Atambayev: ShHT bankini tashkil etish vaqti keldi

406
0

Atambayev: ShHT bankini tashkil etish vaqti keldi

“24.kg” xabariga koʻra, Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev ShHT davlat rahbarlari Kengashining Ostonada boʻlib oʻtayotgan yigʻilishida tashkilot bankini tashkil etish boʻyicha fikrlarini ilgari surdi.

“Savdo-iqtisodiy rivojlanishni samarali taraqqiy ettirish mintaqada barqaror va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi va shunga koʻra, ShHT bankini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish vaqti keldi”,- degan Atambayev.

Uning qayd etishicha, Qirgʻiziston – ShHTni tashkil etgan davlatlardan biri sifatida avvalboshdanoq tashkilot banki tashkil etilishi va uning qarorgohi Bishkekda joylashishini ilgari surib kelayotganiga eʼtibor qaratgan.

U, shuningdek, Xitoy- Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishini ham yodga olib, infratuzilmalarni rivojlantirmasdan turib, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirib boʻlmasligini taʼkidladi.

“Bu gʻoyalar ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasi va BMTning 2030 yilgacha barqaror taraqqiyot kun tartibi bilan uygʻundir. Shu munosabat bilan men Xitoy –Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi muhimligini eʼtirof etmoqchiman. Biz aʼzo davlatlarning turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish dasturini ham qoʻllab-quvvatlaymiz”,- dedi Atambayev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.