Toshkentda ShHT davlatlarida diniy ekstremizmga qarshi kurashish muhokama qilindi

489
0

Toshkentda ShHT davlatlarida diniy ekstremizmga qarshi kurashish muhokama qilindi

“sputnik.kg” saytining xabar berishicha, Toshkent shahrida payshanba, 30 mart kuni Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MAAT) kengashining oʻttizinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda ekstremistik yoʻnalishdagi diniy oqimlar faoliyatiga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma choralar muhokama qilindi.

“ShHT aʼzo-davlatlari tegishli idoralarining ekstremistik yoʻnalishdagi diniy oqimlar faoliyati tufayli kelib chiquvchi chaqiriq va xavflarga qarshi harakat qilish boʻyicha qoʻshma choralar haqida kelishib olish taklif etilmoqda”, – deya xabar berishdi ShHT MAATda jurnalistlarga.

Kun tartibida shuningdek, ShHT davlatlarining terrorizm, separatizm va ekstremizm bilan kurash boʻyicha hamkorligining huquqiy asosini tashkil etish masalalari ham bor.

Yigʻilishda Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston vakillari ishtirok etadi.

2001 yilda tashkil etilgan ShHTga Xitoy, Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston kiradi. 2016 yilning iyunidagi Toshkent sammitida tashkilotga Hindiston va Pokistonning qabul qilinishi haqida memorandumlar imzolandi. Ayni damda Afgʻoniston, Belarus, Eron va Moʻgʻuliston ShHT kuzatuvchi-davlatlari sanalsa, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka – sherik-mamlakatlar hisoblanadi. Shanhay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy terrorchilikka qarshi kurash tuzilmasi 2004 yilda tashkil etilgan boʻlib, qarorgohi Toshkent shahrida joylashgan.

Turkiston:

ShHT tashkiloti xalqaro siyosatda taʼsirli quvvatga ega boʻla olmadi. U ham olamda yuzlagan taʼsirsiz xarqaro tashkilotlar safidan joy oldi.

Har qanday xalqaro tashkilotning muvaqqiyati va mavqeyi uni tuzgan yetakchi davlatning xalqaro siyosatdagi oʻrni va vazniga bogʻliq boʻladi. Yetakchi davlatning xalqaro siyosatdagi darajasi esa, uning mabdaiy va mafkuroviy printsiplaridan kelib chiqqan xalqaro obroʻsiga bogʻliqdir. ShHT tashkilotining asoschilari va yetakchilari boʻlmish Xitoy va Rossiyaning har ikkisida ham, yuqoridagi olamiy yetakchilikka asos boʻla oladigan omillarning birortasi mavjud emas. Shuning uchun bu kabi tashkilotlar faqat rasmiyatchilikka va arzimas ishlar bilan kifoyalanishga mahkum boʻladi.

Tarixda NATOga qarshi tuzilgan “Varshava shartnomasi davlatlari” nomi ostida sakkiz davlatdan iborat tashkilot mavjud edi. Ularni sobiq SSSR davlati birlashtirib, kapitalistik lagerga qarshi sotsialistik printsiplarga asoslangan kommunistik mabda (sistema) bilan muayyan mintaqani ulardan himoya qilib turishar edi. SSSR bilan birga kommunistik mabda ham quladi. “Varshava shartnomasi” tashkiloti ham, oʻz oʻzidan yoʻq boʻlib ketdi.

Rossiyaning hozirgi ahvoli oʻta nochor. U suyanishi mumkin boʻlgan biror mafkurasi ham yoʻq. Rossiya kapitalistik sistema bilan ketayotganini daʼvo qilgani bilan, iqtisodini sotsialistik printsiplardan olgan noaniq bir tuzum asosida olib borayapti. Xuddi mana shu betayin bashqaruv sistemasi Rossiyani iqtisodiy boʻhron va inqiroz holatiga solib qoʻydi.

Xitoy esa buning aksi. U kommunistik mabdani oʻz siyosatiga asos qilgani bilan, iqtisodiy sistemasini kapitalistik asosga qurib olgan. Bu ham oʻta xavfli sistema boʻlib, xuddi boʻgʻizlangan hoʻkizni eslatadi. Xitoy ham yaqin kelajakda juda kuchli iqtisodiy boʻhronni boshidan kechiradi.

Bu ikki davlatning siyosatlari xunasa odam misoli, betayinlikni paydo qildi. Endi bu ikki qudratli davlat xalqaro siyosat maydonida oʻz mavqeʼlarining bir qismini boʻlsa ham saqlab qolish uchun jon berib harakat qilishyapti. Ular magʻlubiyatlarini tan olishdi. Endi oʻz yurtlarini saqlab qolish maqsadida, har xil tashkilotlar paydo qilib, islomiy mafkuraviy, olamiy harakatni toʻxtatib qolish uchun salmoqli hissa qoʻshayotgandek koʻrinishyapti. Chunki kufr olami mavjud olamiy sistema vositasida birdamlik va hamfikrlik bilan, faqat islomiy mabdaiy harakatga qarshi bir tomonlama harakatlanisha olishadi.

Shuning uchun bu kabi muvoffaqqiyatsiz tashkilotlar faqat “terrorizm” va “ekstremizm” kabi muammolarni koʻtarib olib, oʻzlarini bu muammolarni bartaraf qilish uchun nimalardir qilishayotgandek koʻrsatishga harakat qilishadi. Aslida bular oʻzlarining xalqaro siyosatda hech qanday taʼsirga ega emasliklarini yashirishmoqchi boʻlishyapti. Shuningdek, AQSh olib borayotgan Islom va musulmonlarga, ularning islomiy mabdaiy uygʻonishiga qarshi urush maydonida oʻzlarini ishtirokchi qilib koʻrsatishmoqchi boʻlishadi. Shu maqsadda Rossiya Suriyani AQShning ruxsati bilan, u koʻrsatib bergan tinch aholi yashovchi mintaqalarni bombardimon qilyapti.

Rossiya bilan Xitoyning mavqeyi va iqtisodiy holatlari, yaqin kelajakda yuksalmaydi. Aksincha tubanlashib boraveradi. Demak ShHT kabi ularga koʻz tikkan tashkilotlarning barchasi, inqiroz va muvaffaqqiyatsizlikka uchrashi muqarrar. Unga aʼzo boʻlayotgan davlatlar ham buni bilishadi. Lekin rasmiyatchilik va oʻzgarib turuvchi dunyodan yana bir umid ularni bu tashkilotga aʼzo boʻlishga undaydi. Bu tashkilotga aʼzo boʻlish bilan, yetakchi davlatni oʻzlariga eʼtiborini tortmoqchi boʻlishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.