AQSh razvedkasi kiberhujumlarda Putinni aybladi

411
0

AQSh razvedkasi kiberhujumlarda Putinni aybladi

AQSh Milliy Razvedkasining taʼkidlashicha, RF rahbariyati 2016 yilgi Amerika saylovlariga taʼsir koʻrsatish boʻyicha koʻrsatma bergan. Bunda u respublikachi Donalьd Tramp nomzodini maʼqul koʻrgan.

“Bizning baholashimizcha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidentligi uchun 2016 yilgi saylovlarga taʼsir koʻrsatish uchun shaxsan koʻrsatma bergan. Rossiyaning maqsadi Amerika jamoatchiligining AQShdagi demokratik jarayonlarga ishonchini barbod qilish va sobiq davlat kotibi Klintonning obroʻsini toʻkishdan iborat boʻlgan, shu bilan uning prezidentlikka saylanishiga xalaqit berishdan iborat boʻlgan. Bundan tashqari, Putin va Rossiya hukumati saylangan prezident Trampni ochiqcha qoʻllab-quvvatlagan”,- deyiladi MRB, FQB va Milliy xavfsizlik agentligining qoʻshma hisobotida.

Maʼlumki, oʻtgan yilning oktyabr oyidayoq, AQSh razvedkasi mamlakat saylov tizimlariga uyushtirilgan kiberxurujlar ortida “rossiyalik xakerlar” turganini taʼkidlagan edi. Keyinroq, Markaziy Razvedka Boshqarmasi OAV vositasida demokratik partiya serverlarini buzishda Rossiyani ayblagandi. Shu bilan bir vaqtda, AQSh hukumati Rossiyaning xakerlik hujumlariga aloqadorligini isbotlaydigan dalillarni keltirmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.