Kapitalizm sababli millionlagan odamlar ochlikdan oʻlishga mahkum

1232
0

Yaqin olti oy ichida Nigeriya, Somali, Janubiy Sudan va Yamanda 20 million kishi ochlikdan halok boʻlishi mumkin. Bu haqida BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi bosh direktori Joze Gratsianu da Silva maʼlum qildi.

“Agar biz hech qanday chora koʻrmasak, yaqin olti oy ichida 20 millionga yaqin odam ochlikdan halok boʻlishi mumkin”, “Ochlik odamlarni oʻldirishdan tashqari ijtimoiy beqarorlikka ham sabab boʻladi. Shuningdek, odamlarni qashshoqlik hamda tashqi yordamga bogʻliqlikka mahkum etadi, bu holat oʻn yillar mobaynida saqlanib qoladi”, dedi Silva.

“RIA Novosti”ning xabariga koʻra, BMTning qochoqlar boʻyicha agentligi 2017 yilda Yaman, Nigeriya va Afrika mamlakatlari ochlikdan xarob boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Agentlikning matbuot kotibi Edrian Edvardsning taʼkidlashicha, moliyalashtirish manbalarining yetarli emasligi sababli yaqin orada mintaqada 2011 yilda sodir boʻlgan inqirozdan ham yomonroq gumanitar inqiroz yuzaga kelishi mumkin. 2011 yildagi inqiroz natijasida yarmi yosh bolalardan iborat 260 mingdan ortiq inson ochlikdan halok boʻlgan edi.

Janubiy Sudanda mamlakat boʻylab ochlik eʼlon qilingan, 100 mingga yaqin kishining hayoti xavf ostida. Somalida ham insonlarning hayoti ogʻirlashib bormoqda. Xalqaro migratsiya tashkiloti vakili Joyel Millmanning aytishicha, yuz mingdan ortiq insonlar uy-joyarini tashlab, oziq ovqat va suv ilinjida Efiopiya tomon yoʻl olgan. Ammo tabiiy ofatlar xavfini oldini olish qoʻmitasining vakili Abeba Zevdiyening bildirishicha, Efiopiyaning oʻzida ham ayrim viloyatlarda oziq-ovqat yordamiga muhtoj odamlarning soni 7,7 millionga yetgan.

Xalqaro migratsiya tashkiloti bu falokatlarning oldini olish uchun xalqaro hamjamiyatni ularga zudlik bilan yordam berishga chaqirdi. BMT dunyo oziq-ovqat dasturining Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakili Muhenned Hodiy shunday deydi:

“Mamlakat ochlik jarayoniga kirganda allaqachon koʻpchilik hayotdan koʻz yumgan boʻladi. Agar hozir harakatni boshlasak, koʻp odamlarning hayotini saqlab qolishimiz mumkin. xalqaro hamjamiyat darhol zaruriy mablagʻ bilan taʼminlash va mamlakatning turli joylarida ochlikka qarshi tadbirlar oʻtkazish uchun zudlik bilan bizga yordam berishga chaqiramiz”.

Turkiston:
Afrika qitʼasi yeri katta va barcha qazilma boyliklarning ulkan zaxira konlariga, shuningdek afsonaviy iqlim, hayvonot dunyosiga boy boʻlgan qitʼadir. Biroq shunday boʻlishiga qaramay, oʻzini boqolmaydigan darajada qarzga botgan, aholisi ochlikdan oʻlmoqda. Albatta buning sababi kapitalistik tuzumni ijro qilishga borib taqaladi. Chunki kapitalizm mabdasi manfaatparastlikning ustiga qurilgan insoniy tuzumdir. Mustamlakachilik, boshqa xalqlarni qulga aylantirish, ularning boyliklarini talon-taroj qilish kapitalizmning tabiatida mavjud. Kapitalizm sababli bugungi kunda olamning eng boy davlatlarning oʻzida ham och-yupunlarning soni millionlab kishilarni tashkil qiladi. Boshqa uchinchi dunyo davlatlarni-ku gapirmay qoʻya qolaylik.

Shunday ekan kapitalizm mabdasi hukm surib turgan bir paytdi “Mablagʻ ajratish” yoki “insoniy yordam koʻrsatish” bilan bu muammoni hal qilib boʻlmaydi. Bu kabi yechimlar faqatgina muammoning umrini yana ham uzaytirishga xizmat qiladi xolos. Bu muammo faqat va faqat kapitalizmni tag-tomiri bilan qoʻporib tashlash va uning oʻrniga zakot yuklangan karvonlar yurtlarni kezib, zakot oladigan bironta kambagʻalni topolmaydigan holatni yuzaga ketiradigan Islom mabdasini olib kelish bilangina hal boʻladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.