Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni kuchaytirmoqda

850
0

Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni kuchaytirmoqda

  2017 yilning 17 iyul kuni “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun Bryusselga tashrif buyurgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqi komissiyasining xalqaro hamkorlik va rivojlanish boʻyicha bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi va Yevropa tashqi faoliyat xizmatining bosh kotibi Helga Shmidt bilan uchrashdi.

 14 iyul kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvning davomi sifatida tomonlarning hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyorligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston va YeI oʻrtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.

  Muzokaralar yakuniga koʻra Abdulaziz Kamilov va Stefano Manservisi “Bogʻdorchilikni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi moliyaviy bitimni imzolashdi.

  Imzolangan kundan boshlab kuchga kiruvchi hujjat Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash uchun Yevroittifoq tomonidan 21,5 mln yevro miqdoridagi grant mablagʻlari ajratilishini nazarda tutadi.

Turkiston:

Yevropa Ittifoqi davlatlari, oxirgi oʻn yillikdan buyon Oʻrta Osiyoning tabiiy bogʻdorchilik va dehqonchilik sistemasini yoʻqotib boryapti. Sabzavod va poliz ekinlari allaqachon Yevropa urugʻchilik tizimiga bogʻlanib, bu yurtlardagi urugʻchilik tarmogʻi deyarlik toʻxtab qoldi. Dehqonlar faqat tashqi davlatlardan kelayotgan har xil genetik va yana boshqa turli usullar bilan oʻzgartirilayotgan urugʻlarga koʻnikib boʻldi. Oʻzbekistonda esa, oxirgi oʻn yillikdan buyon bogʻdorchilik ham Yevropa koʻchatlari bilan almashtirib borilyapti. Bu koʻchatlar oʻzining vaqtinchalik imkoniyatlari bilan, ota-bobomizdan qolgan tabiiy toza va shifobaxsh sabzavod va mevali daraxtlarni bogʻlarimizdan surib chiqarmoqda. Bu albatta koʻpchilik bilimdon va dono mutaxasis bogʻdorchi olimlarning noroziligiga qaramay, ularning koʻz oʻngida davlat siyosati va kelishimlari ostida majburan olib borilayotgan loyihadir.

Bogʻdorchilik tarmogʻi ham boshqa tarmoqlar singari olamiy boshqaruv sistemasi tomonidan “globallashtirish” siyosatiga boʻysundirilmoqda. YeIning bu tarmoqqa millionlagan investitsiya yotqizayotgani ortida juda katta iqtisodiy manfaatlar yotadi. Ular bizlarni oʻzlarining poliz urugʻlariga oʻrgatib, mevali koʻchatlari bilan bogʻlarimizni egallab olishgach, dehqonchilik va bogʻdorchilik tarmogʻimiz parvarish uchun mutloq ularning texnologiyasiga, miniral oʻgʻitlariga va boshqa kerakli unsurlariga bogʻlanib qolabi. Bundan tashqari Rossiya singari juda katta bozorlar Yeropa polizlaridagi genetik oʻzgarilgan mahsulotlardan koʻra Oʻrta Osiyoning tabiiy toza mahsulotlarini ustun qoʻyishadi. Yuqoridagi bizning tabiiy toza bogʻdorchilik tarmogʻimizni oʻzgartirishga qaratilgan Yevropaning harakatlari zimnida shunaqangi bir necha tomondan koʻzlayotgan iqtisodiy manfaatlari va siyosiy maqsadlari yotadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.