General Danford kutilmagan tashrif bilan Afgʻonistonga keldi

734
0

General Danford kutilmagan tashrif bilan Afgʻonistonga keldi

  AQSh Qurolli kuchlari Shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi general Djozef Danford avval eʼlon qilinmagan tashrif bilan  Qobulga keldi.

  Bir necha kun davom etadigan tashrif mobaynida  general Djozef Danford Afgʻoniston rasmiylari, shuningdek, amerikalik harbiy rahbarlar va kaolitsiya kuchlarining boshqa qoʻmondonlar bilan uchrashadi.

  Xalqaro kaolitsiya kuchlari 2014 yilning dekabi oyida Afgʻonistondagi jangavor harakatlarini toʻxtatgan edi. Ammo xorijiy harbiylarning Afgʻonistonni tark etishi mamlakatdagi xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatni izdan chiqarishi mumkin edi.

  Amerika OAVlarining xabar qilishicha, AQSh mudofaa vaziri Djeyms Mettis xukumat kuchlari va toliblar oʻrtasidagi harbiy harakatlardagi, oʻz iborasi bilan aytganda “boshi berk koʻcha”ni bartaraf etish maqsadida, yana 3000–5000 nafar harbiy xizmatchini Afgʻonistonga yuborishni rejalashtirmoqda.

  Ayni damda Afgʻonistonga 8400ga yaqin AQSh harbiy xizmatchilari joylashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.