Avtohalokatda halok boʻlganlarning oila aʼzolariga taʼziya

893
0

Avtohalokatda halok boʻlganlarning oila aʼzolariga taʼziya

 “24.kg” sayti xabar qilishicha, “Bishkek-Oʻsh” avtomobil yoʻlida yuz bergan jiddiy yoʻl-transport hodisasi natijasida sakkiz kishi halok boʻldi.

 Sakkiz kishi olingan jarohatlar tufayli voqea joyida halok boʻlgan: toʻrt nafar erkak, uch ayol kishi va uch yoshli qizcha.

Yana uch inson turli jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan.

 Xabarga koʻra, halok boʻlganlardan besh kishining shaxsi aniqlangan. Qolgan uch kishining shaxsi aniqlanmoqda. Halok boʻlganlar:

– Ermekbay Junusmamat oʻgʻli, 1994-yili tugʻilgan. Oʻsh viloyati Oʻzgan tumanidan;

– Berdibekov Shamshidin Kamalovich, 1970-yili tugʻilgan. Oʻsh viloyati Alay tumanidan;

– Doʻstmatova Odinaxon Oʻktamovna, 1973-yili tugʻilgan. Oʻsh viloyati Qorasuv tumanidan;

– Asanova Malika Ergeshovna, 2014-yili tugʻilgan. Oʻsh viloyati Oʻzgan tumanidan;

 – Torogeldiyeva Gүlnara Kalilovna 1965-yili tugʻilgan. Oʻsh viloyati Qoraqulja tumanidan.

 Biz, Turkiston sayti xodimlari Qirgʻizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari nomidan Alloh subhanu va taolodan mazkur avtohalokatda halok boʻlgan vatandoshlarimizning Oxiratlarini obod qilishini, ularni Oʻz jannatlari bilan rizqlantirishini soʻrab, ularning oila aʼzolari va yaqinlariga oʻz taʼziya va hamdardligimizni izhor qilamiz. Ularga Allohdan sabru jamil, ajru ajim tilagan holda jarohatlanganlarni tez kunda sogʻayib, oʻz yaqinlari bagʻriga qaytishini tilab qolamiz.

 “Ular musibat yetganda: “Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, derlar”. (Baqara. 156)

 Turkiston.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.