Indoneziya Islomni niqob qilib olgan kapitalistik davlat boʻlib, Islom bilan kufrni murosasozlik bilan jamiyatda hukm sura olishini isbotlamoqchi boʻlgan davlat edi.

Lekin Hizb ut-Tahrir kufr bilan murosa asosida qurilgan har qanday siyosatni islomiy deb eʼtibor qilmaydi. Kufr bilan barcha murosasozlik asosidagi boshqaruv bitimlarini harom deb tabanniy qilgan. Shuning uchun Hizb koʻtarib chiqayotgan islomiy mabdaiy mafkura bilan, Indoneziyaning qalbaki, islomiy qilib koʻrsatishga urinayotgan, demokratiya mafkurasiga asoslangan kapitalistik boshqaruv tizimi oʻrtasida ertami kech keskinlik paydo boʻlishi kutilayotgan tabiiy hodisa edi. Islomga oʻrab jamiyatga olib kirib kelinayotgan kufr mafkurasi va siyosati bilan Hizb ut-Tahrirni aldash mumkin emas! Chunki u islomiy, siyosiy, mabdaʼiy uyushmadir. Shuning uchun, Islom hayotimizga qaytishidan avval, bu qarama qarshilik va mafkuraviy toʻqnashuv boʻlishi muqarrardir.  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.