Peterburg metrosidagi gumondor shaxsning kimligi eʼlon qilindi

Peterburg metrosidagi gumondor shaxsning kimligi eʼlon qilindi

Peterburg metrosida vagonni portlatib yuborgan shaxs Qirgʻizistonda tugʻilgan, oʻzbek millatiga mansub Rossiya fuqorosi boʻlgan. Bu haqda “kabarlar.kg” agentligi, Rossiyaning “fontanka” internet gazetasi tarqatgan maʼlumotiga tayanib xabar tarqatdi. 4 aprel kunidan boshlab Qirgʻizistonning 1 – kanali va boshqa rasmiy telekanallar ushbu xabar asosida reportaj tarqata boshlashdi.

Maqolaning maʼnosi quyidagicha: – 3 aprel kuni metrodagi terakt vaqtida oʻlgan odamlar ichida 22 yoshli Maksim Arishev nomli Qozoq fuqorosi boʻlgan. Avvalda shu yigit teraktning uyushtiruvchisi degan gumon tarqaldi.

1995 yili Qirgʻizistonda tugʻilib, hozirda Rossiya fuqoroligini olgan, Piterda kolledj talabasi, millati Oʻzbek boʻlgan Jalilov Akbarjon ham ikkinchi gumondor shaxs sifatida koʻrilmoqda. Jalilov ham portlagan vagonda halok boʻlgan.

Lekin huquq tartibot organi xodimlari bu portlatuv amaliyotiga terrorlik aktsiyasi deb baho berishga shoshilmayotganlarini bildirishmoqda. Rossiya prezidentining matbuot kotibi D. Peskov, “terakt sodir etilgani koʻrinib turibdi, lekin barcha holatlar ustidan tergov jarayoni olib borilishi shart” dedi. Sodir etilgan qoʻporuv amaliyotidan keyin Peterburg gubernatori shaharda uch kunlik motam eʼlon qildi. Metrodagi qoʻporuv amaliyotining oqibatidan hozircha 11 kishi halok boʻlgani, 45 kishi har xil darajada jarohat olgani aytilayapti.

Tahlil:

Rossiya jamoatchiligi bu qoʻporuv amaliyoti oldida bir necha pozitsiya va gumonlarga ergashmoqda. Juda koʻp siyosiy ekspertlar bu hodisaga Putin rejimi oʻzining korruptsiyasiga qarshi xalq qoʻzgʻalonlariga aloqador muammolardan qutulish uchun oʻz fuqorolarini yana portlatishni boshlab yubordi, deya baho berishyapti. Rus xalqining aksari shu gumonga moyillashib boryapti.

Ruslarning ichki siyosiy muammolari qurboni boʻlgan bu marhum Qozoq va Qirgʻiz fuqorolarini gumondor qilib koʻrsatish uchun, jamoatchilikka bu asossiz maʼlumot nega tarqatilayapti? Balki atayin uyushtirilgan bu amaliyotlardan Qirgʻiz va Qozoq kuch organ xodimlari uchun ham biror manfaat topib berish maqsad qilingandir. Negaki, Qirgʻiz prezidenti va uning atrofidagi siyosiy mulozimlarining ahvoli ham Putinnikidan deyarli farq qilmaydi.

Demak, Putin oʻzining rejimi boshiga tushib borayotgan muammolardan qutilish maqsadida, oʻziga tobe qoʻshni mamlakatlar bilan birga global qarshilik frontini paydo qilishga harakat qilyapti. Chunki Gʻarb sistemasi taʼsiri ostida Rossiyada paydo boʻlgan kuch Putinning rejimi bilan Rossiyaning manfaatlari bir biriga zid ekanini faktlar bilan ochib tashlamoqda. Buning oqibatida Rossiyada rangli inqilob boshlanish xavfi kuchayib boryapti. Qirgʻiziston va Qozogʻiston hukumatlari ham Rossiyaning rejimiga suyanadi. Putinning rejimi qulasa, unga tobeʼ rejimlar ham uzoqqa bormaydi. 4 aprel kuni Qirgʻiziston GKNB malumot xizmati tomonidan rasmiy telekanal orqali Roxat Sulaymanovning bayonoti tarqatildi. U “Rossiya hozircha bizning fuqoromiz haqida maʼlumot soʻragani yoʻq, lekin biz hamkorlikka tayyor turibmiz” dedi.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz bu amaliyot uchun Qirgʻizistonda tugʻilgan Oʻzbek shaxsi tanlangan. Yana bu shaxs Islomiy shaxs sifatida tarqatilyapti. Yaʼni bu amaliyot avvaldan tayorlanib, unda Qirgʻiziston ichki muammolaridagi bir qator nozik nuqtalar ham hisobga olingan. Bu bilan Qirgʻiz – Oʻzbek millatchilari oʻrtasidagi keskinlikdan foydalanish ehtimoli uchun zamin tayyorlash va ishni Islomiy tomon burib yuborishga ham muhit paydo qilishyapti. Demak, bu qoʻporuv amaliyoti ortidan jamoatchilikning raʼyi kuzatiladi va shunga munosib tomonga qarab bu amaliyotlar kuchaytiriladi.

Qoʻporuv amaliyotini uyushtirgan deb gumon qilinayotgan Putinning rejimi bu qoʻporuvdan biror manfaat chiqara olishiga aqli yetsa, uni siyosiy maʼlumot urushidagi qurolga aylantiradi va bu uning oxirgi qoʻporuv amaliyoti boʻlmaydi. Aksincha, ish teskarisiga ketib, jamiyat uning bu nayrangini inkor qilib, ishning haqiqatini ochib yubora olsa, unda hokimiyat bu ishga unchalik katta eʼtibor qaratmaydi, keyingi tayorlanib borayotgan teraktlarini ham toʻxtatishga majbur boʻladi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.