Teraktlardan kim manfaatdor?

482
0

Teraktlardan kim manfaatdor?

Sobiq chekist, maxsus xizmatlar zobiti Vladimir Putin Rossiya prezidentiligiga kelishidan oldin mamlakatni qator qoʻporuvchilik harakatlari larzaga soldi. Jumladan:

1999- yil sentyabr. Dogʻistonning Buynaksk shahrida kuchli portlash sodir boʻldi. “Islomiy terrorchi”lar aybdor, deb topildi:

1999 – yil sentyabr. Yuqoridagi portlashdan keyin, oradan bir necha kun oʻtib, Moskva shahrining Guryanov koʻchasida xuddi shunday kuchli portlash yuzaga keldi. 106 kishi oʻldi, 690 kishi yaralandi:

1999 – yil sentyabr. Oradan ozgina vaqt oʻtib, 13- sentyabr erta tongda, Moskvaning Kashirskiy shosse koʻchasidagi 8 qavatlik aholi yashaydigan uy oldida 300 kg trotil ekvivalentdagi kuchli portlash sodir etildi. 124 kishi xalok boʻldi, 7 kishi yaralandi:

1999 – yil 16- sentyabr. Rostov viloyatining Volgodonsk shahari. Oktyabrsk shossesidagi 9 qavatlik uy binosi oldida bombaga toʻldirilgan GAZ-53 yuk mashinasi portladi. Voqea joyining oʻzida 18 kishi oʻldi, 1 kishi kasalxonada vafot etdi, 89 kishi turli darajada tan jarohati oldi…

Mazkur qoʻporuvchilik harakatlarini asosiy tashkilotchisi boʻlgan Putin “jinoyatlarni” fosh etishda jonbozlik koʻrsatishi ortidan reytingi misli koʻrilmagan darajada koʻtarildi va 2000 yili boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida gʻalaba qozondi.

Putin hokimiyat tepasiga kelgach ham oʻzining eski odatidan voz kechmadi va hokimiyatini mustahkamlashda sinovdan oʻtgan uslubini ishga solib, avvalgi portlashlarda boʻlgani kabi keyingi teraktlarda ham musulmonlarni aybdor qildi.

2002 yil 23 oktyabr kuni Moskvaning mavzeidagi “Nord Ost” teatr markazida “terrorchilar” 800 tomoshabinni garovga olishdi. Oradan 4 kun oʻtib voqea joyiga kelgan prezident Putin binoga hujum qilishga buyurdi. Tomoshabinlar zaliga kiritilgan zaharli gaz natijasida 130 garovdagi odamlar bilan birga “terrorist”larning hammasi yoʻq qilindi. “Terrorchilar” kavkaz millatiga mansub musulmon jangarilari boʻlganligi aytildi:

2004- yil 1- sentyabr kuni Beslandagi maktab “terroristlar” hujumiga duchor boʻldi. Voqeaning 3-kuni Putin binoga hujum uyushtirishga buyruq berdi. Hujum natijasida bino ichidagi 334 kishi, shu jumladan 186ta yosh bola qurbon boʻldi…

Yuqoirdagi xodisalarning barchasi Putin muammoga duch kelganda xalqning eʼtiborini burish uchun shunday fitnalarga suyanishiga dalolat qilib turibdi.

Putinning 12 yillik boshqaruvi davrida Rossiya iqtisodi abgor holatga keldi. Xalqning yashash darajasi kundan kunga yomonlashib, odamlar oʻrtasida norozilik paydo boʻla boshladi. 26 mart kuni Navalьniy boshchiligida oʻtkazilgan korruptsiyaga qarshi mitingda asosan yoshlar ishtirok etishi, 27 mart kuni “Platon” soliq tizimiga qarshi katta yuk mashinalari xaydovlari oʻtkazgan norozilik aktsiyasi va Mixail Xodorkovskiy 30 mart kuni Putinga qarshi “Nadoyel” (Jonga tegding) umumrossiya aktsiyasi oʻtkazishini eʼlon qilishi – aktsiya 29 aprelda oʻtkazilishi rejalashtirildi – bu ishlarPutinni yana tezkor choralar koʻrishga majbur qilgan koʻrinadi. Shu sababli ham Sankt-Peterburgda shoshlinch ravishda qoʻporuvchilik amaliyoti oʻtkazilishiga toʻgʻri keldi.

Bu ish shu qadar tez amalga oshirildiki, hatto rasmiy hukumat qanday bayonot berishni ham bilmay qoldi. Avvaliga Rossiya Bosh prokuraturasi bu ishni terakt deb atagan boʻlsa, keyinchalik Rossiya Bosh prokuraturasining vakili Aleksandr Kurennoy Sankt-Peterburgdagi portlashni terakt sifatida baholashga shoshilmaslik kerakligini maʼlum qildi.

Rossiya OAV esa birin ketin teraktni amalga oshirishda gumonlangan shaxslar suratini tarqata boshlashdi. OAV orqali surati tarqatilgan shaxs politsiya boʻlinmasiga keldi hamda oʻzining bu ishga aloqador emasligini maʼlum qildi. Bu ish natija bermagach, ikkinchi gumonlanuvchining fotosurati tarqatila boshlandi. Bu safar gumonlanuvchi sifatida Qozogʻiston fuqarosi 22 yoshli Maksim Arishevni qidirish ishlari boshlab yuborildi. Ammo Qozogʻiston tashqi siyosat idorasi matbuot kotibi Anuar Jaynakov “Facebook”dagi sahifasida Maksim Arishevni teraktga aloqasi borligi haqida gapirishga xali erta ekanligi haqida aytib chiqqanidan soʻng, Arishev ijrochidan terakt qurboniga aylandi.

Teraktni musulmonlar zimmasiga yuklashda qiyin vaziyatda qolgan Rossiya maxsus xizmatlariga Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi yordamga keldi. Qirgʻiziston maxsus xizmati xali tergov ishlari yurib turgan bir vaqtda Sankt-Peterburgdagi terakt Rossiya fuqaroligiga ega qirgʻizistonlik shaxs tomonidan sodir etilgani toʻgʻrisida maʼlum qildi.

“Ha, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Sankt-Peterburgda 3 aprel kungi portlashni Rossiya pasportiga ega Qirgʻiziston fuqarosi sodir etgan”,- dedi maxsus xizmat rasmiysi Raxat Sulaymanov “Interfaks” agentligi muxbiriga. Shunday qilib metroda oʻzini portlatgani gumon qilinayotgan shaxs 1995 yili Qirgʻiziston janubidagi Oʻsh shahrida tugʻilgan Akbarjon Jalilov boʻlib chiqdi.

Shundan soʻng Rossiya Tergov qoʻmitasi rasman Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ijrochisi Akbarjon Jalilov ekanligini maʼlum qildi. “Tergovda Sankt-Peterburg metrosidagi vagonda oʻzini portlatgan terrorchi shaxsini aniqladi. U 01.04.1995 sanada tugʻilgan Akbarjon Jalilov boʻlib chiqdi”,- deyilgan qoʻmita tarqatgan xabarda.

Shu oʻrinda oddiy bir savol tugʻiladi. Rossiyada amalga oshirilgan teraktdan kimga foyda?

Bunga javob tariqasida qisqacha shuni aytish mumkinki, avvalo bu ishlar Putin rejimi uchun kerak. Chunki xalq eʼtiborini asosiy muammolardan burish uchun hatto Suriya va Ukraina sharqida olib borilayotgan urushlar ham yetarli boʻlmay qoldi. Rus xalqi oʻz haq-huquqlarini talab qilib chiqa boshladi. Ayniqsa oʻsib kelayotgan yosh avlodni amaldagi boshqaruvga nisbatan ishonchi yoʻqolib bormoqda. Bu esa hukumat uchun katta muammo. Buni oldini olish uchun esa Putinni Rossiyadagi tinchlik garanti sifatida taqdim etish zarur. Qirgʻiz maxsus xizmatini bu ishga aralashishi esa Qirgʻizistonda kundan kunga kuchayib borayotgan islomiy muhitga zarba berishda Rossiya yordamiga suyanish uchun kerak boʻladi.

Abdurahmon Odilov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.