Arab Amirliklarning qaramligi va ayrim qaynoq regional masalalardagi pozitsiyasi

462
0

Savol:
Aftidan, Amirliklar davlati pozitsiyasida ayrim noaniqliklar va ziddiyatlar borga oʻxshaydi. Jumladan, amirliklar pozitsiyasi bilan baʼzi bir inglizlar malaylari pozitsiyasi oʻrtasida keskin qarama-qarshilik bor. Bu davlatning Abdurobbih Mansur Hodiyga nisbatan tutgan pozitsiyasini bunga misol qilsa boʻladi. Yaqinda bu davlat Mansur Hodiyning Amirliklardagi uchrashuvini, shuningdek, Adandagi aeroport xavfsizlik xizmati mudirini chetlatish toʻgʻrisidagi qarorini rad etdi. Amirliklar bilan Tunis oʻrtasida ham taranglik mavjud… Ayni paytda amirliklar Amerika malaylari bilan eʼtiborni tortadigan shaklda ittifoq tuzmoqda. Amirliklar Amerika malayi Salmon yetakchiligidagi qatʼiylik boʻroni amaliyotida ishtirok etdi, Liviyada Amerikaning eski malayi Xalifa Haftar tomonida turdi va Misr prezidenti Abdulfattoh Sisiyni cheksiz qoʻllab-quvvatladi. Amirliklarning bunday pozitsiyalarini, yaʼni Amerika malaylari bilan til biriktirib Britaniya malaylaridan uzoqlashishini qanday izohlasa boʻladi?

Javob:
1 – 1971 yildan keyin Amirliklar yetti amirlikdan tashkil topgan ittifoqqa aylandi… Abu Dabi hokimi shayx Zoyid ibn Sulton Oli Nahyon Amirliklar prezidenti boʻldi. 2004 yili u vafot etganidan keyin uning katta oʻgʻli Xalifa ibn Zoyid Oli Nahyon aholisi 9 million boʻlgan Birlashgan Arab Amirliklariga prezident boʻldi. Amirliklarning tub aholisi butun aholining qariyb 11 %ini tashkil qiladi… Shayx Xalifa Gʻarb davlatlaridan qurollarni sotib olish hamda Amirliklar askarlarini tayyorgarlikdan oʻtkazishga katta sarf qilish orqali Amirliklar davlatining harbiy qudratini oshirdi. Amirliklar Qoʻshma Shtatlar bilan tuzilgan 6,4 milliard qiymatidagi shartnomalar doirasida F-16E/F Desert Falcon rusumidagi 80 samolyotning birinchisini qabul qilib oldi… Keyinroq “Apachi” rusumidagi vertolyotlarga, F-16 rusumida qiruvchi samolyotlarga, zirxli mashinalarga, bir qancha raketa va oʻq dorilarga ega boʻldi. Bu bilan Amirliklar roli siyosiy, qolaversa harbiy ishlarga tayyor boʻldi! Britaniya kirolichasining 2010 yili Amirliklarga tashrif buyurishi shu rolni kuchaytirish uchun boʻldi. (Britaniya kirolichasi Yelizavetta ikkinchi rasmiy tashrif bilan kecha Amirliklarga yetib keldi. U oʻz tashrifini Abu Dabidan boshladi. Britaniyaning Abu Dabidagi elchisi Dominik Jeremi Frantsiya axborot agentligiga “Kirolichani Amirliklardagi hukmron oila bilan kuchli doʻstlik aloqalari bogʻlab turadi” dedi. Amirliklarning Londondagi elchisi Abdurrahmon Gʻonim Matyuiy “Bu tashrif ikki doʻst mamlakat oʻrtasidagi turli sohalardagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiradi” deb bilishini aytib, ayni tashrifni “juda muhim” deb atadi). (Sharqul Avsat jurnali 2010 yil 25 noyabr). Arab amirliklari oʻz rolini puxta bajardi. Chunki u Britaniya siyosatlarini amalga oshirish uchun mintaqadagi mustamlakachilik ittifoqlariga – bu ittifoqlar Britaniya ittifoqlari boʻladimi yoki Amerika ittifoqlari boʻladimi, hech bir farqsiz – qoʻshildi.

U bu ittifoqlarga Britaniya koʻrsatgan yoʻlga koʻra Amerika siyosati ustida uning koʻzi boʻlish uchun kirdi… Shunday qilib Arab amirliklari inglizlarga qaram boʻlishiga qaramay, Amerika bayrogʻi ostida jang qildi va uning soyasida, yoki uning malaylari soyasida yurdi. Masalan u, Saudiya (Salmon) yetakchiligidagi “qatʼiylik boʻroni” nomli arab davlatlari koalitsiyasiga, balki Amerika koalitsiyasiga qoʻshildi. Bu koalitsiyada Amirliklar Saudiyadan keyingi ikkinchi kuch boʻldi. Chunki u bu amaliyotda 30ta samolyot bilan ishtirok etdi… U oʻzini Amerika ittifoqchisi qilib koʻrsatadi. Amirliklarning Vashingtondagi elchisi Yusuf Atiba “Amerikaning Amirliklarda kuchli va sokin “kichik Sparta” laqabli ittifoqchisi bor…” dedi. (Vashington Post 2014 yil 9 noyabr). Shuningdek, Vashington Post 2017 yil 3 yanvarda Amirliklardagi “Zufra” bazasidagi muxbiriga tayanib “Olti haftadan beri AQSh samolyotlari Suriya va Iroqni bombalash uchun “Zufra” bazasidan yoʻl olmoqda” deb yozdi. Gazeta “Ayrim kishilar “Zufra” bazasida qariyb 3.500 AQSh askari toʻplanganini bilmaydi va bu baza F-22 qiruvchi samolyotga ega boʻlgan yagona bazadir” deb qoʻshimcha qildi. Gazeta AQSh kuchlarining Oʻrta Sharqdagi sobiq qoʻmondoni Entoni Zinnining “bugungi kunda Qoʻshma Shtatlarning Amirliklar bilan aloqasi arab olamidagi har qanday davlat bilan boʻlgan aloqasidan kuchli aloqa hisoblanadi” deb aytgan soʻzini keltiradi. Shunday qilib Amirliklar oʻzini Amerikaning kuchli ittifoqchisiday koʻrsatadi… Aslida esa u inglizlar foydasiga alohida rol oʻynamoqda. U inglizlar koʻrsatmasi bilan Amerika urushida ishtirok etdi va ular koʻrsatgan yoʻl bilan zohirda Amerikani qoʻllab-quvvatlayotganday boʻldi, soʻng parda ortidan unga tashvish tugʻdirdi.

Shuni aytib oʻtish oʻrinliki, Britaniya 1956 yili Suvaysh sharqida magʻlubiyatga uchragan va 1963 yili Yamandagi urushda ogʻir yoʻqotishlarni boshdan kechirgan. 1968 yili harbiy kuchlarini Koʻrfazdan olib chiqib ketishga qaror qilgan. U bu qarorini 1971 yili amalga oshirgan. Mana shundan beri u oʻz holatini qanday boʻlsa shundayligicha saqlab qola olmay qoldi. Shuning uchun u harbiy sohada chekinishni, bevosita mustamlaka qilish shaklini boshqa shaklga oʻzgartirishni hamda oʻzi mustamlaka qilib turgan koʻp joylarda qilganidek, bu joylarda oʻzini siyosiy va iqtisodiy sohada, xavfsizlik masalalarida saqlab qolishni afzal koʻradigan boʻlib qoldi. Oʻsha paytdan boshlab, yaʼni Suvaysh sharqidan toʻliq chiqib ketganidan boshlab Britaniya Amerikaga ochiqchasiga qarshi turolmay qoldi. Britaniyaning Amerikaga nisbatan amalga oshirayotgan siyosatida, oʻzini uni qoʻllab-quvvatlayotganday qilib koʻrsatish, yashirincha unga tashvish tugʻdirish va malaylariga rollarni boʻlib berish gʻolib boʻldi. Natijada uning bir malayi oʻzini Amerikaga va uning malaylariga goʻyo doʻstday, u belgilagan rejani amalga oshirayotganday koʻrsatsa, boshqa bir malayi oʻzining asl holatida, yaʼni Britaniyaga va uning malaylariga sadoqatli boʻlib koʻrinadi.

2 – Amirliklarning savolda keltirilgan pozitsiyalarini quyidagicha tushunish mumkin:

a) Amirliklarning Yamandagi roli:
Amirliklar Saudiya eʼlon qilgan “qatʼiylik boʻroni” amaliyoti 2015 yil mart oyida boshlanganidayoq unda ishtirok etdi. Lekin ishlarning tashqi koʻrinishi oʻzaro uygʻunga oʻxshab koʻrinsada, aslida bunday emas edi. Chunki, Saudiya “qatʼiylik boʻroni” havo zarbalarigagina cheklanishini istadi. Ammo Amirliklarga kelsak, quruqlik janglarida uning ishtiroki hajmining kattaligi shuni koʻrsatadiki, u Yamanga katta quruqlik kuchlarini tashlashda ittifoqdan foydalandi… Saudiyaning 2015 yil 4 aprelda Yamanda quruqlik kuchlari boʻlishini rad etishi bilan 2015 yil 21 aprelda “qatʼiylik boʻroni” amaliyoti oxiriga yetgani va “umid tiklanishi” davri boshlanganini elon qilishi oʻrtasini oʻrganib chiqish orqali bilamizki, bu davr Saudiya bilan Amirliklar oʻrtasida munosabatlar keskinlashgan davr boʻldi. Chunki Saudiya havo zarbalari siyosiy yechimga yoʻl ochishini – “umid tiklanishi” davrini boshlashi ham bundan xoli emas – istadi. Amirliklar esa Husiylarning Yaman shaharlaridan amalda chekinishini istadi… Chunki, Saudiya siyosiy yechimga zamin yaratish uchun Husiylarga faqat bosim oʻtkazishni maqsad qilgan paytda Amirliklar ularga qarshi maydonda urush qildi va ularni ortga chekintirdi…

Saudiya va Amirliklar oʻrtasidagi kelishmovchilik faqat bugina emas, qolaversa agʻdarilgan Solihga nisbatan tutilgan pozitsiyada ham ular bir-biridan farq qiladi. Saudiya bilan Solih oʻrtasidagi dushmanlik kuchayayotgan bir vaqtda Amirliklar Solihni qoʻllab-quvvatlayotgani haqidagi xabarlar ketma-ket berildi. Qolaversa u Solihni “qatʼiylik boʻroni” amaliyotlarining biridan qutqarib ham qoldi. Misr arab respublikasi sayti 2015 yil 4 aprelda bunga toʻgʻridan-toʻgʻri ishora qildi: (Yuqori lavozimli Yaman rasmiysi Misr arab respublikasiga bergan xos bayonotida Birlashgan Arab Amirliklari bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida kelishmovchilik borligini bildirdi. Bu rasmiyga koʻra, Abu Dabi sobiq prezidentning oʻgʻli Ali Abdulloh Solihni Sanʼo bombalanishidan bir soat oldin “qatʼiylik boʻroni” amaliyotidan xabardor qilishi hamda Amirliklarning Solihni saqlab qolish va uni har qanday yechim tashabbusi doirasida qoldirish zarur deb bilishi kelishmovchilikka sabab boʻlgan. Amirliklar tomonidan harbiy amaliyot amalga oshiriladigan joy haqidagi maʼlumotning sizdirilishi Solihni oʻlimdan qutqarib qolgan. Chunki u bombalash boshlanishidan oldin manzilini tark etib poytaxt Sanʼodagi xavfsiz joyga chiqib ketgan). Bu rasmiy, Amirliklarning Ali Solihni qoʻllab-quvvatlayotganiga, unga jazo joriy qilish toʻgʻrisidagi xalqaro qarordan koʻz yumayotganiga ishora qiladi. Unga koʻra, ijtimoiy tarmoqlar Amirliklarga yoʻllangan ayblovlarga toʻlib ketdi. Amirliklar zohirda Saudiya yetakchilik qilayotgan hamda Yamanda Husiylarga va ularning ittifoqchisi boʻlgan Solihga qarshi urush boshlagan arab davlatlari koalitsiyasida ishtirok etayotgan boʻlsada, u Ali Abdulloh Solihga, uning oilasiga moliyaviy va harbiy koʻmak koʻrsatishda va uning hanuz ittifoqchisi boʻlib kelayotganlikda ayblanmoqda. Arab davlatlari koalitsiyasi boshlagan bu urush “yurtda qonuniy hukumatni qayta tiklash” hamda “Husiylar amalga oshirgan qonli inqilobni bartaraf qilish” maqsadida boshlangan va bu ochiq eʼlon qilingan maqsadlardir… Amirliklar bilan Solih oʻrtasidagi bunday aloqani 2015 yil 22 oktyabrda Yaman Pressda berilgan xabar ham tasdiqlaydi: (Amirliklar Husiylarga va Solihga qarshi urushda ishtirok etayotgan boʻlsada qulatilgan prezidentning oʻgʻli general Ahmad Ali Solih maxsus turdagi himoya ostida Amirliklarda yashashni davom ettirmoqda…).

Keyin, Hodiyning oʻzi ham shamol yoʻnalishida turibdi. Chunki, BMTda uni chetlatish tashabbuslari koʻtarilmoqda. Yaʼni, hatto xalqaro yechimlar Hodiyni Yamandagi siyosiy sahnadan chetlatishga yetib borgan taqdirda ham Britaniya boshqa kuchlar va kartalarni tayyorlab qoʻyadi. Shuning uchun oʻsha paytda Hodiyning chetlatilishi Yamandan Britaniya nufuzini chetlatish boʻlmaydi. Chunki bu nufuz koʻp boshqa kartalarni tamsil etadi. Hodiy esa mana shu kartalarning biri xolos… Shuning uchun Britaniya Amirliklarni Solihni qoʻllab-quvvatlaydigan qildi. Bularning har ikkisi, yaʼni Hodiy va Solih Britaniya tarafdoridir. Lekin masala Britaniya makkorligi usulida rollarni taqsimlashdir. Shuning uchun, Amirliklar bilan Hodiy oʻrtasidagi kelishmovchilik mana shu reja doirasida tushuniladi, keyin u Abu Dabida iliq kutib olinadi. Hodiyga Adandagi aeroport xavfsizlik xizmati mudiri Saloh Umayriyni (Abu Qahtonni) chetlatishni Amirliklarning taqiqlashi ham mana shu reja asosida tushuniladi… Yaʼni, Amirliklarning Yamandagi siyosati bilan prezident Hodiy – uni Britaniya tarafdorlaridan biri degan eʼtiborda – oʻrtasidagi qarama-qarshilik Britaniya tomonidan Amirliklarga xos vazifa topshirilishining natijasidir. Bu vazifa Amirliklardan shu rolni talab qiladi. Shuning uchun Amirliklar oʻzini Hodiy tomonida turmayotganday qilib koʻrsatmoqda. Holbuki u Koʻrfaz tashabbusida unga rozi boʻlgan edi. Amirliklar amalda Britaniyaning boshqa malayi tomonida turmoqda va u Ali Solihdir. Bu bilan u Yamanda Britaniya foydasiga rol oʻynab Amerika foydasiga ish qilayotgan Saudiyaga qarshi ishlarni chigallashtirmoqda.

b) Amirliklarning Liviyadagi roli: Amirliklarning islomchilarga qarshi siyosati shakl-shamoilini eʼtiborga olganda u uchun Liviyada chizib berilgan rolni tushunish oson. Bu siyosatning tuzilishini va ijrosini Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler boshqaradi. Shuningdek, Amirliklarning BMT vakili Leonga va u Liviyada uning koʻmagida faoliyat yuritayotgan doiraga aloqasini eʼtiborga olganda ham uning Liviyadagi rolini tushunish oson. Bularning barchasi kartalar koʻpligi jihatidan Britaniyaning keng nufuzi muhitida boʻladi. London xuddi Yamandagidek bu kartalarni oʻyinga tashlashi mumkin. Negaki, Britaniya nufuzi Qazzofiy davrida bu yurtda keng quloch yoygan… Amirliklarning ilmoniylarni, qabila oqsoqollarini va islomchilarga qarshi kuchlarni qoʻllab-quvvatlashi uni Liviyada Qatar tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan kuchlarga qarshi tomonda turadigan qilib qoʻydi. Qatar islomchilar orasida inglizlarga ishlaydi. Shuningdek, Amirliklar ilmoniylar va qabilalar orasida inglizlarga ishlaydi. Qatar va Amirliklarga rollarning bu tarzda boʻlib berilishi Amerikaning Foreign Policy aytib oʻtgan narsaning oʻzginasidir. Arabiy 21 sayti 2014 yil 28 avgustda, yaʼni Liviyada Amirliklar havo hujumini amalga oshirganidan keyin shunday keltiradi: (Amerikaning Foreign Policy jurnali Liviyadagi nufuz talashib boshlangan regional kurash 2011 yili boshlanganiga ishora qiladi. Chunki bu yilda polkovnik Muammar Qazzofiy rejimiga qarshi qoʻzgʻolon alanga olgan. Bu qoʻzgʻolonda Qatar islomiy intilishlari bor jangarilarni qoʻllab-quvvatladi. Amirliklar esa qabilachilik yoʻnalishidagi kuchlarni, xususan, Liviya gʻarbidagi Zanton qabilalariga mansub kuchlarni qoʻllab-quvvatladi). Amerika jurnali Liviyadagi Amirliklarga ishlaydigan kishilarni fosh qiladi va ularni nomma-nom sanab oʻtadi.

Amirliklar BMTning Liviyadagi vakili Bernardino Leon bilan yaqindan aloqada boʻlgan. Leon yevropacha mayllarga ega boʻlgan ispaniyalikdir. Amirliklar uning Tobruq parlamenti va Haftar jamoasi tomonidagi harakatlariga koʻmak koʻrsatishga urinib u bilan birga ishlagan. Amirliklar tashqi ishlar vaziri bilan Leonning elektron pochtasidagi sizdirilgan maʼlumotlarni gazetalar fosh qilgan. Shuningdek, Leon Liviyada BMT vakili boʻlib ishlagan mansabini tark etganidan keyin maosh evaziga Amirliklarda ishlashga oʻtganini ham gazetalar fosh qilgan. Amirliklar bilan Britaniya intilishlarini tamsil etgan xalqaro vakilning oʻrtasidagi yaqin aloqa Britaniya Amirliklarning Liviyadagi roliga rozi boʻlganini koʻrsatadi. Uning bu roli 2014 yil avgust oyida Tripolidagi islomchilarga qarshi u yoʻllagan havo hujumlaridan keyin eʼtiborni tortadigan darajada ochiq koʻrindi. Amirliklar amalga oshirgan bu havo hujumini Amerika birinchi boʻlib fosh qilgan edi. Bu havo hujumi parlamentni Tobruqqa koʻchirilishi bilan bir vaqtda va 2014 yil 4 avgustda parlamentning birinchi yigʻini oʻtkazilganidan keyin boʻldi. Shuni aytib oʻtish oʻrinliki, Amirliklarning ilmoniylar sari va islomchilarga qarshi harakat qilishi ortida Britaniya turibdi. Misr arab respublikasi sayti 2017 yil 31 yanvarda quyidagi xabarni keltiradi: (Boshqa tomondan Britaniyaning “Telegraf” gazetasi “Toni Bler” konsultatsiya markazi Birlashgan Arab Amirliklari bilan 35 million dollar miqdoridagi shartnoma imzolanganini oldinroq fosh qildi. “Bler” markazi bilan Amirliklar oʻrtasida imzolangan shartnoma loyihasiga muvofiq berilgan maslahatlar evaziga Amirliklar shu mablagʻni toʻlaydi… Ikki tomon oʻrtasidagi mushtarak harakat va pozitsiyalarning eng koʻzga koʻringan belgilari ushbu mintaqada faoliyat yurituvchi islomiy harakatlar va partiyalarga nisbatan tutilgan pozitsiyadir)… Bundan ayon boʻladiki, Britaniya malaylari rolini bir-biriga qarama-qarshi boʻlib koʻrinadigan shaklda boʻlib beradi. Biroq bu rollar bir-biriga qarama-qarshi boʻlib koʻrinsada kutilgan natijasi inglizlar maqsadini roʻyobga chiqaradi. Britaniya malaylarining barchasini bir tomonga qoʻymaydi. Ayniqsa biror yurtda necha kartalari boʻlsa shu yurtda malaylarining barchasini bir tomonga qoʻymaydi. Masalan Liviyada, Qatar Haftarga qarshi va inglizparast Vifoq hukumati tomonida turadi, Amirliklar esa oʻzini Haftar tomonida turib uni qoʻllab-quvvatlayotganday qilib koʻrsatadi.

v) Amirliklarning Tunisdagi roli: Tunis prezidenti Boji Qoid Sabsiy 2015 yil noyabr oyida shunday dedi: “… Amirliklar barqarorlikni izdan chiqarish uslublariga ergashishni davom ettiradi. Chunki u “muhosabadan omon qolaman” deb ishonmoqda. U qoʻrqmasdan kuch hosil qilish uchun kerakli boylikka ega. Chunki hamma, shu jumladan Yevropa ularning boyligiga tayanadi”. (Midl Ist Ey 2015 yil 30 noyabr). Amirliklar pozitsiyasida inglizlar izidan ketayotgan Tunisga nisbatan dushmanlik koʻrinadi. Chunki, ularning oʻrtasida aloqalarda keskinlik koʻzga tashlanadi. Biroq uning bu pozitsiyasi sinchiklab oʻrganilsa bu pozitsiyaning soxtaligi ayon boʻladi. Sabsiyning Amirliklarga borishi bunga dalildir… Tunis bilan Amirliklar oʻrtasidagi munosabatlar taranglashayotgani haqidagi gap-soʻzlar qizib turgan bir paytda Tunisning Frantsiya qurollari va harbiy texnikalarini sotib olish uchun tuzgan shartnomasini Amirliklar moliyalashtirishi hamda Tunis Liviya va Jazoir bilan boʻlgan chegaralarini nazorat qilishda shu qurollardan foydalanishi toʻgʻrisidagi xabar tarqatildi. Buni Frantsiya prezidenti Olland Tunis prezidenti Sabsiy bilan Parijda urashganida maʼlum qildi. U qoʻshma matbuot konferentsiyasida “Bu sohada uch mamlakat oʻrtasida hamkorlik bor” dedi. U buni shu mavzuga aloqador savolga javoban aytdi. Chunki Frantsiya matbuoti 2015 yil 7 aprelda Tunisning Frantsiya bilan qurol sotib olish toʻgʻrisida shartnomasi borligi haqida xabar tarqatilgan edi. Tunis tashqi ishlar vaziri Toyyib Bakush “Oʻzining mamlakati qurol sotib olishda yordam koʻrsatilishi uchun Frantsiya va Amirliklar bilan muzokara olib borayotganini” ochiqladi. (Xalqaro gazeta 2015 yil 7 aprel). Shunday qilib Amirliklar bir tomondan Tunisning qurol sotib olish toʻgʻrisidagi shartnomalarini moliyalashtirsa, boshqa tomondan Tunis bilan munosabatlarda taranglik borday qilib koʻrsatmoqda. Bu, oʻrtadagi taranglik haqiqiy emas, balki soxta taranglik ekanini koʻrsatadi. Amirliklar Tunisda, uning atrofida va xususan Liviyada Britaniya belgilagan rolni oʻynamoqda. Chunki Tunis Haftarga qarshi turdi. Shuningdek u, oʻz bagʻrida va qaramogʻida dunyoga kelgan, keyin Tripoliga koʻchgan Liviyaning Vifoq partiyasi tomonida boʻldi. Chunki, bu yerda Tunis bilan kelishmovchilik borligini koʻrsatish Amirliklar aldovini, qolaversa inglizlar aldovini Haftarga oʻtkazishni osonlashtiradi.

g) Amirliklarning Sisiyga nisbatan roli: Amirliklar Misr prezidenti Sisiyni keskin qoʻllab-quvvatlashga intildi. U bilan birga Saudiya ham Sisiy 2013 yil oʻrtalarida Mursiyga qarshi inqilob qilganidan boshlab Sisiy rejimini qoʻllab-quvvatladi. Saudiya podshoh Abdulloh davrida inglizlarga sodiq edi. Buni Britaniyaning Amerikaga moslashishi, deb tushunish mumkin. Britaniya malaylaridan ham Amerika malaylariga moslashishni talab qiladi. Chunki mintaqada ular kuchliroq, inglizlar malaylari esa ulardan koʻra kuchsizroqdir. Chunki Britaniya oʻz malaylarini bir safda boʻlishga va Amerika malaylariga ochiqchasiga dushmanlik qilishga undamaydi. Faqat ayrim, Qatar bilan boʻlgani kabi xos holatlardagina shunday qilishga undaydi. Britaniya Sisiy bilan ham shunday qildi. U Sisiyga ayrim tinchlantiruvchi ishoralarni yoʻllab uni amirliklarga bogʻladi. Bu haqda Britaniya gazetalarida gapirildi. Arabiy Jadid sayti 2014 yil 25 iyunda Financial Times gazetasidan olib keltirgan xabarda shunday keladi: “Toni Bler amalga oshirgan ishlardan xabardor ayrim kishilarning Financial Times gazetasida bildirishicha, Bler bir guruh ekspertlarga Ixvonul Muslimin tashkiloti haqida, Misr armiyasi qoʻmondonligi tomonidan ularga va ularning koʻrfazlik tarafdorlariga terror amaliyotiga aloqadorlik toʻgʻrisida yoʻllangan ayblovlar haqida hisobot tayyorlash vazifasini topshirgan. Gazetaning yozishicha, Bler oʻz murojaatlarining birida Misr prezidenti Muhammad Mursiyni hokimiyatdan qulatgan Misrdagi harbiy inqilobni qoʻllab-quvvatlagan va u Misr inqilobini “Misr xalqi uchun muhim qutqarish amaliyoti” deb atagan. Gazeta yana shunday qoʻshimcha qiladi: “Bunday pozitsiya Amirliklar hukumati pozitsiyasiga toʻliq mos keladi”. Shuning uchun Amirliklarning Sisiyga mos harakatlari Britaniya chizgan reja doirasida boʻldi va u bu rejadan tashqariga chiqmadi.

3 – Biz 2016 yil 12 yanvardagi savol javobida quyidagilarni aytgan edik: “Bitta buyuk davlatga tobe yoki uning taʼsiri ostida boʻlgan davlatlar oʻrtasida haqiqiy kurash maʼnosidagi kurash kutilmaydi. Chunki ana shu buyuk davlat tashqi siyosatni umumiy shaklda idora qiladi. Odatda kurashga shu siyosat oʻz hukmini oʻtkazadi. Bu kurash jihatidan shunday. Ammo tobe davlatlarning kurashsiz oʻzaro kelisha olmay qolishiga kelsak – bu holat buyuk davlat taʼsiri doirasida boʻlgan davlatlar oʻrtasida aniqroq koʻzga tashlanadi – bu quyidagi uch holatda boʻlishi mumkin: Birinchi holat: Agar kelishmovchilik buyuk davlat manfaatlariga xizmat qilish uchun rollarni taqsimlash bobidan boʻlsa. Ikkinchi holat: Kelishmovchilik shu davlatlar uning taʼsiri doirasida boʻlgan davlatning tashqi siyosatiga hech qanday taʼsir qilmasdan faqat ichki undovchi omillar bilangina boʻlsa. Uchinchi holat: Kelishmovchilik malaylardan birini qoʻllab-quvvatlash bobidan boʻlsa. Bu ana shu malay bilan boshqa malay oʻrtasida “tinch turgan” biron hodisani “qaynatib” avj oldirish bilan boʻladi, qoʻllab-quvvatlashni taqozo qiladigan narsalar tugaganidan keyin hodisa yana tinch holiga qaytadi”. Bu holat inglizlarga tobeʼ boʻlgan Amirliklarga mos keladi. Chunki u rollar taqsimlanishi bobidan birinchi nuqta ostiga kiradi. Shuning uchun, xuddi Qatar oʻzi uchun belgilangan boshqa rolni oʻynaganidek, u ham inglizlar unga belgilab bergan rolni oʻynaydi.

4 – Xulosa shuki, Amirliklar xuddi Koʻrfazdagi boshqa davlatlar kabi inglizlarga sodiqlik va mutlaq qaramlik bilan boʻysunadi. Faqat Saudiya bundan mustasno. Chunki Saudiya hozirgi Salmon davrida Amerika bilan birga ketmoqda… Amirliklar inglizlar u uchun belgilab bergan rolni – bu rol Yamanda boʻladimi yo Liviyadami yoki Misr rejimini qoʻllab-quvvatlashda boʻladimi hech bir farqsiz – oʻynamoqda… Shuningdek, Amirliklar siyosatida ochiq koʻrinib turgan qarama-qarshilik Britaniya unga ilmoniylarni va antiislomchilarni qoʻllab-quvvatlash borasida belgilab bergan tashqi koʻrinishning (shaklning) natijasidir. Bu koʻrinish, masalan Qatar uchun belgilab berilgan koʻrinishdan boshqachadir. Bundan tashqari, Arab Amirliklari maxsus teran siyosatlarni amalga oshiradi. Koʻpincha u, yaʼni Arab amirliklari mintaqadagi Amerika malaylarining ortki liniyasida ishlaydi va oʻsha joydan turib Britaniyaga xizmat koʻrsatadi. Nima boʻlganda ham, Qatar boʻladimi, Amirliklarmi yoki musulmonlar yurtlaridagi ulardan boshqa davlatlarmi, hech bir farqsiz mustamlakachi kofirlar manfaatiga xizmat qilishmoqda. Bu ulkan jinoyatdir, ular qayerda boʻlsalar ham halok boʻlguvchilardir va buning ortidan dunyoyu oxiratda aslo yaxshilikka erishmaydilar. Alloh Taolo aytadi:

“Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib oʻtgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir” [Anʼom 124]
12 rajab 1438h

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.