Atambayev 24 dekabr kuni Oʻzbekistonga safar qiladi

767
0

Atambayev 24 dekabr kuni Oʻzbekistonga safar qiladi

Prezident apparatining tashqi siyosat boʻlimi rahbari Sapar Isakovning maʼlum qilishicha, Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev 24 dekabr kuni ishchi tashrif bilan Oʻzbekistonga boradi. Moʻljallangan tashrif davomida Atambayev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, ikki davlat rahbarlari tor va kengaytirilgan doirada uchrashuv oʻtkazishadi. Kun tartibiga koʻplab masalalar qoʻyilishi kerak.

“Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, Shavkat Mirziyoyevning Almazbek Atambayev bilan uchrashuvi Oʻzbekiston yangi prezidentining xorij davlat rahbari bilan ilk uchrashuvidir”, – dedi Isoqov.

Uning taʼkidlashicha, Almazbek Atambayev tashrif davomida Islom Karimov qabrini ham ziyorat qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.