Ey aziz Ummat, Ramazon hayitingiz muborak boʻlsin!

867
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Ey aziz Ummat, Ramazon hayitingiz muborak boʻlsin!

Butun olam Parvardigori Allohga hamd boʻlsin. Sarvari olam Muhammad Mustafoga, u kishining ahli oilalariga, ulugʻ sahobalariga va qiyomat kuniga qadar ul zotga goʻzal tarzda ergashgan zotlarga salotu salomlar yogʻilsin, ammo baʼd.

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Biz Hizb ut-Tahrir Qirgʻiziston viloyati aʼzolari butun musulmonlarni, xususan Mavarounnahr musulmonlarini muborak Ramazon hayiti bilan muborakbod etamiz. Alloh Subhanahu va Taolo iymon va ixlos bilan tutgan roʻzalarimizni, qilgan ibodatlarimizni Oʻz dargohida qabul aylab, barchalarimizni Laylatul Qadrning ajriga noil boʻlgan kishilar jumlasidan qilsin. U Zot hammamizni mana shu ulugʻ bayram barakotidan nasibi roʻzi aylasin.

Bu yilgi ramazon hayitini qarshi olar ekanmiz, yurtimiz barcha sohada abgor holatga tushib qolganini guvohi boʻlib turibmiz. Zero, kapitalizm sistemasi tatbiq qilinishi natijasida yurt iqtisodi avval kuzatilmagan eng quyi darajaga tushib ketdi. Barcha musulmonlar sherik boʻlishi lozim boʻlgan umumiy mulklar hamda yurt boyliklari xorijiy shirkatlar tomonidan talon-taroj qilinmoqda. Yurtimiz tabiiy resurslarga boy boʻlishiga qaramay, odamlar kundan kunga qashshoqlashib ketmoqda.

Allohning hukmini qoʻyib, oʻzlari oʻylab topgan qonunlar asosida boshqarayotgan mamlakat rahbarlari esa, yurtimizni Rossiyaning bir federatsiyasi boʻlib qolishi uchun harakat qilishayotgandek, goʻyo. Mana, yaqindan beri, Qirgʻiziston harbiylarining Suriyaga joʻnatilishi toʻgʻrisida gap-soʻzlar chiqib qoldi. Alloh saqlasin bu ish amalga oshgudek boʻlsa, bizning musulmon qurolli kuchlarimiz Suriyadagi mazlumlarga yordam berish hamda ularning alamlarini aritish uchun emas, balki azob-uqubatlarini yanada kuchaytirish uchun safarbar qilingan boʻladi. Alloh Subhanahu va Taolo musulmonning boshqa bir musulmonga qarshi kofirlar bilan hamkorlik qilishini, ular bilan bu borada muzokaralar olib borishini qatʼiy harom qilgan. Alloh Taolo kofirlardan ogohlantirib aytadi:

“Aniqki, kofirlar sizlarga ochiq dushman boʻlgan kimsalardir” [Niso 101]

“Ey moʻminlar, moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutmanglar! Alloh uchun oʻz zararlaringizga ochiq hujjat qilib berishni istaysizmi?” [Niso 144]

Aziz moʻmin-musulmon birodarlar!

Keling, Alloh Subhanahudan soʻraylik, butun Islom Ummatini Islomda jamlab qalblarini birlashtirsin. Bizning qurolli kuchlarimiz ham shu Ummatning farzandlari ekanlar, yaxshi-yomon kunlarida musulmonlarga hamdard boʻladigan birodarlar boʻlishini, doʻstlariga koʻmak qoʻlini choʻzishda hamkorligini, dushmanlariga qarshi esa yelkama yelka bir tan boʻlib kurashishini Allohdan iltijo qilamiz. Yana iltijo qilamizki, butun dunyodagi mazlum va mazluma birodarlarimizga shu bayram xursandchiligini qalblariga singdiradigan nusratini tezlashtirsin, toki Suriya, Iroq, Afgʻoniston kabi boʻmbalar ostida Robbisidan yordam izlayotgan, Rossiya, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va boshqa zolim rejimlarini zindonlarida azob chekib Robbisiga iltijo qilayotgan, Xitoy, Birma, Kashmir va Qrimdagi kofirlarni mudhish tazyiqlari ostida Allohdan ofiyat soʻrayotgan birodarlarimiz ham bu ulugʻ bayramlarni oʻz oilalari bagʻrida, yaqinlari quchogʻida bayram sururidan bahramand boʻlsinlar. Sendan yolvorib soʻraymiz Parvardigorim, shu ulugʻ kunlarda musulmon yurtlaridagi qurolli kuchlar qoʻmondonlariga insof va tavfiq ber, Rosululloh alayhis salomga munosib Ummat boʻladigan, kofir yetakchilarini rozi qilish uchun Saudiya-Qatar boʻlib xusumatlashmaydigan, Turkiya-Iroq boʻlib urushmaydigan, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston boʻlib chegara talashmaydigan, kofir koʻtargan tashabbus ustida emas balki Robbisini soʻzini oliy qilishda bir birlariga hamkor boʻladigan xolislikni ber, Ularni musulmonlarni bitta davlat soyasida birlashtirish uchun boʻlgan daʼvatga labbay deb javob beradiganlardan qil! Bu aziz Ummatga azizligini qaytar, doʻstlari bilan mazhab yoki jamoat talashib tortishmay, bor nafratlarini Robbilari va dinlarining dushmani boʻlgan kimsalarga qaratishini nasib et! Yana Sendan moʻminni qalbiga oro beradigan va uni muammolarini eng chiroyli hal qiladigan goʻzal ahkomlaringni hayotimizga dastur sifatida qaytarishingni soʻraymiz. Insonlar oʻylab topgan demokratiya singari nopok rejimlardan va ularni buzuq oqibatlaridan bizlarni xalos et! Yuqorida sendan tilaganimiz ahkomlarni hayotga olib keladigan, moʻminga doʻst boʻlib kufrga dushman boʻladigan, Ummatni boshini birlashtirib ixtilofotlarini koʻtaradigan yagona Xalifalik davlatimiz boʻlishini bizlarga nasib et. Albatta bu kabi raxmatingni berishda zohiran bandalaringni qoʻllari bilan amalga oshirasan Parvardigorim, oʻsha diyningni hukmlarini qoim qiladigan va Seni soʻzlaringni oliy qiladigan bandalar bizlar boʻlishimizni nasib et. Oʻtgan ulugʻ zotlarni qoʻli bilan Islomni olamga yoyganing singari bizlarni qoʻlimiz bilan ham dunyoni barcha joylariga hidoyatingni ulash. Sening qalblargayu ishlarga yechim boʻlgan hukmlaring insoniyatni barcha qatlamiga azizni aziz qilib, xorni xor qilib kirib borsin. Shu daʼvatlarni koʻtarib chiqayotgan birodarlarimizni dunyoyu oxiratda sabotli qil. Bizlarni ham bu ezgu ishlarda peshqadamlardan qil!

Hizb ut-Tahrir Qirgʻiziston

1 shavvol 1438h

25 iyun 2017m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.