Amerikada foiz stavkasi koʻtarilishi ortidagi narsa nima?

813
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Amerikada foiz stavkasi koʻtarilishi ortidagi narsa nima?

Savol: 2017 yil 15 martda AQSh federal rezervi rahbari Janet Yyellen Federal rezerv tizimining ochiq bozor boʻyicha komiteti tomonidan foiz (ribo) stavkasi darajasi bir kunda chorak foizga koʻtarilganini maʼlum qildi. Bu – uch oy oraligʻida foiz stavkasi koʻtarilishining ikkinchisidir. Shuningdek, shu yil oraligʻida foiz stavkasi yana ikki marta koʻtarilishiga ishora qilingan… Maʼlumki, foiz stavkasi koʻtarilishi iqtisod tiklanayotganini anglatadi. Holbuki, AQSh iqtisodi hanuzgacha krizislardan jafo chekib keladi. Buni qanday izohlash mumkin? Sizga minnatdorchilik bildirib qolaman.

Javob: Darhaqiqat, 2008 yilgi moliyaviy krizis paytida Amerikada foiz (ribo) stavkasi qariyb nolьga tushirilgan va yetti yil davomida, yaʼni 2015 yil yakuni dekabr oyigacha mana shunday saqlanib qolgan. Oʻsha paytda ham Yyellen 2016 yil oraligʻida foiz stavkasi bir necha bor koʻtarilishiga ishora qilgan edi. Biroq, foiz stavkasi koʻtarilishini amalga oshirish muvaffaqiyatsizlikka uchragan va faqat yil yakunidagina foiz stavkasi koʻtarilgan. Foiz stavkasi koʻtarilishi yoki tushirilishi sabablarini tushunish uchun quyidagilarni aytib oʻtamiz:

Foiz stavkasi belgilanishidan maqsad – bu ish AQSh xazinasi obligatsiyalarini sotish va sotib olish qarorlari orqali amalda bajariladi – pul siyosatini belgilash, xususan AQSh bozoridagi naqd pul yetarliligi darajasini bilish uchundir. Bu – ikki asosiy sababga koʻra zaruriydir:
Bozorda naqd pulning yetishmasligi – agar foiz stavkasi yuqori boʻlsa – iqtisodiy oʻsishni sekinlashtiradi va bu, foiz stavkasi yuqori boʻlgani sababli bankdan qarz olishga odamlar talabi boʻlmagani uchun shunday boʻladi.
Bozorda naqd pulning koʻpayishi – agar foiz stavkasi past boʻlsa – infilyatsiyaga olib boradi. Chunki, foiz stavkasi past boʻlgani uchun bankdan qarz olishga odamlar talabi ortadi va bu bozorda naqd pulning koʻpayishiga sabab boʻladi.
Yyellen 2015 yildan buyon foiz stavkasi koʻtarilishi kerakligini aytib keladi. Unga koʻra, Amerikada ancha oldin boshlangan iqtisodiy turgʻunlik yakuniga yetib iqtisodiy oʻsish yaxshilangan va inflyatsiya boshlanganidan keyin foiz stavkasini koʻtarishdan koʻra uni hozir koʻtarilgani afzal. Bu – Yyellenning foiz (ribo) stavkasi darajasini koʻtarish toʻgʻrisidagi falsafasidir…
Bu dalil qoniqarsizdir. Chunki, AQSh iqtisodi hanuzgacha zaif. Amerikaning, qolaversa Gʻarbning pul siyosati siyosatchilar qarorlariga bogʻliq va u boʻlishi taxmin qilinganidek sof iqtisodiy omillarga asoslangan emas. Shuningdek, AQSh Federal rezervi qarorlari ham hukumat siyosatidan mustaqil emas. Lekin, foiz stavkalariga aloqador qarorlarning alohida siyosat ekanligi va uning siyosiy va iqtisodiy talablarga muvofiq borishi haqiqatdir. AQSh Federal rezervining yetti nafar noziri toʻrt yil muddatga senat roziligi bilan AQSh prezidenti tomonidan tayinlanadi. Shuningdek, rahbar va uning noibi ham mavjud nozirlar kengashi orasidan tayinlanadi. Uni ham prezident toʻrt yil muddatga tayinlaydi. Ular AQSh prezidenti istagiga muvofiq vakolatlari muddati oraligʻida bir necha bor qayta tayinlanishi ham mumkin.
Amaliy tomondan AQSh pul siyosati qarorlariga ikki siyosiy omil taʼsir qiladi. Bu omillarning birinchisi mahalliy, ikkinchisi xalqarodir:
Mahalliy sohada, amerikalik rahbarlar prezidentlik saylovlari paytida Amerika iqtisodini kuch bilan rivojlantirishni istaydi. Chunki, kuchli iqtisod prezidentning qayta saylanishida yoki uning partiyasi nomzodining saylanishida tayanch boʻladi.
Halqaro sohada esa, Amerika boshqa davlatlar iqtisodi bilan qattiq turib raqobatlashadi. Shu vaqtlarda olam iqtisodi 2008 yilgi olamiy iqtisodiy turgʻunlik sababli hanuzgacha zaif boʻlib qolmoqda. Yevropa va Yaponiyada foiz stavkalari nolь atrofida boʻlib qoldi. Qoʻshma Shtatlarda foiz stavkalarining koʻtarilishi ulkan boyliklarning Amerikaga oqib kirishiga olib boradi. Buning taʼsiri boshqa davlatlar iqtisodiga fojiaviy boʻlishi ham mumkin.
Qoʻshma Shtatlarda foiz stavkasining hozirgi paytda koʻtarilishi boshqa davlatlar iqtisodiga – garchi oʻtgan yilgidagidek boʻlmasa ham – alamli boʻlib qoladi. Nьyu-York Tayms gazetasi 2017 yil 9 martda Yevropaga doir quyidagi soʻzlarni nashr qildi: Foiz stavkalarining rasmiy turda koʻtarilishi uzoq yillargacha boʻlishi mumkin. Yevropa markaziy banki foiz stavkalari koʻrsatkichini oʻzgarishsiz qoldirdi va yil yakunigacha – garchi kelgusi aprel oyidan eʼtiboran past darajada boʻlsa ham – hukumat obligatsiyalarini va shirkatlar obligatsiyalarini sotib olish uchun ragʻbatlantirish choralarini davom ettirishini aytdi.
Xitoy Amerikaning foiz stavkalari koʻtarishdan koʻzlagan maqsadi Yevropaga tazyiq oʻtkazish va sarmoyani oʻziga jalb qilish ekanini tushunib yetdi. Shu sababli, Xitoy sarmoyasi Qoʻshma Shtatlardagi koʻtarilgan foyda ortidan Amerikaga chiqib ketishini oldini olish hamda Yevropa sarmoyasini jalb qilishda Amerikaga sherik boʻlish uchun Amerika foiz stavkalarini koʻtargan paytda u ham koʻtardi. Shunday qilib, foiz stavkalari koʻtarilishi toʻgʻrisida Amerikaning qarori chiqishi bilanoq Xitoy ham foiz stavkalari koʻtarilishini eʼlon qildi. Blumberg sayti 2017 yil 16 martda “Xitoy xalq banki federal bank bilan bir vaqtda kredit ustamalarini koʻtardi” sarlavhali maqolani nashr qildi. Xitoy markaziy banki tomonidan kredit ustamalari koʻtarilishining sababi shuki, barqaror iqtisod va korxonalarning jonlanishi siyosatni kuchaytirishda Federal rezerv izidan borish imkonini beradi.
Xulosa shuki, Amerikada foiz stavkalari AQSh iqtisodi tiklangani uchun koʻtarilmadi, balki Yevropadan sarmoyadorlarni oʻziga jalb qilish hamda ularning yurtidagi katta foydaga erishish uchun koʻtarildi. Chunki, Yevropada foiz stavkasi nolь atrofida. Koʻzlangan maqsad faqat iqtisodiy emas, balki Yevropani zaiflashtirishga hissa qoʻshish hamdir. Zero, Yevropaning zaiflashishi uni parchalanishiga olib boradigan krizislarga giriftor qiladi.
29 jumodus-soniy 1438h

28 mart 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.