Erdugʻon: Trampga oʻzim batafsil tushuntiraman

633
0

AQSh prezidenti Donald Tramp PKK (Kurd ishchilar partiyasi)ning Suriyadagi boʻlimi “PYD”ni qurol-aslaha bilan taʼminlash haqidagi qarorga imzo chekdi. Bu haqida AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) eʼlon qildi. Pentagon matbuot kotibi Deyna Uayt oʻzining yozma bayonoti orqali maʼlum qilishicha prezident Tramp Raqqada aniq gʻalaba qozonish uchun zarur boʻlganda, “Suriya demokratik kuchlari”ni qurol-aslaha bilan jihozlashni AQSh Mudofaa vazirligiga topshirgan.

AQShning mazkur qarori haqida “PYD”ning harbiy qanoti hisoblangan YPG rasmiylaridan biri ham bayonot berdi. YPG rasmiysiga koʻra, Raqqani qisqa vaqt ichida IShIDning qoʻlidan ozod qilish uchun bu qurol-aslahalarga ehtiyoj tugʻiladi.

“AQSh yaqinda bizga minomyot, harorat tarafga yoʻnaluvchi raketalar, ogʻir pulemyotlar, avtomatik qurollar, ogʻir avtomat qurollari, zirhli transport vositalari va tanklar yuboradi. Bu qurollar bizga juda zarur. Raqqa markaziga yurish qilganimizda tank va zirhli transport vositalari kerak boʻladi”, dedi YPG rasmiysi.

Maʼlumki, Turkiya bu tashkilotlarni PKKga bogʻliqligi uchun terrorchi tashkilotlar deb eʼlon qilgan. Shuning uchun Anqara YPGning Rakka amaliyotiga ishtirok etishiga eʼtiroz bildirib keladi. Ammo Turkiyaning yaqin ittifoqchisi boʻlgan AQSh uning eʼtirozlariga qaramay, YPGni ogʻir qurollar va zirhli avtoulovlar bilan taʼminlamoqda. Turk rasmiylari esa bunga qarshi ekanliklarini aytib, har qanday hizmat boʻlsa, oʻzlari tayyor ekanligini aytishmoqda. Ittifoqdoshlariga, xususan AQShga qarata bir necha bor “terrorchilarning emas, bizning yonimizda boʻling”, deya bayonot berdi.

Qizigʻi shundaki, Turkiya delegatsiyasi AQShda muzokara olib borayotgan bir vaqtning oʻzida Tramp Turkiyaning dushmanlariga ogʻir qurollar berish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shunday boʻlishiga qaramay, Turkiya delegatsiyasi jiddiy qarshilik koʻrsatib, AQShni tark etmadi. Shuningdek, Prezident Erdogʻan ham 16 may kuniga belgilangan AQShga tashrifini bekor qilmadi. Demak, mana shundan koʻrinib turibdiki, AQSh qanday qaror qabul qilsa ham, Turkiyaning zaif qarshiliklarini eʼtiborga olmaydi va Turkiya AQShning qarorlariga soʻzsiz itoat qiladi.
Prezident Erdugʻon Siyerra Leone prezidenti Ernest Bai Koroma bilan tashkil qilgan mushtarak matbuot anjumanida shunday dedi: “Suriya va Iroqdagi har qanday oʻzgarish biz uchun toʻgʻridan-toʻgʻri milliy xavfsizlik masalasi hisoblanadi. Biz ittifoqchilarmizni terrorchi tashkilotlarning emas, balki, bizning yonimizda turishlarini istaymiz. Ushbu masala yuzasidan munosabatimizni va Trampning qarorlariga nisbatan andishalarimizni 16 may kuni prezidenti Tramp bilan boʻladigan uchrashuvimizda shaxsan oʻzim batafsil tushuntiraman”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.