Polьsha Aqshning “Patriot” raketalari bilan oʻzini Rossiyadan himoya qilmoqchi

607
0

Polьsha Aqshning “Patriot” raketalari bilan oʻzini Rossiyadan himoya qilmoqchi

 Polьsha Mudofaa vaziri Antoni Macherevichning maʼlum qilishicha, Polьsha milliy Mudofaa vazirligi va Pentagon oʻrtasida Varshavaga “Patriot” havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib berish boʻyicha bitim imzolandi. Bu haqida “RIA Novosti” xabar qildi.

 Hujjat Amerika prezidenti Donalьd Trampning Varshavaga tashrifi davomida imzolangan.

 Macherevichning aniqlik kiritishicha, Polьshaga yetkaziladigan majmualar eng soʻnggi oʻt ochishni boshqarish tizimi — IBCS bilan jihozlanadi. Raketalar 2022 yildan boshlab yetkazila boshlaydi. Varshava sakkizta “Patriot” uchun 7,5 milliard dollar  ajratishni rejalashtirgan.

 Polьsha Mudofaa vazirining soʻzlariga koʻra, ushbu majmualar xaridi Polьshani “har qanday dushman”dan himoya qilish, yaʼni mamlakat xavfsizligini taʼminlash uchun xizmat qiladi va Rossiya “Iskander”lariga qarshi samarali qarshilik koʻrsatish imkonini beradi.

Varshava hukumati ilgariroq NATO askarlari va Amerika havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari oʻz hududida doimiy boʻlishiga umid bildirgan edi.

Xabarga koʻra, rasmiy Moskva “Rossiya NATOga aʼzo davlatlarning birortasiga hech qachon hujum qilmasligi”ni muntazam ravishda takrorlab kelishiga qaramay, Varshava, Boltiqboʻyi davlatlari, xususan, Polьsha uchun “Rossiya tomondan boʻladigan xavf” haqida takrorlashdan charchamayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.