Liviyada Halab sabogʻi!

815
0

Liviyada Halab sabogʻi!

Halabdagi qoʻzgʻolonchilarning yordamsiz qoldirilishi va boʻlinish yuz berib, qoʻlga kiritgan yutuqlaridan ajralishlari hamda ayrimlarning dushman davlatlar bilan doʻst boʻlib qolishidan soʻng malay, zararkunanda davlatlar tomonidan berilgan yolgʻon vaʼdalarning soxtaligi yana bir bor fosh boʻlib qoldi. Xususan qonlarning daryo boʻlib oqizilishi va chor atrofga tana aʼzolarining sochilishi natijasida bu narsa koʻzga yaqqol koʻrinmoqda.

Ushbu achchiq saboqdan soʻng, biz Liviyadagi qoʻzgʻolon tashvishini amalda yelkalariga olgan guruhlarga hamda oʻz davlatiga mushtoq Ummatni qizgʻanuvchi zotlarga quyidagi qaynoq ochiq daʼvatimizni yoʻllaymiz:

Oʻzaro janjallar va ziddiyatlarni bas qiling, axir, har bir kamchilik-xato oldida ins shaytoniyu jin shaytoni poylab turibdi… Har qancha oqlov keltirmang boʻlinishingiz dushmanga qulay fursat yaratib beradi. U bu fursatdan foydalanib, Liviyada oʻz nufuzini mustahkamlab oladi hamda yurt ozodligini kechiktiradi.
Mintaqa davlatlariga, Fors Koʻrfazi davlatlariga, eng avvalo Gʻarb davlatlariga tayanishni bas qiling. Bu davlatlarning birdan-bir tashvishi, qoʻzgʻoloningizni muvaffaqiyatsizlikka uchratish hamda islomiy maqsadingizga va mustamlakachilikdan butkul xalos boʻlish istagingizga toʻsiq qoʻyishdir. Bu davlatlarning pastkashligi tajribada sinalgan boʻlib, maʼlum narsadir.
Ichki jihatdan olganda, qabilachilik va tarafkashlik oʻlchovlarini bas qiling. Chunki bular boʻlinish va parchalanishga olib keladi. Natijada mustamlakachilar tepangizdan hukmron boʻlib olib, sizlardan oʻzi beradigan moliyaviy va qurol-aslahalar yordamida bir-biringizga qarshi jang qiladigan zaif guruhlar sifatida foydalanadi. Vaholanki, musulmonlarning bir-birlariga qarshi jang qilishlari sharʼan gunohi kabiralardan biri hisoblanadi.

وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُّتَعَمِّدًا فَجَزَآؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا

“Kim qasddan bir moʻminni oʻldirsa, uning jazosi jahannam boʻlib, oʻsha joyda abadiy qolajak va u Allohning gʻazabi va laʼnatiga duchor boʻlgan, (Alloh unga) ulkan azobni tayyorlab qoʻygandir” [Niso 93]

Alloh oʻzaro birodar boʻlish darajotini yuksaklarga koʻtarib, oramizni birodarlik bilan isloh etishga bizlarni buyurdi:

إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُوا بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

“Moʻminlar hech shak-shubhasiz ogʻa-inilardir, bas, sizlar ikki ogʻa-iningizning oʻrtasini oʻnglab qoʻying, Allohdan qoʻrqing – shoyad Uning tomonidan boʻladigan rahmatga erishsangiz” [Hujurot 10]

Yomonligi goʻdaklar sochini oqartirib chollarga aylantirib qoʻyadigan darajaga yetgan diktator rejimlar agʻdarilgach, oldingizda Islom asosida ozod boʻlishdek tarixiy qulay fursat turibdi. Chunki bugun mustamlakachilikning birdan-bir ziddi, kapitalistik ilmoniy tuzumning birdan-bir raqibi Islomdir. Bas, shunday boʻlgach, siyosiy loyihangizni shu botil buzuq tuzumning bir qismiga aylantirib qoʻymang. Nomlaru sifatlar oʻzgarib, ilmoniylik fuqarolikka aylanib qolishiga, Alloh nozil qilmagan boshqaruv demokratiyaga aylanib qolishiga, Ummatni boʻlib, parchalab tashlash milliylikka yoki bulardan ham yomoniga… aylanib qolishiga yoʻl qoʻymang.
Ey xolis daʼvat ahli, koʻzingizni kattaroq oching! Chunki bu olamshumul vahshiy tuzum egalari musulmonlarning har bir masalasini behuda ketkazish va yoʻq qilish bilan mashgʻul. Shu bois oʻzingiz sezgan yo sezmagan holda dushmaningizga qoʻgʻirchoq boʻlib qolmang, Islom kalimasiga birlashib, bachkana ishlarni tashlang, dushmanga qarshi bitta bayroq ostida jang qiling, ana shunda, birinchi bosqichda yurtingizni boshqa islomiy yurtlar bilan birlashtirasiz, ikkinchi bosqichda, neʼmat va kuch-qudrat davlati, yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati bagʻriga birlashtirasiz. Bundan boshqasi behuda ish boʻlib, vaqtni zoye ketkazadi, Ummatning daxlsiz narsalarini buzadi, jinoyat va malaylikni ziyoda qiladi, bas, shunday boʻlgach, xuddi
“Oʻzi toʻqigan narsasini pishiq-puxta boʻlganidan soʻng parcha-parcha qilib buzib-chuvatib tashlagan xotinga oʻxshab qolmang!” [Nahl 92]781

Ustoz Rizo Bilhoj

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi aʼzosi

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.