Mamlakatda toʻpolon chiqarishni xohlovchilarni qamoq kutib turipti

732
0

Mamlakatda toʻpolon chiqarishni xohlovchilarni qamoq kutib turipti

Qirgʻiziston OAV bergan xabarga koʻra, mamlakatni 2013-2017 yillarda barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy kengash yigʻilishida ishtirok etgan Almazbek Atambayev, Qirgʻizistonda toʻpolong chiqarishni istovchilarni tergov izolyatori kutib turganini maʼlum qilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, mamlakat oʻz vaqtida namoyishlar va zoʻravonliklar tufayli nom chiqargandi. Endi esa mamlakatda islohotlar olib borilmoqda, dunyo bu mamlakatni Butun dunyo koʻchmanchilik oʻyinlari orqali biladi.

“Endi qoʻshni davlatlar Qirgʻizistonni kamsita olishmaydi. Ular bizga havas bilan qarashadi”,- dedi Atambayev.

“Bizning mamlakatimiz va xalqimiz shu toʻgʻri yoʻlda harakatlanishda davom etadi. Agar biz oʻz yutuqlarimizni yoʻqotishni istamasak, 25 yillik yoʻl xaritasini ishlab chiqishimiz kerak. Men mamlakatimiz bu yoʻlda ravon harakatlanadi deb oʻylayman. Turli manfur siyosatchilar bizni yoʻldan chiqarib yubora olmaydi”, – degan Almazbek Atambayev.

U ikkinchi inqilob arafasida oʻzi ham qamoqda oʻtirganini eslatib oʻtdi.

“Men ham shunday kamerada boʻlganman. Ammo hozir butunlay boshqacha vaziyat. Tartibsizliklar istayapsanmi, unda seni tergov izolyatori kutadi, eshiklar ochiq. Tinchlik va barqarorlik – biz erishgan eng asosiy yutuqlar. Qirgʻiziston suveren davlatga aylandi. Biz hech kimga bu tinchlikka daxl qilishga yoʻl qoʻymaymiz. Kimni yuborishmasin, endi mamlakat boshqa yoʻlga burilmaydi. Bizning mamlakatimiz milliy va madaniy tugʻilishning tarixiy bosqichini boshdan kechirdi”, – degan prezident.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.