Erdogʻan: AQSh Raqqa amaliyoti uchun PYDni tanladi

601
0

Erdogʻan: AQSh Raqqa amaliyoti uchun PYDni tanladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan AQSh hukumati Raqqa amaliyotida PYD bilan hamkorlik qilishga oyoq tirab turib olganligini bidirdi. Erdogʻan bu haqida Portugaliyaning RTP kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi. Erdogʻanga koʻra, u oʻtgan oyda AQShga uyushtirgan tashrifida prezident Donald Trampni ogohlantirishlariga qaramay, AQSh Raqqa amaliyotida PYD bilan hamkorlik qilishni tanlagan.

“Hozir men Amerikaning PYD va YPGga yondashuv tarzini zamona talabi deb bilmayman. Bu juda notoʻgʻri yondashuvdir. Ammo Amerikaning askarlari va zobitlari terror tashkiloti bilan birga harakat qilmoqda. Afsuski Amerika bularga juda katta miqdorda qurollar berdi. Ular orasida ogʻir qurollar ham, yengil qurollar ham bor, miqdori juda ortiqcha darajada”, “Bilishimcha, AQSh ular bilan qoʻlni qoʻlga berishiga qaraganda, demak ularni (terror tashkiloti sifatida) qabul qilishmayapti va bugungi kunda terror tashkilotlari bilan hamkorlikda Raqqaga kirishmoqda”, “Biz unga aytamizki, keling bu ishni birgalikda qilaylik. Nega buni terrorchi tashkilot bilan qilyapsiz? Amerika kabi kuchli davlatga terrorchi tashkilot bilan harakat qilish toʻgʻri keladimi? Buni oʻzlariga aytdik va biz buni qabul qila olmaymiz. Ammo koʻrdikki, oyoq tirab turishibdi. Biz ham “yaxshilikka boʻlsin”, dedik. Ammo shuni ham aytdikki, agar mamlakatimizga kichik bir tajovuz amalga oshirilsa ham biz bu haqida hech kim bilan maslahatlashib oʻtirmaymiz, bilganimizni qilamiz”, dedi prezident Erdogʻan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.