AQSh Afgʻoniston botqogʻiga botib bormoqda!

615
0

AQSh Afgʻonistonga kirgan 2001 yildan buyon kundan-kunga botqoqqa botib bormoqda. Oʻtgan 16 yillik davri mobaynida Tolibon va afgʻon xalqiga qarshi kurashda uning trillionlab dollarlari havoga uchib ketdi. Afgʻoniston togʻlarida 2300dan ortiq askaridan mahrum boʻldi. 20 mingdan ortiq askar nogiron boʻlib uyiga qaytdi.

Dunyoning eng kuchli davlati hech qanday davlatga ega boʻlmagan bir harakatga qarshi 16 yil jang olib borgan boʻlsa ham, Afgʻonistondagi vaziyat AQSh va NATO uchun yana-da ogʻirlashgani kuzatilmoqda. Tolibon va afgʻon xalqiga qarshi urushda bir trilion dollardan ortiq xarajat sarflanganiga qaramay, mamlakatning deyarli 50% qismiga yetib borgan Tolibonning muvaffaqiyati NATO va AQSh generallarini ogʻir oʻyga choʻmdirdi. Ular uchun eng xavfsiz joy hisoblangan poytaxt Kobulda ham ketma-ket amalga oshirilgan harbiy amaliyotlarga qaraganda, mamlakatda AQSh va NATO kuchlari uchun xavfsiz joylar torayib bormoqda.

Tolibon “Mansura amaliyoti” nomi ostida bahor hujumlarida ilgarilashda davom etmoqda. Harakat tomonidan tarqatilgan rasmiy bayonotda aytilishicha, Mansura amaliyoti xorijiy askarlarga qaratilgan. Soʻngi olingan xabarga koʻra, Tolibon harakati kecha Bagram tumanida bir tankni portlatib 4 AQSh askarini oʻldirgan. Bundan bir necha kun avval Qobulda NATO avtoulovlariga qilingan hujumda 8 kishi halok boʻlgan va 25 kishi jarohat olgan edi.

Ayni paytda Afgʻoniston hukumati Tolibondan magʻlub boʻla boshlagach, yana yolgʻon xabarlar tarqata boshladi. Tolibon kuchlari qoʻlga olgan strotegik ahamiyatga ega Qunduz viloyatiga qarashli tumanlarni Afgʻon hukumati davlat televideniyasiga intervyu berish orqali viloyat nazorati oʻzlarining qoʻlida ekanligini maʼlum qildi. Vaholangki, Tolibon harakati tuman nazorati oʻzlarining qoʻllarida ekanligini hukumat binosida turib, video tasvir orqali namoyish qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.