Atambayev Belgiyaga uchib ketdi

425
0

Atambayev Belgiyaga uchib ketdi

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Almazbek Atambayev boshchiligidagi delegatsiya 15 fevral kuni Belgiyaga uchib ketdi. Delegatsiya safida Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, prezident maʼmuriyatining tashqi siyosati boʻlim boshligʻi Ayzada Subakojoyeva, prezdent maslaxatchisi Kalik Sultonov, prezident maʼmuriyati rahbari Turusbek Koyenaliyev va hukumatning Jalolobod viloyatidagi vakili Kiyanbek Sotvoldiyevlar bor. Bulardan tashqari Qirgʻizistonning Belgiyadagi elchisi, Yevrokomissiyadagi doimiy vakili Asein Isayev, Qirgʻizistonning Germaniyadagi elchisi Ernis Otorbayev qoʻshiladi.

Xabarga koʻra, safar davomida Almazbek Atambayev Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat boʻyicha bosh komissari Fedriko Mogerini, YeI raisi Donalьd Tusk, va Yevrokomissiya rahbari Jan Klod Yunker bilan ucharishish kutilmoqda.

Bundan tashqari, Atambayev Germaniyaga boʻlgan safarida “Ochiq jamiyat” instituti asoschisi Jorj Soros bilan uchrashib, Myunxen konferentsiyasida ishtirok etadi hamda Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan uchrashadi.

Bundan avvalroq prezidet maʼmuriyati boshligʻi birinchi oʻrinbosari Sapar Isoqov, Almazbek Atambayevning Germaniya va Belgiyaga amaliy tashrifi davomida ikkita moliyaviy kelishuv imzolanishi kutilayotgani va huquq ustuvorligi dasturi boʻyicha qonunchilik jarayonini modernizatsiya qilishga 30 million, qishloq xoʻjaligi dasturi boʻyicha 72 million yevro ajratish moʻljallayotgani haqida maʼlum qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.