AQSh Turkiyadan “Radikal Islomiy terrorizm”ga qarshi kurashda faol ishtirok etishni kutmoqda

396
0

AQSh Turkiyadan “Radikal Islomiy terrorizm”ga qarshi kurashda faol ishtirok etishni kutmoqda

Amerika qoʻshma shtatlari oʻzining Yaqin Sharqqa oid siyosatini oʻzgartirish niyatida. Bu haqida AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq boʻyicha maslahatchilaridan biri Sal Saygin Shimshek maʼlum qildi.

“Yaqin Sharq siyosati oʻzgarmoqda. Qanday oʻzgarmoqda? Dunyodagi energiya siyosati oʻzgarmoqda. Ilgari, dunyodagi energiya siyosatining mehvari Yaqin Sharq boʻlgan boʻlsa, endi Amerikadir. Ehtimol, kelajakda Rossiya boʻlar. Shunday ekan, buning siyosiy va iqtisodiy natijalari ham boʻladi. Bu katta oʻzgarish hisoblanadi. Oʻylaymanki, bu oʻzgarishga hamma moslashadi va yaxshi kunlar keladi”, dedi Shimshek.

Shimshekning taʼkidlashicha, AQShning Yaqin Sharq siyosati borasida Turkiyadan kutgan eng katta umidi “Radikal Islomiy terrorizm”ga qarshi kurashda faol ishtirok etishdir. Shimshek AQSh idorasining Turkiyaga oid qarashlari haqida toʻxtalar ekan, oʻtgan sakkiz yil mobaynida Turkiya-AQSh munosabatlari haddan tashqari qalqib qolgan, deb hisoblashini qayd etdi.

“Bizning umidimiz bu munosabatlarni qayta tiklashdir. Shuning uchun Tramp birinchi nutqining 3 daqiqasini mana shunga, yaʼni radikal Islomiy terrorizmga qarshi kurashga ajratgan edi. Bu albatta boʻladi. Unutmasligimiz kerakki, Turkiya hali ham Yaqin Sharq mintaqasidagi aksariyat aholisi musulmon boʻlgan mamlakatlar orasida ilmoniy demokratik davlatdir. Radikal islomiy terrorga qarshi kurash faqat harbiy jihatdan boʻlmaydi. Bu mafkuraviy jihatdan ham boʻlishi lozim. Bu kurashda mafkuraviy jihat ilmoniy hukumatlar zimmasiga tushadi”, dedi u.

Tramp hukumati ayni paytda Turkiyadan kutgan ish “Radikal Islomiy terror”ga qarshi kurash ekanligini taʼkidlagan Shimshek “Donald Tramp nutqida nima dedi? Eski doʻstligimizni qayta jonlantirishmiz kerak. Agar buning iloji boʻlmasa, yangi-yangi doʻstlikni barpo etish lozim. Biz eski doʻstlarmiz, buni jonlantiraylik”, deya qoʻshimcha qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.