Hamid Karzay AQShga jiddiy ayblov qoʻydi

767
0

Hamid Karzay AQShga jiddiy ayblov qoʻydi

Afgʻonistonda IShID boʻlinmalari AQShning mamlakatda harbiy harakatlari tufayli paydo boʻlgan. Bu haqda “Anadoʻlu” agentligiga bergan intervьyusida Afgʻonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay aytib oʻtgan.

Uning soʻzlariga koʻra, Afgʻoniston hududida xorijiy mamlakatlardan kelgan IShID jangarilari harakatlanmoqda va ularni AQSh qoʻllab-quvvatlamoqda.

Sobiq prezidentning hisoblashicha, AQSh Afgʻonistonda terrorizm toʻla gʻalaba qozonishidan manfaatdor hisoblanadi.

“AQShning harbiy kontingenti terrorizmga qarshi kurash maqsadida 2002 yildan buyon Afgʻonistonda boʻlib turibdi. Ammo mamlakatda terroristik tahdid kun sayin ortmoqda. Amerikalik harbiylar faqatgina IShID pozitsiyalari mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda”, – degan Karzay.

Hamid Karzayning soʻzlariga koʻra, IShIDning Afgʻonistondagi birinchi galdagi maqsadi vaziyatni beqarorlashtirishdir.

“IShID terrorchilari tinch aholi vakillariga shafqatsiz munosabatda boʻlmoqda, begunoh kishilarni oʻldirmoqda. Bosib olingan hududlarda ular qadriyatlarni yakson etishmoqda”, – degan u.

Uning soʻzlariga koʻra, AQSh, Buyuk Britaniya va Gʻarbning bir qator mamlakatlari hamda Rossiya “Tolibon” harakatiga aloqador boʻlishi mumkin.

Prezidentning aytishicha, oxirgi vaqtlarda tolibonlarning Afgʻonistondagi mavqei oʻsmoqda.
Sobiq prezident “Hizbi Islomiy” guruhi rahbari Gulbiddin Hikmatyor Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishi uchun oʻz hissasini qoʻshayotganini eʼtirof etgan.

U soʻzi yakunida tolibonlarni muzokaralarga chorlagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.