Oʻzbekiston senati Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik shartnomasini tasdiqladi

863
0

Oʻzbekiston senati Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik shartnomasini tasdiqladi

“Sputnik” sayti xabariga koʻra, Oʻzbekiston senati Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish haqidagi shartnomani tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Rossiya Federatsiyasi Oʻzbekistonning asosiy hamkorlaridan biri boʻlgan va boʻlib qoladi. Xususan, harbiy-texnik hamkorlik sohasida bizda koʻp tutash nuqtalarimiz va umumiy manfaatlarimiz mavjud”,- dedi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligidagi Jamoat kengashi vakili Iqboljon Mirzoaliyev.

Uning soʻzlariga qaraganda, shartnoma Rossiyadan Oʻzbekistonga harbiy texnika yetkizib berish jarayonini osonlashtiradi. Xususan, mavjud boʻlgan vositachilar xizmatidan voz kechish va qurol-yarogʻni imkon qadar past narxlarida sotib olish huquqiga ega boʻladi.

Senatorlar ushbu shartnoma imzolanishini bir ovozdan tasdiqlashgan. Endi shartnoma kuchga kirishi uchun uni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolashi kerak.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya orasida harbiy texnik hamkorlik shartnomasi 2016 yilning noyabrida imzolangan edi. Shartnoma kuchga kirishining oxirgi bosqichi, yaʼni Rossiya va Oʻzbekiston ratifikatsiya gramotalari bilan almashishi, 2017 yilning aprel oyida, Mirziyoyevning Moskvaga rejalashtirilayotgan safari chogʻida amalga oshirilishi kerak.

Shartnomasining asosiy maqsadi — harbiy-texnik sohada hamkorlikni chuqurlashtirish, Oʻzbekiston armiyasini zamonaviy texnika bilan jihozlash, tomonlarning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, mutaxassislar tayyorlash va oʻzaro maslahatlar oʻtkazishdir. Shartnomani amalaga oshirish Rossiya harbiy-texnik hamkorlik kengashi va Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi deb belgilandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.