Oʻzbekiston va Qirgʻiziston IIVlari oʻzaro hamkorlikni mustahkamlamoqchi

747
0

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston IIVlari oʻzaro hamkorlikni mustahkamlamoqchi

 “Sputnik” sayti xabariga koʻra, Oʻzbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligida vazir oʻrinbosari polkovnik Akromxon Boboxonov Qirgʻiziston respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari militsiya general-mayori Kursan Asanov bilan uchrashdi.

 Ushbu tashrif Oʻzbekiston ichki ishlar organlarida oʻtkazilayotgan tub islohotlarni oʻrganish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tizimga joriy etish yuzasidan tajriba almashish maqsadida mehmonlar taklifiga asosan tashkil etildi.

 Uchrashuvda A.Boboxonov respublika ichki ishlar organlarida oʻtkazilayotgan tub islohotlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tizimga joriy etilishi yuzasidan mehmonlarga maʼlumot bergan. K.Asanov ham oʻz oʻrnida Qirgʻiziston ichki ishlar vazirligi tizimlarida oʻtkazilayotgan islohotlar haqida oʻrtoqlashdi. Tomonlar ushbu yoʻnalishda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini mustahkamlash, oʻzaro tajriba almashish doirasida fikr almashdilar.

 Suhbat davomida K.Asanovni mahallalarda tashkil etilgan ichki ishlar organlari tayanch punktlarining faoliyati qiziqtirdi. Qirgʻiziston respublikasi delegatsiyasi aʼzolari Toshkent shahridagi ichki ishlar boʻlimlari va tayanch punktlarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.