3- mart Ummat “Qalqon”ini yoʻqotgan kun

1268
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

3- mart Ummat “Qalqon”ini yoʻqotgan kun

Islom tongi yorishgan kundan boshlab, Islom fikrlari bilan kufr fikrlari, musulmonlar bilan kofirlar oʻrtasida dahshatli kurash boshlandi. Rasulullox(s.a.v) 610 y. paygʻambar boʻlib yuborilgan vaqtdan boshlab to Madinada 622.09.27 kuni Islom davlatiga asos solinib, bir qancha muddat islomiy quvvat tashkil boʻlgunga qadar faqat fikriy kurash bilangina cheklandilar. Madinada Islom davlati tiklanib, oʻz armiyasiga ega boʻlgan oʻsha kundan boshlab fikriy kurash bilan yonma-yon qurolli kurash, yaʼni jaholat zulmatlarida har xil nomlar ostida eng sharafli mavjudot boʻlmish insoniyatni ezib kelayotgan zulmatlarni parchalash ham boshlandi. Qisqacha aytganda, aldov, zoʻravonliklar, nohaqliklarning posboni boʻlgan kufr kuchlarini parchalab, insoniyatni Islom nuriga olib chiqish uchun Alloh Taolo farz qilgan moddiy jihat boshlandi.

Kurash uzoq yillar shunday davom etdi. Hujjat asosidagi fikriy kurash bilan birga jihod ham, to xalqlarni ezib kelayotgan zolim kuchlar yer yuzidan tozalangunicha yoki Kiyomat kunigacha davom etajak. Mana shu sababli kufr – Islomning, kofirlar – Musulmonlarning dushmani boʻlib qoldi. Yer yuzida Islom va kufr, Musulmonlar va kofirlar mavjud ekan bu holat to Kiyomat kunigacha davom etaveradi. Bu qattiq va doimiy urushni Musulmonlar hayotining har bir lahzasida ravshan idrok qilishlari, hamda uni Islom bilan kufr, Musulmonlar bilan gʻoyridinlar oʻrtasidagi aloqalar uchun meʼyor-oʻlchov qilib olishlari zarur.

Rasululloh(s.a.v)ning Makka shaxrida olib borgan fikrny kurashlari mashaqqat, sabr va matonat bilan 13 yil davom etdi. Bu davr ichida Islom fikrlari kufr fikrlari ustidan gʻalaba qozondi va kofirlar hajjat asosida bahs qilishga hech chora topisha olmaganlaridan musulmonlarga ozorlar bera boshladilar. Quvgʻinlar, hatto baʼzilarining shahid qilinishigacha yetib borgan zulmlarga duchor boʻlgan Rosululloh(s.a.v) va U Zotning ashoblarini (r.a.) madinalik ansorlar qarshi oldilar. Kofirlarning har qancha qarshiliklariga qaramasdan, Alloh Taolo Islomni ularning qoʻllari bilan barcha dinlar ustidan gʻolib qildi. Oʻshandan boshlab, boshqalar bilan boʻlgan hamma urishlarda musulmonlarga zafar yor boʻldi. Musulmonlar garchi baʼzi bir janglarda yengilgan boʻlsalar ham, lekin ular urushlarda albatta gʻalaba qozonar edilar. Musulmonlar 6 asr davomida barcha janglarda gʻalaba qozondilar. Bu muddat davomida Islom Davlati olamida yagona yetakchi davlat boʻlib qoldi. Bunday ulkan gʻalaba insoniyat tarixida Musulmonlardan boshqa hech kimga, Islom Davlatidan oʻzga biron bir davlatga nasib etgan emas. Ummat oʻz tarihida faqat xalifalik davlatida yashab keldi va bir necha xalifalar birin ketin rahbarlik qilib, Rasululloh(s.a.v)ning quydagi hadislari oʻz tasdigʻini topdi:

“Banu Isroilga paygʻambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir paygʻambar halok boʻlsa, ortidan boshqa bir paygʻambar kelardi. Mendan keyin esa paygʻambar yoʻq. Xalifalar boʻladilar. Koʻp boʻladilar. … ”

Xulafoi roshidinlar: 4

Shomdagi umaviy xalifalar:14

Abbosiy xalifalar: 37

Usmoniy xalifalar: 37

Musulmonlar mazkur xalifalarni “xalifa” yoki “sulton” deb atashda turli davrlarda bir qancha ixtiloflarga borganlar. Ularning ixtiloflari xalifalarning vazifalari va ularni tiklash vojibligi xususida boʻlmay, faqat ularni qanday nom bilan atash ustida borgan. Abu Bakr, Umar, Usmon va Aliylarni (Alloh ulardan rozi boʻlsin) barcha davr musulmonlari bil-ittifoq xulafoi roshidinlar deb ataganlar. Umaviy xalifalarni va Abbosiy xalifalarni oʻsha davrda yashab oʻtgan musulmonlar xalifalar deb atasalar, keyingi davrdagi musulmonlar podshohlar deb ataganlar. Usmoniy xalifalarni aksar musulmonlar xalifalar desalar, baʼzilar sultonlar yoki turk sultonlari deb ataganlar.

Ularning barchalari xalifa boʻlganlar. Ularning barchalari islomiy davlatning rahbar-hokimlari boʻlganlar. Hokimiyatga musulmonlarning bayʼat berishlari orqali kelganlar va islomiy davlat fuqarolariga islomiy ahkomlarni – Qurʼon va sunnatni tatbiq etganlar.

Rosululloh(s.a.v) bu dunyodan rihlat qilgan kundan to 1924yilning 3 martigacha xalifalarninin doimo “bayʼat” yoʻli bilan saylanishlari va Islom davlatini kuchli holatda bardavom etishi Ummatning asosiy diqqat eʼtiborida boʻlgan. Hatto xalifalikning oxirgi damlarida ham, yaʼni Oʻrta Osiyoni Chor Rassiyasi xalifalikdan ajratib olgan, bolqonni va janubiy Afrika oʻlkalarini Yevropa davlatlari bosib olgan davrlarda ham xalifalikka boʻlgan bunday eʼtibor ularda zaiflashmagan edi. Bunga bir misol tariqasida hozirgi Pokiston yurtlarida boʻlgan hodisani keltirib oʻtaman. U yerdagi bir maydonga, tepasidan pul solishga moslashtirilgan sandiq turardi. Bu sandiq xayriya kutisi emas edi, balki uning ustiga “Usmoniy xalifalik havf ostida, unga har kim baholi qudrat moddiy yordam qilsin” deb yozib qoʻyilgan edi. Hamma topgan-turganini olib kelib tashlardi. Shunda bir muslima ona sandik atrofida aylanib yurib, koʻringan insonga bolamni sotaman, kim oladi deb u yoqdan, bu yoqqa yugirib yurar edi. Bundan taajublangan bir badavlat odam;

ey, sinlim, bu bolani yoʻldan topib oldingmi? – deb soʻradi.
Yoʻq, oʻzimning jigarbandim deb javob berdi, bir oz sekinlab.
Ey, noshukr ayol! Nega oʻz bolangni sotayapsan…?! Toʻgʻrida, qanday berahim ona oʻz bolasini sotadi?! Hech bir iymonli, toza koʻngilli ona, oʻz farzandini sotishga, bagʻridan umuman ajratib tashlashga jurʼat qilolmaydi.
Yo muhtojlikdan shu qabohatga qoʻl urmoqchimisan? Yoki ogʻir dardga chalindingmi? Senga pul nima uchun kerak?
Axir, sandiq ustiga yozilgan eʼlonni oʻqimadingmi?! Xalifalik ogʻir ahvolda ekan. Agar xalifalik qulatilsa, unda butun Ummat tugaydi. Oʻshanda haqiqiy halokat boʻladi. Bolamgina emas, butun Ummat parchalanadi, yomon ahvolga tushadi–yu?! Xalifalik qulatilsa, bizni kim himoya qiladi va xalifamiz bizning “Qalqon”imizku! Men bolamni sotib, pulini oʻsha sandiqqa tashlamoqchiman, boshqa qoʻshadigan narsam yoʻq-da…
Imom Muslim Abu Hurayra(r.a)dan rivoyat qiladi: “Rasululloh(s.a.v) dedilar: “Albatta imom (Xalifa) qalqondirki, uning ortida turib urushiladi va u bilan himoyalaniladi”.

Ha, Ummatning “Qalqon”i yoʻqolsa, toza qalbli, haqiqiy iymonliklardan tashqari hammaga qoʻrqoqlik baloi omm boʻladi. Natijada oʻzlarining kindik qoni toʻkilgan yurtlariga oʻzgalar egalik qiladi. Jannat makon boʻlishishiga, tabiiy konlar bilan toʻtib toshganiga qarmasdan boyliklarini talon–taroj boʻlishiga sukut saqlab, oʻzga yurtlarga; Rossiyami, Koreyami, har qancha qiyinchiliklarga qaramasdan ketaveradi. Bizning tillalarimiz qani?, konlarimiz nima boʻlyapti? – degani jurʼat qilolmaydi.

Ummatning “Qalqon”i yoʻqolsa, ayollarini himoya qilolmaydigan dayuslarga aylanib qoladilar. Hamyurtlari, hatto oʻz yaniqlari oʻzga yurtlarga tanalarini sotishga majbur boʻlib ketishayotganiniga koʻz yumadilar.

Ummatning “Qalqon”i yoʻqolsa, yurtdoshlardan chiqqan haqiqiy, sheryurak qahramon yurt oʻgʻlonlari kufrning nayranglariga, aldovlariga uchib, oʻz xalqiga xoinliklar qila boshlaydi, el–yurtning gʻazabi toshganda kufrni qoʻyniga qochib qoladigan gʻurursizlarga aylanib qolishadi.

Ummatning ““Qalqon””i yoʻqolsa, musulmon boʻlib dunyoga kelsalar ham, nikoh bilan hayotlarini boshlasalar ham, janoza bilan oʻliklarini oxirgi safarga kuzatsalar ham farzandlariga oʻz Islomlarini oʻrganishlariga imkon–sharoit yaratib berolmaydilar.

Ummat “Qalqon”ini yoʻqotsa, ilm–fan, ixtiro sohasida; meditsina, astranomiya, algebra kabi sohalarda, iqtisodiy va harbiy sohada ham, oilalarning mustahkamligi, koʻp farzandlik borasida ham uzoq yillar dunyoga yetakchilik qilib kelgan tarixlarini buzuq suratda, kufr tasvirlab bergan koʻrinishda oʻrganadilar.

Shuning uchun oʻz umrini Islom uchun bagʻishlagan ustozlardan biri “kufr bizga shunday ish qildiki, agar erkaklarimizni qiymalab, temir taroqlar bilan taraganida ham, ayollarimizni oʻldirib yuborganida ham hozirgi qilgan ishlaridan yengilroq boʻlar edi” deb afsuslangan. Chunki biz Islomimizdan yuz oʻgirdik, natijada kufrga oshiqib, unga malaylik qilish uchun kreslo talashadigan, unga erishish yoʻlida bir birlarimizni urishtiradigan xoinlarga, ayollarimizni sharmandalarcha yurishlariga beparvo dayuslarga, doʻsti-dushmanni ajrata olmaydigan gumrohlarga, birovda koʻrgan narsamizni koʻr-koʻrona qiladigan manqurtlarga, nohaqliklar, aldovlar, yolgʻonlarga tomoshabin boʻlib turadigan or-nomussizlarga, boyliklarimizni talon-taroj boʻlishiga jim turadigan qoʻrqoq-soqovlarga aylanib qoldik.

Hayotning barcha tarmoqlari ishonchsiz ahvolga kelib qoldi. Xalqdan yigʻilgan mablagʻlar evaziga boyib yotgan rahbarlar, deputatlar, jarnalistlar, sud-prokratura hodimlari, organ hodimlariga bosh boʻlganlar oʻz xalqiga xiyonat qilishlari odatiy holga aylandi. Hech qanday narsa umid qilmasdan, faqat Alloh Taoloning rizosini istab, kechayu-kunduz tinmay, ogʻir turmish sharoitidan imkon topib, oʻz xalqiga jokuyar oʻgʻlonlariga qora dogʻlarni choplab, “ekstremist”, “terrorist” kabi tamgʻalarni yopishtirib qamoqlarga tashlamoqda.

Bu balodan qutilish yoʻli, har qancha qiyin boʻlsa ham, Islomimizga qaytish, uni yaxshilab oʻrganish, oʻrgatish va oʻsha asosidagi hayotni boshlashdir. Bu boradagi qiyinchiliklarni katta qismini Rosululloh(s.a.v)ning haqiqiy merosxoʻrlari sahih ijtihod bilan mufassal yechib, kitoblarga bitib qoʻydi. Bizga bu boradagi qiyinchiliklarni yengillatdi. Biz oʻsha koʻrsatmalarni olishimiz, ishonchli yoʻllanmalar asosida har bir ishga yondoshishimiz bilan kufrning changalida qutilamiz va “qalqon”imiz yana tiklanadi va biz avvalgi yetakchilik maqomimizga qaytib, zoʻravon zolimlarni tiyib qoʻyamiz, olamni jaholat botqogʻidan Islom nuriga olib chiqamiz, inshoalloh. Alloh Taolon “Raʼd” surasida shunday deydi;

إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ

– „Aniqki, to biron qavm oʻzlaridagi narsani oʻzgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini oʻzgartirmas“. [13:11]

Alloh Taolo ushbu oyatda “oʻzlaridagi narsani” deb, oʻzimizdagi narsani oʻzgartirishni bu dunyodagi ahvolimizni oʻzgartirishni shart qilyapti. Oʻzimizdagi nimani oʻzgartira olamiz? shaklimizni, yuz tuzilishimizni, rangimizni, ovozimizni, naslimizni yoki boʻyimizni oʻzgartira olmaymiz. Biz eʼtiqodimizni, tushunchalarimizni, amallarimizni, hamda urflarimizni oʻzgartira olamiz. Demak, demokratiyaga oʻxshagan ahmaqona eʼtiqodni yoki undan kelib chiqayotgan gʻayriinsoniy tushunchalarni qabul qilsak yoki oʻshanday odamlarga taqlid qilsak, ularni qoʻllab quvvatlasak, demak ahvolimiz oʻshanga yarasha boʻladi. Agar biz aqidalarni ham, tushunchalarni ham tekshirib, fikrlab koʻrib faqat toʻgʻrisini olsak, unda hayotimiz ham tugʻri boʻlishini va Alloh Taolo hozirgi ahvolimizni ham toʻgʻrilab qoʻyishini taʼkid bilan xabar qilmoqda. Bu farzand koʻrish masalasiga oʻxshaydi. Farzandni Alloh Taolo beradi. Lekin duo qilishning oʻzi bilan farzandli boʻlmasligini hamma biladi. Oila qurmasdan farzand soʻrab kecha-yu, kunduz duo qilgan kishini koʻrsang kulging qistaydi. Bu oʻrinda duo qilib, Allohdan farzand soʻrashi notoʻgʻri emas, balki oʻzi bajarishligi kerak boʻlgan ishni qilmasdan turib duo qilishining oʻzidan maqsad hosil boʻlmaydi. Shunga oʻxshab, mustamlakadan, jaholatdan qutilish faqat duo qilish bilan yoki bir necha shaxslarning urinishi bilan boʻlmaydi, oyatda “قوم” qavm deb bir xalqdagi oʻzgarish oʻshalarning oʻzgarishi, yaʼni urfini oʻzgarishi bilan boʻlishini ifodalamoqda. Jobir ibn Abdulloh(r.a)dan rivoyat qilinadi, u aytadi: … Rasululloh(s.a.v) dedilar: “Ummatimning oxirida mol-dunyoni hech bir hisob-kitob qilmay, moʻl-koʻlchilik bilan odamlarga tarqatadigan xalifa boʻladi”. Roviy: Abu Nazra va Abul Alodan: “U xalifa Umar ibn Abdul-Azizmi?” – deb soʻradim. Ular: “Yoʻq”, – deb javob berdilar, deb aytadi. [Sahihi Muslim, 5189-hadis]

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.