Hukumat amalga oshirmoqchi boʻlayotgan ishlar…

958
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

Hukumat amalga oshirmoqchi boʻlayotgan ishlar – Olamni vahshiyliklarga toʻdirgan kufrning maqsadlaridir

AQSh va Rossiya kabi qonhoʻr davlatlar bizlarni oʻzlariga qaram holda ushlab turish uchun rejalar qilishadi. Soʻng ularni malay hokimlari yordamida amalga oshiradi. Eng asosiylaridan biri bizni qashshoq holda ushlab turish. Bu siyosatdan koʻzlangan maqsad odamlarning fikrlarini band qilib, doimiy qaram holda ushlab turishdir. Vaqtlarini ketkazish uchun hayotiy muammolar va yashash uchun kurashish degan narsa bilan chalgʻitishdir. Toki xilma-xil, yangilanib turuvchi, lahzalik shaxsiy gʻam-tashvishlardan boshqa narsalar haqida fikrlashga vaqtlari qolmasin. Uchinchi olam mamlakatlarining koʻpida shu siyosat qoʻllanmoqda. Chunki Islom olami uchinchi olam aholisining koʻpchiligini tashkil qiladi. Ommaviy axborot vositalari bu siyosatni oʻrab-berkitib, shu holatni rejalashtirgan doiralar chizib bergandek yoritib bermoqda. Rejimlar buning orqasidan afkori ommani bir necha narsalarga ishontirishni koʻzlamoqda-ki, omma xalqni bosim berish, boʻysundirish va xoʻrlash vositalarini qoʻllamasdan turib, bu ishonchga olib kelib boʻlmasdi. Shu darajadaki, xorlik kamroq, bosimi yengilroq har bir yechim nafaqat maqbul boʻladi, balki xalqning talabiga aylanadi. Islom olamida bunga misol juda koʻp. Chunki Islom olamida oʻzining kundalik ehtiyoj tovarini olish uchun navbat kutib turgan turna qator odamlar kam emas. Bu olamda ahvoli yaxshiroq birorta mamlakat yoʻq. Balki oʻta yomon holatda boʻlgan kishi bilan ozroq yengil holatdagi kishilar boʻlishi mumkin.

Mol toʻplash boʻyicha mana shu qizgʻin kurash xususiga toʻxtalsak, texnologiya erishgan eng soʻnggi, zamonaviy, yanada koʻproq tovarlarga ega boʻlish uchun vaqtlar sovurilmoqda, oʻzgartirishning tirgagi boʻlmish yoshlarning kuchlari bekorga ketkazilmoqda. Mol orqasidan yugurgan kishi oʻz Ummatining gʻam-tashvishlarini oʻylashga ham, uni qutqarishga amaliy hissa qoʻshishga ham vaqt ajratolmaydi. Chunki koʻpchilik musulmonlar zehnini mol jamgʻarish ishtiyoqi egallab olgan. Kapitalistik fikrlash, ustiga-ustak xudbinlik, shaxsiy manfaatni Ummatning taqdiriy masalalaridan ustun qoʻyish hukmron boʻlib qolgan.

Kapitalizm mabdasining musulmonlar yurtlariga va aqllariga qarshi urush qilganidan soʻng ular boshidan oʻtkazgan eng katta balo – shaxsiy egaistik qarash hamda xalq, saltanat, oʻzgalarga javobgarlik ishi bilan shugʻullanmay qoʻyish balosi boʻldi. Insonlar hayotini qoloq tuzumga bogʻlab, uzoq vaqt shu bilan band qilib qoʻyish siyosati ham yurtlarni qashshoqlashtirish siyosati zanjirining bir halqasidir. Toki insonlar mashaqqat, qiyinchilik va xorlik bilan arang topgan bir burda non bilan ovora boʻlib tursinlar. Musulmonlarning dunyoning bir chetida ahamiyatsiz hayot kechirishlari, balki ularni dunyoga balo qilib koʻrsatish dushmanning ideal orzusidir. Kofirning musulmonlar borasida tunlari bedorlik bilan shugʻullanadigan ishi shuki, musulmonlar oʻzgalarga eʼtibor qaratmasinlar, ularning ishlariga qaygʻurib, masalalarini koʻtarib chiqmasinlar, manfaatlarini qabul qilmay, dushmanlari makrini fosh qilmasinlar. Rosululloh A bunday deydilar:

“…وَأَيمَا أَهْلُ عَرْصَةٍ أَصْبَحَ فِيهِمْ امْرُؤٌ جَائِعُ فَقَدْ بَرِئَتْ مِنْهُمْ ذِمَّةُ اللهِ تَعَالَى”

“Qaysi bir hovli ahli ularning oralarida och-nahor kishi boʻlgan holda tong ottirsa, ular Alloh Taoloning inoyatidan mahrumdirlar”. (Ahmad rivoyati).

“مَنْ سَمِعَ مُسْلِمًا يُنَادِي يَا للْمُسْلِمِينَ وَلَمْ يُجِبْهُ فَلَيْسَ بِمُسْلِمٍ”

“Kimki bir musulmonning ey musulmonlar, deya yordam soʻrayotganini eshitsayu, unga javob (yordam) bermasa, u musulmon emas”.

“وَمَنْ لَمْ يَهْتَمَّ بِأَمْرِ الْمُسْلِمِينَ فَلَيْسَ مِنْهُمْ”

“Kimki musulmonlar ishiga qaygʻurmasa, u ulardan emas”.

Shu bois musulmonlar orasida kim ayni masalani obdon tushunib yetgan boʻlsa, ularni oʻz ishlariga, mahalliy va xalqaro masalalariga qaygʻurishga undashi va shu orqali bu haqiqatdan ularni boxabar qilishi zarur. Bu shuni anglatadiki, musulmonlar ishlarini doimiy oʻrganish, kuzatish, musulmonlar eʼtiborini sharʼiy yechimlarga qaratish, bu yechimlarni oʻzak-nuqtasiga va hal qilish tariqatiga bogʻlash zarur. Biroq bunday vazifa bilan shugʻullanuvchi kishilar xatarli zalolatga, yaʼni biror amoatga yoki hizbga aʼzo boʻlishimizning oʻzi kifoya, degan zalolatga kirib qolishdan hushyor boʻlishlari kerak. Balki, shaxs ham, jamoa ham, hizb aʼzosi ham butun musulmonlar, balki butun olam bilan bogʻliq har bir ishga nazar tashlashi va oʻshanga doimiy qaygʻurib borishi zarur. Chunki masala namunalarni yaratish emas, balki hosildor zaminni hozirlashdir. Chunki Ummatni oʻzining sobiq tarixiga qaytarish maqsadida unga ulkan sanoqdagi davlat arboblarini yetishtirib berish uchun har bir inson oʻtkir mahoratli siyosiy yetakchi boʻlishi lozim boʻladi. Zero, boshqaruvda davlat arbobi sifatiga ega boʻlgan Siddiqlar va Foruqlarning boʻlishi bilan birga, Abdulloh ibn Masʼud va Abu Ayyub Ansoriylarlarning boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Hatto siz zaminning hosildorlik darajasi qanchalik oʻsgani sari, bir badaviyning javob qaytarish va muhosaba qilishga tashabbus koʻrsatayotganini, bir ayolning musulmonlar amirini toʻgʻrilab qoʻyayotganini guvohi boʻlasiz. Bu ishda Islom uchun uning ahli tomonidan yaxshilik, hushyorlik va qoʻriqlash mavjud.

Musulmonlarning oʻz masalalarini oʻz qoʻllariga olish va nafaqat oʻzlarining ishlarini, balki oʻzgalar ishlarini ham boshqarish uchun kurashishlari – zaif ekanliklari va imkoniyatlari kamligiga qaramay – yuraklarida aqidalari paydo boʻlishi bilan paydo boʻlgan odatlari va tabiatlari boʻlib qoldi..

Bu Ummatning boshqa ummatlardan farqlanishi ushbu dinda, aqidada va aqidadan kelib chiqqan shariatda koʻrinadi. Bu Ummatning boshqa ummatlardan farqlanishi “eng yaxshi Ummat” va “odamlar ustidan guvohlikka oʻtish” kabi sifatlanishida ham koʻrinadi.

Betaraflik odamlardan va jamiyatdan uzoqlashishning boshlanishidir. Yaʼni yolgʻizlikning, oʻz qobigʻiga oʻralib olishning va jamiyatda kechayotgan narsalardan xoh u narsalar yaxshilikmi yoki yomonlikmi va xoh jamiyatda Islom tatbiq qilinyaptimi yoki tatbiq qilinmayaptimi farqsiz uzoqlashishdir va jamiyatda kechayotgan narsalarni bilaturib tomoshabin boʻlib turaverishdir. Bu koʻp holda shaxsiy manfaatlarni koʻzlab boʻladi. Musulmon odam esa har bir ish va soʻzida Allohning shariatini tatbiq qilishga buyurilgan.

Betaraflik yoʻlini tutish bir necha sabablarga bogʻliq, jumladan: qoʻrqoqlik, zaiflik, yaʼni dunyoni yaxshi koʻrish va oʻlimdan qoʻrqish, masʼuliyatlarni zimmasiga olishdan qochish va manfaatiga zarar boʻlishidan xavfsirash. Shunga binoan u bir kasallik boʻlib, agar musulmon va biror shaxs unga mubtalo boʻlsa oʻz qobigʻiga oʻralib oladi va soʻyilishga boʻysungan qoʻzichoqdek boʻlib qoladi. Aslida Allohdangina qoʻrqish zarur, zero insonga foyda va zarar yetkazishga qodir zot faqat Allohdir. Alloh Taolo aytadi:

فَلَا تَخْشَوْهُمْ وَاخْشَوْنِي

– „Bas, ulardan qoʻrqmangiz, Mendan qoʻrqingiz!“. [5:3]

Aslida musulmon faoliyatsiz sust emas, aksincha fasod va zolimlarga qarshi tinimsiz joʻshib turgan kuch boʻlishi lozim.

Islom hukmlariga amal qilib, musulmon Islom uchun butun kuch-toqatini sarflashi zarur. Uning chekinishi va “men betarafman”, deyishi joiz emas. Chunki Islomda betaraflik yoʻq. Haqni aytmay, jim turuvchi soqov shaytondir. U jim turishligi bilan Islom shariatiga amal va rioya qilishga undagan barcha dalillarga zid ish qilgan boʻladi. Shuning uchun kufrning rejasi asosidagi musulmonlarga tazyiq qilishlarga; qoʻrqitish, qamash, ayollarning hatto yosh qizchalarning roʻmollariga osilish, Islomni oʻrganishga, oʻrgatishga qarilik qilishlarning hammasi vahshiy kofirlarning rejasi boʻlib, bunday ishlarni oʻz xalqiga qilayotgan hukumat aʼzolariga, organ hodimlariga: bu ishinglar vahshiyliklarning ildizi deb qaytarishimizni Islom talab qiladi, chunki islomiy birodarlik talablari musulmonni oʻz birodariga yordam qilish, uni qoʻllab-quvvatlash va undan zulmni qaytarish vazifasini ado etishga undaydi. Shuningdek, Islomiy birodarlik talablaridan yana biri betaraf holda tek turaverishing emas, aksincha musulmon birodaringa yordam qilishingdir. Nabiy(s.a.v) aytadi:

“اُنْصُرْ أَخَاكَ ظَالِماً أَوْ مَظْلُوماً…”

“Birodaringga zolim holitadi ham mazlum holatida ham yordam ber…”.

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.